Kino

“U: Derriga xush kelibsiz” filmi asosiy treylerga ega bo‘ldi

“U: Derriga xush kelibsiz” filmi asosiy treylerga ega bo‘ldi

HBO Max “U: Derriga xush kelibsiz” serialining rasmiy treylerini e’lon qildi. Pennivayz masxarabozi haqidagi prikvel 26-oktyabrda namoyish etiladi.

Bosh rolni yana Bill Skarsgard ijro etadi. Asosiy voqealar 1962-yilda Derri shahrida kechadi. Ba’zi epizodlar esa 1930-yillarda sodir bo‘ladi.

Shuningdek, shouda Teylor Peyj, Jovan Adepo, Jeyms Remar, Medelin Stou va boshqalar ham ishtirok etishgan.

Birinchi mavsum to‘qqizta qismdan iborat. Rejissyor Endi Musketti (“U” 1-2 qismlari muallifi) hisoblanadi.