/
/
“Xalqlar doʻstligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli qayta foydalanishga topshirildi
05.09.2024

“Xalqlar doʻstligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli qayta foydalanishga topshirildi

Bekatning ikkinchi vestibyuliga yangi eskalator oʻrnatilib, texnik ishlar toʻliq oʻz yakuniga yetkazildi.

“Xalqlar doʻstligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli qayta foydalanishga topshirildi

Toshkent metropoliteniga qarashli “Xalqlar doʻstligi” bekatining ikkinchi vestibyuli texnik taʼmirlardan soʻng yana ochildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, bekatning ikkinchi vestibyuliga yangi eskalator oʻrnatilib, texnik ishlar toʻliq oʻz yakuniga yetkazildi. Vestibyul shu yili 4-sentyabr sanasidan boshlab yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatmoqda.

Maʼlumot uchun, yerosti bekatlaridagi eski eskalatorlarni bosqichma-bosqich yangilash jarayoni davom ettirilmoqda. “Novza” bekatidagi ikkinchi vestibyulning faqatgina eskalator qismi 5-sentyabrdan yopildi.