РУ
O’Z
UZS
/
/
Uyingizni tartibga keltirish bo‘yicha 80 ta oddiy usul
14.07.2024

Uyingizni tartibga keltirish bo‘yicha 80 ta oddiy usul

Uyingizni tartibga keltirish bo‘yicha 80 ta oddiy usul

Uy yig‘ishtirishning sehrli xususiyatlari – marketologlarning ertaklari emas, balki hayotni osonlashtirish, bo‘sh joyni tashkil qilish va hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishning haqiqiy usuli hisoblanadi. Mari Kondo tizimiga qiziqasizmi yoki mehmonlar kelishidan oldin barcha tartibsizlikdan xalos bo‘lishni xohlaysizmi muhim emas – uyni yig‘ishtirish bo‘yicha bu layfhaklar sizga hatto hayolingizga kelmagan shinam muhitni yaratishga yordam beradi. 

Uyni qanday qilib oson va tezda tartibga keltirish mumkin?
 

Vertikal javonlar

Oshxona anjomlarini (taxtakachlar, pech padnoslari va qoliplari) tik holatda saqlang. Bu nafaqat qulay, balki chiroyli hamdir. 

Kir quritgichni devorga o‘rnating

Kiyim yoki idish-tovoqlar quritgichini to‘g‘ri devorga o‘rnating. Birinchidan, u ixcham va qulay, ikkinchidan, foydalanmaganingizda uni devorga qatlab qo‘yishingiz mumkin. Shunday qilib, xonada shinamlik va interyerning go‘zalligi saqlanadi. 

Alohida saqlash usuli

Buyumlarni turkumlar bo‘yicha guruhlang – pichoqlar va vilkalarni alohida, ziravorlar idishini pishiriqqa sepish kukunlaridan alohida holda saqlang. Shunda siz kerakli narsalarni tez va asabiylashmasdan topishingiz mumkin. 

Shkafdan kutubxona yasab oling

Agar siz doim shkaf eshigini yopishni unutib qo‘ysangiz, uni turli kitoblar bilan to‘ldirib, kichik kutubxonaga aylantiring. Undan o‘zingiz ham farzandlaringiz ham maroq bilan foydalanadi. 

Qozon va kastryulkalar uchun “relslar”

Uyingizga yaqin xo‘jalik mollari do‘konida olingan mis quvurning bir parchasi tovalar, kostryulkalar va boshqa buyumlar uchun “tutqich”ga aylanishi mumkin. Bu zamonaviy ko‘rinadi! 

Qatlanadigan stol

Agar xonangizda butun bir stol sig‘adigan joy bo‘lmasa, unda qatlanadigan stoldan foydalanib, ish maydonini yaratishingiz mumkin. U hatto qatlanganda ham foydasi tegadi, unga noutbuk, kundalik va turli o‘quv qurollarini qo‘yish mumkin. 

Matryoshkali tumbochka

Tumbochkalar ichida kartondan mini-qutichalar, ya’ni matryoshkali qutichalar yasab olish mumkin. Shunda ular ichida hamma narsani alohida saqlash mumkin bo‘ladi.

Uy hayvonlari hiylasi

Uy hayvonlarining idishlari va to‘shaklari kayfiyatingiz va interyerni buzmasligi uchun ularni qanday yashirishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Masalan, kuchukchangiz yoki mushugingiz uyini oshxona shkafining pastki qismiga ko‘chirib o‘tkazing. 

Alohida, “ish” kabineti

Unda turli o‘quv qurollar, qog‘ozlar, faylli papkalar va organayzerlarni saqlash mumkin. 

Uy bekasining hamyoni

Oshxona shkafi eshigining ichki tomonidan biror kichkina quticha yoki “cho‘ntaklar”ni yopishtirib, ularda sotib olinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, chegirmali kartalar, retseptlar yoki uy a’zolaringizga vazifalar yozilgan eslatmani saqlashingiz mumkin.   

Sochiqlar uchun qo‘shimcha ilgaklar

Ular toza to‘shak va boshqa sochiqlar saqlanadigan shkaf eshigiga mahkamlash mumkin. 

Organayzerlarning ortiqchasi bo‘lmaydi

Barcha kichik narsalarni rangsiz kichik organayzerlarga joylab, ularni shkaf ichi, stol usti yoki karavot ostiga sarishtali joylab qo‘yishingiz mumkin.

 Sochiqlar kartotekasi

Nafaqat kiyimlar, balki sochiqlarni ham dumaloq shaklda o‘rang va suratda ko‘rsatilgandek vertikal ravishda taxlab chiqing. Istasangiz ularni rang palitrasi bo‘ylab joylashingiz ham mumkin, bu yanada estetik ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Ko‘p qavatli javonlar

Murabbo va konserva bankalarni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmay alohida maxsus javonda saqlang. 

Hujjatlar kamalagi

Hujjatlaringizni ham ranglar bo‘yicha joylab guruhlang – ko‘k papkada moliyaviy hisobotlar, yashilda ish hujjatlari, pushtida esa tug‘ilgan kun sovg‘alarining tilaklar ro‘yxati (masalan) tarzda joylang. Bu sizga kerakli qog‘ozni tez, oson va chalkashib ketmasdan topishga imkon beradi. 

O‘yinchoqlarni tartibga keltiramiz

Farzandingizning eski va yangi o‘yinchoqlarini alohida saqlaganingiz ma’qul. Bolalar yangi o‘yinchoqlar bilan tez-tez o‘ynashadi, eskilarini esa butunlay unutishadi. Shuning uchun ularni alohida saqlagan ma’qul, eski o‘yinchoqlarni bolalar ko‘p vaqt ko‘rishmasa yangidek o‘ynaydilar. Agar shunda ham ulardan foydalanilmasa eski o‘yinchoqlarni qo‘shnining bolalariga berish kerakdir. 

Shkaf tashqarisidagi kastryulkalar

Katta kastryulkalar va tovalar bilan shkaflardagi bor joyni egallamang – ularni devorlarga yoki yon yuzalarga osib qo‘ygan ma’qul.

Eski idishlarning yangi hayoti

Eski va keraksiz tovoqlar va idishchalarni kichik buyumlar: qisqich, batareyka, igna ip va boshqa aksessuarlarni saqlash uchun foydalanishingiz mumkin. 

Rakovina ustida sochiqlar uchun quritgich

U yerga nafaqat sochiqlar, balki qoshiq, qirg‘ich, kapgir va boshqa aksessuarlarni ham ilib qo‘yish mumkin. 

Dekorativ podstavka

Fayl va qog‘ozlarning eski qutisini stayler, soch quritgich, soch dazmoli va boshqa uskunalar uchun ideal taglikka aylantiring. Bunday o‘ziga xoslik koʻzni quvontiradi! 

Oshxonada shaffof bankalar

Shaffof va albatta go‘zal bankalar yordamida oshxonada chiroyli interyer yaratish mumkin. Shunday bankalarga quruq makaronlar yoki rang barang donli mahsulotlarni solib stol usti yoki shkaf tepa qismini bezatish mumkin. 

Avtomobil o‘rindiqlarida cho‘ntaklar

Haydovchilar uchun layfhak: o‘rindiqlarning orqa tomoniga maxsus cho‘ntaklarni yopishtiring, u yerda birinchi yordam qutisi, nam salfetkalar to‘plami va hatto farzandingizning tagliklarini ham saqlashingiz mumkin. 

Aylanadigan podstavka

Unda siz kapgir, ko‘pirtiruvchi vilka yoki oshxona cho‘tkalarini saqlashingiz mumkin. Bu sizning pishirish jarayoningizni osonlashtiradi va uni ruletka o‘yiniga aylantiradi. 

Ayollar sartaroshxonasi burchagi

Soch quritgich, stayler, rezinka-zakolkalaringiz va taroqlaringiz o‘z o‘rnini bilsin! Shkaf eshigiga kichik konteynerlarni biriktiring va unda barcha sochga aloqador narsalarni joylashni odat qiling. 

Hammomda ilgaklar

Barcha hammom narsalaringiz - mochalka, cho‘tkalar va hatto shampunlar ham endi maxsus ilgaklarga (yoki parda halqalariga) ilinsin. 

Sim va rozetkalarni tartibga keltiramiz

Asbob-uskunalarning sochilib yotgan simlari xonani tartibsiz ko‘rsatishi va interyerni buzishi mumkin. Jihozlarga simlarni kalta qiladigan maxsus “ushlagichlar”ni biriktiring. 

Adyolda o‘ynash maydoni

Farzandingiz Lego, mozaikalarni terish yoki kichik o‘yinchoqlar bilan o‘ynashidan oldin maxsus pled/adyolcha yoying. U zerikib qolishi bilanoq tezda “o‘yin maydoni”ni yig‘ib, o‘yinchoqlarni qutiga solishingiz mumkin. 

Yoga va fitnes matlarni to‘g‘ri saqlang

Sport mati har doim ham interyerga mos kelmaydi va xonada ko‘p joyni egallashi mumkin. Uni shkafning devoriga yoki javon ostidagi maxsus ilgichga osib qo‘yishni o‘ylab ko‘ring. 

Ichki kiyim organayzerlari

Matoli organayzerlar ichki kiyimlar, pijama va tungi ko‘ylaklarni alohida taxlashga imkon beradi. Xuddu shunday organayzerlarni bo‘yinbog‘, paypoqlar va boshqa aksessuarlarni taxlashga ishlatish ham mumkin. 

Oyoq kiyimlarni “barmoqdan tovongacha” usulida saqlash

Oyoq kiyimlaringizni suratda ko‘rsatilgandek javonda joylashtiring va ularni oson tanlashga yordam beradigan tarzda saqlashga odatlaning. 

Kuchugingiz ovqatiga idishni o‘zingiz yasang

Noqulay va har doim ham chiroyli bo‘lmagan paketdan uy hayvoni ovqatini olib, kuchugingiz yoki mushugingiz ovqat yeyish idishiga solish yoqimli ish emas. Buning o‘rniga qulay va chiroyli, hatto devorlaringiz rangiga mos tarzda bezashingiz mumkin bo‘lgan konteynerni yasang.

“Aqlli” garaj yoki qo‘shimcha xona

Garajda ham tartib va e’tibor kerak. Bunday xonani yanada tartibli qilish uchun xonaning yuqori qismiga maxsus temirli javonlarni o‘rnatish kerak. Bu javonlarda mavsumiy kiyimlar va kam ishlatiladigan vositalarni saqlash mumkin. 

Ikkitali ilgichlar

Bir-biriga bog‘langan ikkitali ilgichlar shkafda ancha joyni bo‘shatishga yordam beradi, shu bilan barcha kiyimlar ko‘rinib turadi. 

Asboblar uchun “quritgich”

Tashqaridagi kiyim quritgich bog‘ asboblari va suv sepish shlangi uchun mukammal “ushlagich” bo‘lishi mumkin. Buning uchun uni omborxona yoki garaj eshiklarida mustahkamlaganingiz ma’qul.

Yomg‘irli kunlar uchun quti

Nam kiyimlar uchun katta, plastik quti barcha ota-onalar va kuchuk saqlovchilarga qo‘l keladi. Yomg‘irli havoda sayr qilib kelganingizdan so‘ng, bu qutida soyabon, rezin etiklar, itning arqoni va yomg‘irda kiyadigan ust kiyimlarni qo‘yishingiz mumkin. Shunda oyoq ostida hech qanday nam bo‘lmaydi! 

Sirpanmaydigan ilgichlar

Bunday ilgichlar shoyi ko‘ylaklar, ro‘mollar va “silliq” matolardan tayyorlangan boshqa kiyimlarni sirpanib ketmasdan osilib turishiga yordam beradi. Ular hech narsani yerfa tushib ketmasligiga kafolatdir. 

Oshxonadagi gubka, latta va simdastmol uchun tutqich

Ho‘l va ko‘pincha nam bo‘ladigan gubka va lattalarni alohida osib qo‘yganingiz ma’qul. Shunda ular tez quriydi va ularda bakteriyalar yig‘ilmaydi. 

Xonani tartibli qilish siri

Narsalarni atrofga tashlab, doim yig‘ishtirib yurishni yoqtirmaysizmi? Unda xonaga yig‘ishtirilgan ko‘rinish bag‘ishlashga yordam beradigan bir hiyladan foydalaning. Buning uchun xonaning o‘rtasida ustida turli figuralar va gullar solingan vaza qo‘yilgan stol o‘rnating. Shunda hamma diqqat chiroyli bezalgan stolga tushadi va atrofdagi tartibsizlik uncha ko‘zga ko‘rinmaydi. 

Javonlardan sumkalarni olib tashlang

Buning o‘rniga ularni shkafdagi ilgaklarga osib qo‘ying. Bu ham bo‘sh joyni tejaydi, ham ust boshingizga mos keladigan aksessuarni tez tanlab olishga yordam beradi. 

Tozalash vositalari uchun qutilar

Kir yuvish kukuni, derazalarni yuvish vositasi va boshqa tozalash vositalarini shampun va kosmetika bilan birga saqlamang. Ular uchun maxsus qutilar sotib oling va bolalarning ko‘zlari va qo‘llaridan uzoqroq joyga, yaxshisi osma javonga qo‘ying. 

Yostiq jildlaridan oqilona foydalaning

Mavsumiy kiyimlar uchun maxsus g‘ilof sotib olishingiz shart emas, ularni eski yostiq jildlaridan o‘zingiz yasab olishingiz mumkin. Ilgichlarga kiydirish uchun qaychi yordamida bir teshik kesishingiz kifoya. 

Mayda narsalar uchun stikerli belgilar

Javondagi kichik narsalarni tartibga soling va har bir “bo‘limga” yorqin stikerlarni yopishtiring. Masalan, “Kalitlar”, “batareyalar”, “ko‘zoynaklar” deb stikerlarga yozib qo‘ying. Koridordagi javonlarda narsalarni tartibga solish uchun ajoyib variant. 

Qahva stakanchalaridan salfetka saqlovchi quticha yasab oling

Agar siz o‘zingiz bilan qahva olib yurishni va qahvaxonalardan yoqimli qahva stakanchalarini yig‘ishni yoqtirsangiz, ulardan salfetka saqlovchi quticha sifatida foydalanishingiz mumkin. Uncha ko‘p salfetka ketmasa-da, original ko‘rinishga ega. 

Kir va toza – alohida

Oilangizning har bir a’zosi ikkita shaxsiy savatga: kir va toza kiyimlar uchun savatga ega bo‘lsin.

Boshqa vazifali shkaf

Agar siz vino ichish kabi yomon odatdan voz kechgan bo‘lsangiz yoki shunchaki uyga vino sotib olmayotgan bo‘lsangiz, vino shkafini zamonaviy interyer sifatida foydalaning. Masalan, uni turli rangli ip o‘ramlari bilan to‘ldiring. Suratga qarang, naqadar go‘zal ko‘rinish! 

Eski mebeldan yasalgan konteynerlar

Eski komodni tashlab yuborishdan oldin, ichidagi tortmalarini oling va karavot ostida turli mavsumiy kiyimlarni saqlash konteynerlariga aylantiring. Qulay, puxta o‘ylangan va eng muhimi – interyerga xalaqit bermaydi.

Mahsulotlarni muzlatish uchun paketchalar

Yassi plastikli zamokli paketchalar muzlatilgan (va nafaqat) oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichda saqlash uchun ajoyib variant. Faqat ustiga qadoqlangan sanasi va saqlash muddatini yozib qo‘yishni unutmang. 

Jurnallar o‘rniga suv butilkalari

Jurnal tutqichlar – qayta ishlatiladigan, bo‘sh suv idishlari, shuningdek eko-stakanchalar uchun ideal saqlash joyiga aylanishi mumkin. 

“Tor” joydan unumli foydalanish

Sovutgich va devor orasidagi juda tor joy – ortiqcha banka, konserva, shuningdek supurgi va xokandozni yashirib qo‘yish uchun ajoyib joydir. Agar o‘sha joyda tagida g‘ildirakli kirib-chiqadigan javon o‘rnatsangiz yanada qulay yashirin javonga ega bo‘lasiz. 

“Magnitli” kosmetika

Ko‘z uchun tenlar, pudra va boshqa kosmetik vositalarni orqasiga kichik magnitchalar yopishtirib, so‘ng ularni magnitli taxtaga yopishtirib qo‘ying. Shunda ertalabki makiyaj vaqtida kerakli kosmetikani tez topasiz va kosmetichkada bir talay joy bo‘shatasiz. 

Chek va kvitansiyalar uchun “quticha”

Oddiy xat konvertini olib, kundaligingizga yopishtirib qo‘ying, endi unga kerakli cheklar, kvitansiyalar va muhim eslatmalarni solib qo‘ying. Shu tarzda sizga kerakli barcha mayda qog‘ozlar bir joyda saqlanadi va kerak bo‘lganda oson topib olasiz. 

Dazmollash taxtasi uchun maxfiy joy

Eshik ortidagi devorda atigi ikkita maxsus ilgak – dazmollash taxtasini yashirish uchun kerak bo‘ladigan narsalardir. Uni dazmollashingiz kerak bo‘lgan istagan vaqtda chiqarib, yana joyiga yashirib qo‘yishingiz mumkin. Ishoning, bu juda qulay va xona yoki balkonda ancha joyni tejaydi. 

Pech qolipidan foydalanishning noodatiy usuli

To‘g‘nag‘ich, munchoq, qisqichlar – bularning barchasi doimiy tarzda yo‘qolib qoladigan narsalar bo‘lib, ularni tortmada o‘zgacha tarzda – pishiriq qolipchalariga alohida qilib solib saqlash mumkin. 

Dazmollash taxtasi haqida yana bir layfhak

“Ikea” dazmollash taxtasidan ideal layfhak – uni ish stoliga aylatirishdir. Chunki bu taxta boshqa taxtalardan farqli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uni oyoqlarini kesib biror bir javonning ustiga qo‘ysangiz tayyor ish stoliga aylanadi. 

Koridorning transformatsiyasi

Bir necha ilgak va eshik yonidagi uzun javon – koridoringizga ko‘pchilik orzu qiladigan variantdir. Shundayga ham tor koridorni endi ulkan shkaflar bilan yanada toraytirish shart emas. 

Taqinchoqlar uchun “vitrina”

Hozirda taqinchoqlarni ko‘zga ko‘rinadigan “nesseser” deb nomlanadigan tutqichdan faol foydalanilmoqda. Siz uni o‘z qo‘lingiz bilan yasab olishingiz mumkin. Buning uchun yupqa taxtani olib, u yerda teshiklar qiling va bir nechta ilgaklar mahkamlang. Endi zanjirlar, kulonlar va sirg‘alaringiz tugun bo‘lib qolmaydi, bir-biriga ishqalanib rangi uchmaydi va ifloslanmaydi. 

Kichik plastik paketchalar uchun maxsus joy

Agar sizda ham “paket ichida paketlar” shkafda ko‘p joy egallayotgan bo‘lsa, unda sizga ajoyib usulni o‘rgatamiz. Buning uchun bo‘shagan oddiy quruq salfetkalar qutisi kerak bo‘ladi. Unga barcha kichik plastik paketchalarni joylab, kerak bo‘lganda tortib olavering.   

Moda aksessuarlari to‘plami

Barcha sharflar, kamarlar va bo‘yinbog‘larni bir joyga to‘plashga yordam beradigan yana bir layfhak – kiyim ilgichga vanna pardasi halqalarini osib ularga barcha moda aksessuarlarini osib chiqing. 

Ijodiy omborxona

Omborxonaning transformatsiyasi ikki bosqichga asoslanadi: hamma narsani shaffof qutilarga, mahsulotlarni esa shisha idishlarga qo‘ying, shuningdek, zamonaviy “o‘ziga xoslik”: masalan, bolalaringiz bo‘yashi mumkin bo‘lgan bo‘rli chizish taxtasini qo‘shing. 

Shirinliklar o'rniga ziravorlar

Blogerlar va dizaynerlar ziravorlarni “Tic Tac” (yoki boshqa) konfet qutilarida saqlashni taklif qiladilar. Shunday qilib, siz bir nechta taqir-tuqur bankachalar va noqulay idishlardan xalos bo‘lasiz. 

Ba’zi o‘quv qurollari va boshqa mayda narsalar uchun penal

Yo‘lda o‘zingiz bilan olib ketishga qulay bo‘ladigan zamokli mato sumkachalarda dorilar, gigiyena vositalari, flomasterlar va qalamlar kabi mayda narsalarni saqlang. 

Folga, pergament va qog‘ozlarni saqlash layfhaki

O‘rash qog‘ozi, pergament qog‘ozi va pishirish folga rulonlari endi ochilib yoki yirtilib ketmasligi uchun ularni o‘quv qurollaridagi qog‘oz qisqichlar bilan qistirib qo‘ying. 

Sport jihozlari uchun joy

Futbol to‘plari, tennis raketkalari, shlemlar ham maxsus bir joyda turishi kerak. Ular uchun koridor yoki balkonda maxsus javon tayyorlashga nima deysiz? 

Kichik haydovchilar uchun

O‘g‘il bolali ota-onalarga juda qo‘l keladigan eng aqlli g‘oyalardan biri – bolalar xonasi devoriga magnitli lenta ushlagichni mahkamlashdir. Endi birorta ham metall mashina yo‘qolmaydi va oyoqlaringiz ostida bosilib qolmaydi. 

Sovg‘alarni o‘rash va devor qog‘ozi rulolari uchun "Uy"

Agar uyingizda sovg‘a qog‘ozi rulonlari yoki ta’mirlash ishlaridan qolgan devor qog‘ozi qoldiqlari qolgan bo‘lsa, ularni shaffof kiyim g‘ilofida saqlashni taklif qilamiz. 

Dush savati

Agar vannangizda shampun va yuvinish geli idishlari, bolangizning suvda o‘ynaydigan o‘rdakchasi, mochalka va sovunlar bilan aralashib yotgan bo‘lsa, u holda vannaning tepa devoriga yoki dush yonida osib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli savatni sotib olishingizni maslahat beramiz. 

“Charchagan” bankalar

Konservalangan shisha bankalaringizni gorizontal holatda, aniqroq qilib aytganda, yotqizib saqlang. Shunda qaysi bankada nima konservalanganini aniq bilib, ko‘rib olasiz.   

Javonli eshiklar

Uyingizdagi har bir eshikni narsa saqlaydigan javon sifatida ishlatishga nima deysiz? Masalan, hammoh eshigida yengil va simli savatlarni osib, u yerda kir yuvish vositalari va kukunini saqlashingiz mumkin.

Tirnoq laklari ko‘rgazmasi

Eski ziravorlar javonini tirnoq laklarini saqlaydigan joy sifatida ishlatish mumkinligini bilarmidingiz? Shunda barcha ranglar aniq ko‘rinadi va manikyur davomida kerakli rangni osonlikcha topib ishlatasiz. 

Vertikal tarzda joylangan tualet qog‘ozi

Tualet qog‘ozi rulolari va qog‘ozli sochiqlarni tik vertikal holda saqlang. Bu estetik va amaliy ko‘rinishga ega. 

Kiyim qisqichlarni boshqacha ishlatamiz

Qisqichlar nafaqat kiyimlarni quritish uchun, balki sharflar, ro‘mollar va boshqa matoli aksessuarlar to‘plamini sarishtali saqlash uchun ham yaratilgan. Ular uchun to‘g‘ri joyni topish kifoya. 

Rang bo‘yicha saralash o‘yini

Farzandingizni o‘yin-kulgi bilan uy yig‘ishtirishga qiziqtirishingiz uchun ajoyib fikr – unga konstruktor detallari va kichik o‘yinchoqlarni rangi bo‘yicha saralashni taklif qiling, so‘ngra har bir ranglarni alohida shaffof konteynerlarga solib qo‘ying. 

Vanna o‘yinchoq uchun maxsus sumka

Vanna o‘rdakchasi, kemalar, suv maskalari, lastlar va boshqa vanna o‘yinchoqlarini maxsus turli sumkada saqlang. Shunda ular namligicha turmay, tezda quriydi va mog‘or bilan qoplanmaydi. 

Oshxona anjomlarini tartibga keltiramiz

Oshxona tortmalariga sig‘adigan kichik konteynerlar sotib oling va vilkalar, pichoqlar, osh qoshiqlar va choy qoshiqlarni toifalarga bo‘lib joylang. Bu hayotingizni soddalashtiradi va kerakli narsani tez topishga yordam beradi.

Taxtakash uchun “cho‘ntak”

Oshxona shkafining ichki eshigiga mahkamlangan simli javon odatda shkafda ko‘p joy egallaydigan kesish taxtalari to‘plamini saqlash uchun ideal joydir. 

Muz qoliplarida taqinchoqlarni saqlash usuli

Taqinchoqlarni tartibga solishning yana bir g‘ayrioddiy usuli uni muz qoliplariga qo‘yishdir. Uning o‘lchami sirg‘a va uzuklaringizga mos keladi. 

Stol o‘yinlari uchun organayzer

Stol o‘yinlari va boshqa o‘yinlarni matoli, osiladigan organayzerlarda saqlang. Bu kitoblar javoni yoki shkafdagi joyni ancha tejaydi. 

Mini-omborxona

Oshxonadagi eng chuqur tortmani konteynerlarga joylangan mini-omborxonaga aylantirish mumkin. U yerda non, sabzavotlar (kartoshka, sabzi) va boshqa istagan narsalarni saqlashingiz mumkin. 

Hammomda qo‘shimcha javonlar

Hammom – doim bo‘sh joy yetmaydigan xonalardan biri. Shuning uchun devorda qo‘shimcha tarzda mahkamlangan javonlar hech qachon ortiqchalik qilmaydi, ularda sochiqlar, qog‘oz, salfetka va boshqa hammom anjomlarini joylash mumkin.

Kosmetik marosimlar uchun ham javonlar

Aynan shunday qo‘shimcha javonlarni (sal qisqaroq) hammomdagi oyna yoniga osib qo‘yish mumkin, uning ustiga esa tish cho‘tkasi stakanchasi, makiyaj cho‘tkalari va boshqa pardoz anjomlarini qo‘yish mumkin.