РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentning Temur Malik koʻchasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgich haqida maʼlumot berildi
16.07.2024

Toshkentning Temur Malik koʻchasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgich haqida maʼlumot berildi

Toshkentning Temur Malik koʻchasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgich haqida maʼlumot berildi

Piyodalar yerosti yoʻlining biri Temur Malik koʻchasida qurilayotgan Shayx Ziyovuddinxon masjidi roʻparasida boʻladi. Uning uzunligi 40 metr, kengligi 4,5 metrni tashkil qiladi.

Toshkent shahridagi Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli chorrahasida eskisi oʻrnida yangi yoʻl oʻtkazgich qurilishi davom etmoqda. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati loyiha tafsilotlarini maʼlum qildi.

Temur Malik koʻchasi toʻrt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda (shu sababli uning chetida joylashgan uylar buzilgan). Bundan tashqari, velosiped yoʻlagi ham mavjud boʻladi. Mazkur hududda 140 nafar ishchi va 200 dan ortiq mexanizator kunu tun navbatma-navbat ishlamoqda.

Buyuk ipak yoʻli koʻchasi boʻylab yoʻl oʻtkazgichning uzunligi 28 metr, kengligi 55 metr boʻladi, unda chiqish va kirish yoʻlaklari boʻlgan toʻrt tasmali, shuningdek, Temur Malik boʻylab harakatlanishda qayrilish joylari boʻladi. Bugungi kunga qadar ishlarning 60 foizdan ortigʻi bajarilgan.

Piyodalar yerosti yoʻlining biri Temur Malik koʻchasida qurilayotgan Shayx Ziyovuddinxon masjidi roʻparasida boʻladi. Uning uzunligi 40 metr, kengligi 4,5 metrni tashkil qiladi. Zinapoyadan tashqari estakada va lift ham boʻladi. Ikkinchi yer osti yoʻlagi Temur Malik va Mirzo Ulugʻbek koʻchasi bilan kesishgan chorrahada qurilmoqda.