Верхний пылесос 2
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi
02.09.2024

Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi

2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

image

Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda

icon

Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Yunusobodda bir kun davomida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” xabar berdi.

Unga koʻra, 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda quyidagi hududlarda vaqtincha boʻlmaydi.

  • Bektemir tumani boʻyicha: “Mirishkor”, “Rohat”, “Majnuntol”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Iyk ota”, “Abay”, “Gulbogʻ”, “Husayn Boyqaro”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Sohil”, “Musaffo” mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida;
  • Yunusobod tumani boʻyicha: “Islomobod”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” mahallalarida.

Avvalroq 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Toshkent shahar suv taʼminoti” isteʼmolchilarga 5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha boʻlmasligi haqida maʼlum qilgandi.

Bu qiziq

Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda
Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.