“Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmi oʻzbek tilida ham premyera qilinadi
Ushbu haftada “Yaxshi boʻlish osonmi” multfilmining uzoq kutilgan toʻrtinchi qismi butun dunyo boʻylab premyera qilinadi, ijodkorlar bizni sevimli qahramonlar va yangi sarguzashtlar dunyosiga qaytarishga vaʼda bermoqda. “Yaxshi boʻlish osonmi” kartinasi birinchi marta 14 yil oldin chiqarilgan va oʻshandan beri bu franshiza millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etishga muvaffaq boʻlgan.
4-iyul kuni Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Film Oʻzbekiston kinoteatrlarida bir vaqtda oʻzbek, rus va ingliz tilidagi dublyajda namoyish etiladi.
Multfilmning ilk epizodlari komediya elementlarining oʻziga xos uygʻunligi va taʼsirchan hikoyasi bilan tomoshabinlarni oʻziga rom etdi. Bosh qahramon Gryu dastlab dahshatli superyovuz sifatida tanishtiriladi, lekin u uch nafar erkatoy qizni asrab olgach, uning xarakteri asta-sekin oʻzgaradi. Yovuz odamdan gʻamxoʻr otaga aylanish jarayoni tomoshabinlar qalbini zabt etgan.
Va, albatta, butun multfilmning asosiy qahramonlari miniyonlardir. Bu kichik, sariq, tushunarsiz mavjudotlar oʻzlarining kulgili xatti-harakatlari va vaziyatlari tufayli multfilminng haqiqiy yulduzlariga aylangan. Ularning bemaʼni va kulgili harakatlari filmga koʻplab hazil-mutoyiba bagʻishlagan, bu ayniqsa bolalar va kattalarga manzur boʻlgan.