03.09.2025
“U” prikvel serialining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
HBO Max “U: Derriga xush kelibsiz” serialining efirga chiqish sanasini e’lon qildi. Masxaraboz Pennivayz va Derri shaharchasi haqidagi dahshatli prikvel 26-oktyabrda efirga uzatiladi.
Bosh rolni yana Bill Skarsgard ijro etadi. Asosiy voqealar 1962-yilda Derri shahrida kechadi. Ba’zi epizodlar 1930-yillarda sodir bo‘ladi.
Serialda shuningdek, Teylor Peyj, Jovan Adepo, Jeyms Remar, Medelin Stou va boshqalar ham rol ijro etishgan.
Birinchi mavsum to‘qqizta qismdan iborat. Rejissyorlik vazifasini ikkala to‘liq metrajli “U” filmini suratga olgan Endi Musketti bajargan.