To‘y fotosessiyasi uchun Toshkentdagi go‘zal joylar: Kiyiklar fermasidan Quyosh Institutigacha
Yangi turmush qurayotganlar uchun to‘yga tayyorgarlik juda muhim davrdir. Tadbir tashkilotchilarini topish, barcha mehmonlarni taklif qilish, menyu haqida o‘ylash, kelinlik libosini sotib olish va hozirgi to‘y trendlarining barcha nozik tomonlarini hisobga olish kerak.
Albatta, “zarur” bo‘lgan vazifalardan biri – suratga olishdir. Toshkentdagi to‘y fotosessiyasi uchun eng go‘zal joylar ro‘yxatini siz bilan baham ko‘rishga qaror qildik: u yerda olingan suratlar juda ajoyib bo‘lib, o‘zingiz ham zavq bilan tomosha qilishingiz va boshqalarga maqtanib ko‘rsatishingizga arziydi.
Kiyiklar fermasi
Hayvonlarni va g‘ayrioddiy tog‘li joylarni yaxshi ko‘radigan kelin va kuyovlar (va ularning qarindoshlari) uchun eng yaxshi joy. Agar u yerga erta tongda borsangiz, “Uzuklar hukmdori” filmining ajoyib uslubi bilan uyg‘unlashgan tumanli Albion atmosferasining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Faqat fotosuratlarda Gollum o‘rniga olijanob chiroyli kiyiklar bo‘ladi.
Manzil: “Deer Hills” qo’riqxonasi, Bo’stonliq tumani, “Moviy nur” (Goluboy ogonyok) bolalar lageri
Yapon bog‘i
Shahar aholisining sevimli bog‘laridan biri: yozgi pikniklar, do‘stlar bilan uchrashuvlar, bolalar bilan sayr qilish, katamaranda yoringiz bilan uchrashuv uyushtirish va to‘y fotosessiyalari uchun ideal joy. Asosiy xususiyatlari: yapon atributlari, yoyilgan daraxtlar, keng xiyobonlar, kichik ko‘priklar va barcha turdagi hayvonlar mavjud. To‘y suratlari ichida tovus bilan selfiga tushishga nima deysiz?
Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 107
Nefrit ko‘li
Urungach Nefrit ko‘llarining go‘zalligi haqida afsonalar yaratish mumkin, ammo u yerda unutilmas toʻy fotosessiyasini tashkil qilish, undan ham qiziqroq. Ehtimol, ushbu fotosessiyadan keyin kimdir sizni Shveytsariyaga uchib ketdingiz deb o‘ylashi mumkin. Bunga sabab esa Windows XP ekranidan tushganga o‘xshaydigan moviy suvlar, fondagi ulug‘vor togʻlar va boshqa manzaralar. Toʻgʻri, buning uchun Toshkentdan 160 kilometr uzoqlikka borishga to‘g‘ri keladi, ammo chiroyli fotosuratlar shu kabi qurbonlikni talab qiladi!
Manzil: Ugam-Chotqol Milliy bog‘i
Quyosh instituti
Toshkent yaqinidagi eng noodatiy joylardan biri – Quyosh institutidir. Bunday o‘ziga xos maskan dunyo bo‘yicha faqat ikkita (bittasi Fransiyada). U nafaqat o‘ziga xosligi bilan, balki ajoyib interyerlari bilan ham ajralib turadi. Ko‘p tonnali metall qandillar, “cheksiz” oynalar, sun’iy Burjlar, sayyoralarning “qimmatbaho” paradi va hokazolar mavjud.
Ishonchimiz komilki, hoziroq u yerga eng unutilmas to‘y fotosessiyasi uchun borishga tayyorsiz. Quyoshga yetib borishning iloji yo‘q deb kim aytdi? Buning uchun Toshkentdan 45 km masofani bosib o‘tish kifoya.
Manzil: Fizika-texnika instituti, “Fizika-Quyosh” IICHB, Chingiz Aytmatov koʻchasi, 2B
“Magic City”
Ko‘ngilochar Park ham to‘y fotosessiyasi uchun ajoyib maskan boʻlishi mumkin. Ayniqsa, siz o‘yinchoqlar, yorqin va yaltiraydigan narsalar, shuningdek kinematik atmosferani yoqtirsangiz, ushbu manzil aynan siz uchun. Gollivudning ko‘plab romantik komediyalari aynan shunday joylarda suratga olingani bejiz emas. Maslahatimiz, suratga kechqurun attraksionlar va fudtraklar shu’lasida tushing. Shunda hamma sizni “Disneyland”ga borgan deb o‘ylaydi!
Manzil: Bobur ko‘chasi, 174
Fedorovich Klinikasi
O‘zbekistonlik blogerlar orasida fotosessiya uchun eng mashhur joylardan biri. Fedorovich klinikasi yaqinidagi oppoq ustunlar, kelinning to‘y libosiga juda ham mos tushadi, shuningdek kuyov kostyumining hashamatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Bu joy to‘y fotosessiyasining qo‘shimcha maskani sifatida qaralishi yoki desert sifatida qoldirilishi mumkin.
Manzil: Amir Temur hiyoboni, 39
Alisher Navoiy nomidagi teatr
Agar siz “Oltin asr”ga sho‘ng‘ib, badiiy fotosessiya yaratmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu manzil aynan siz uchun. Hech qachon operaga bormagan boʻlsangiz, yoki balet mavzusida fikr yuritishni bilmasangiz ham hechqisi yo‘q. Toshkentning me’moriy “marvaridi” sizning o‘rningizga hammasini hal qilib, kadrlarni o‘ziga xos tarzda takrorlanmas qiladi. Axir, hayot – teatr, undagi odamlar esa – aktyorlardir.
Manzil: Zarafshon ko‘chasi, 28
Seul bog‘i
Koreys seriallaridan tortib kimchigacha boʻlgan barcha koreys muxlislari uchun to‘y fotosessiyasini o‘tkazishda ajoyib joy. Mahalliy aholi bu joyni “Toshkentdagi Koreya” deb ataydi. Buning sababi esa, u yerda haqiqiy tematik pavilyonlar, kichik saroy, orolchali koʻllar va o‘rdaklar bor. Agar o‘zingizni Janubiy Koreyada paydo boʻlib, asal oyiga sayohat qilayotgandek yoki romantik doramaning qahramoniga aylangandek his qilsangiz, hayron qolmang.
Manzil: “Seoul Mun” savdo markazi yaqinidagi Do‘stlik bog‘i