РУ
O’Z
UZS
/
/
“Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasman” — Ozodbek Nazarbekov
09.10.2024

“Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasman” — Ozodbek Nazarbekov

“Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasman” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov intervyuda ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasligini aytdi. “Har bir ijodkor maʼnaviy qurol. U kimningdir maqsadi yoʻlida xizmat qilmasligi kerak. Ayni damda tartib va cheklovlar hech kimning huquqini poymol qilmasligi shart”, — dedi vazir.

Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu davomida vazir sanʼatkorlarga beriladigan litsenziya haqida gapirib oʻtgan.

Nazarbekovning qayd etishicha, taxminan 7−8 yil avval sanʼatkorlar yiliga 20−30 milliongacha boj toʻlardi. Bugun oʻsha birinchi kategoriyadagi sanʼatkorlar yiliga 6 million davlat boji toʻlaydi. “Yaʼni sanʼatkorlardan soliq undirish uchun litsenziya joriy qilingan. Bu jihat ham doim bahslarga sabab boʻlib kelyapti”, — deydi u.

“Ijodkorlar daromadini nazorat qilish, ochiq, shaffof tarzda soliq toʻlash tizimi haqida ish olib boryapmiz. Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda adolatli mexanizm ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Chunki Toshkent shahridagi butun yurtga, kerak boʻlsa, xorijdagi muxlislarga ega sanʼatkor bilan olis tumandagi ijodkor birdek soliq toʻlashi adolat mezoniga doim ham mos kelmaydi. Shu bois, ijodkorlar uchun soliq turini joriy etish masalasi eng ogʻriqli nutqa”, — dedi vazir.

Madaniyat vazirining taʼkidlashicha, litsenziyalarni olish, bekor qilish masalasi, asosan, oʻsha davrda sanʼatkorlarning odob-axloqiga bogʻliq holda koʻrib chiqilgan. “Ochigʻi, avval litsenziyani olish, berish ijodkorlarni boshqarishning oʻziga xos usuli boʻlgan. Hozir litsenziyani bekor qilishni sud qarori bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Buning uchun Adliya vazirligi muayyan talablarni ishlab chiqqan”, — deya qayd etdi u.