/
/
“Yaxshi boʻlish osonmi 4” premyeradan 220 mln dollardan koʻproq daromad oldi
08.07.2024

“Yaxshi boʻlish osonmi 4” premyeradan 220 mln dollardan koʻproq daromad oldi

Byudjeti 100 million dollarni tashkil etgan “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmining syujeti Gryu, uning oilasi va xizmatkorlarining yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. 

“Yaxshi boʻlish osonmi 4” premyeradan 220 mln dollardan koʻproq daromad oldi

Illumination kompaniyasining “Yaxshi boʻlish osonmi 4” animatsion filmi Shimoliy Amerika va xorijdagi prokatining ilk kunlarida 229,5 million dollar ishlab topdi.

Jami yigʻilgan mablagʻning 112,6 million dollari AQSH tomoshabinlaridan kelgan (Mustaqillik kuni sharafiga besh kunlik bayram dam olish kunlari tufayli). Xalqaro prokat avval yigʻilgan 34 million dollarga 73 million dollar qoʻshdi.

Byudjeti 100 million dollarni tashkil etgan “Yaxshi boʻlish osonmi 4” multfilmining syujeti Gryu, uning oilasi va xizmatkorlarining yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Rollarni Stiv Karell, Kristen Uig, Uill Ferrell, Sofiya Vergara va boshqalar ijro etgan.