/
/
Tyga Toshkentda ilk marta konsert beradi
10.07.2024

Tyga Toshkentda ilk marta konsert beradi

Amerikalik reper Tyga 6-sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida konsert beradi. Bilet narxlari 500 ming soʻmdan boshlanadi.

Tyga ilk marta Toshkentda konsert beradi

6-sentyabr kuni mashhur amerikalik reper Tyga Toshkentda ilk katta konsert dasturini taqdim etadi. Konsert “Alpomish” muz saroyida boʻlib oʻtadi.

Maykl Rey Nguyén-Stívenson, Tyga nomi bilan mashhur, amerikalik reper va qoʻshiqlar muallifi. Bir qator treklardan soʻng Tyga Young Money Entertainment, Cash Money Records va Republic Records bilan shartnoma tuzgan. U birinchi boʻlib Trevis Makkoy bilan birga yozilgan Coconut Juice debyut singli bilan mashhurlikka erishgan.

Konsert soat 20:00 da boshlanadi. Chipta narxi: 500 000 - 1 200 000 soʻm. Chiptalarni kassalarda va iTicket.uz veb-saytida, shuningdek Myticket.uz saytida sotib olish mumkin. Murojaat uchun telefon raqamlari: 71 2071071, 71 2072072 (iTicket), 99 7898787 (Myticket).