верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Turizm sohasiga oid yangi standart qabul qilindi
02.07.2024

Turizm sohasiga oid yangi standart qabul qilindi

Turizm sohasiga oid yangi standart qabul qilindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qoʻmitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Modulli mehmonxonalar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi. Ushbu standart birinchi bor amalga kiritilmoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Milliy standart modulli mehmonxonalarni tasniflash tizimini belgilaydi.

Modulli mehmonxonalarni toifalar boʻyicha tasniflash quyidagilarga doir talablar majmuiga asoslangan:

  • binolar va unga tutash hudud;
  • texnik jihozlar va asbob-uskunalar;
  • nomerlarning sanitar-gigiyenik jihozlangani;
  • nomerlarning texnik jihozlanganligi;
  • nomerlarni mebel va inventar bilan jihozlangani;
  • umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari;
  • jamoat joylari;
  • xizmatlar;
  • ovqatlanish xizmatlari;
  • xodimlar va ularning tayyorgarligiga doir talablar.

Toifalar uchta “I”, “II”, va “III” toifa boʻyicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa “I” (birinchi), eng past “III” (uchinchi) toifa hisoblanadi. Mazkur milliy standart 2024-yilning 19-avgustdan joriy etiladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.