РУ
O’Z
UZS
/
/
1-avgust: banka yopish festivali va O‘rgimchak-odam kuni
31.07.2024

1-avgust: banka yopish festivali va O‘rgimchak-odam kuni

1-avgust: banka yopish festivali va O‘rgimchak-odam kuni

Yozning so‘nggi oyining birinchi kuni – 1-avgustda 1936-yilgi Berlin Olimpiadasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. “The Beatles”ning bosh qo‘shiqchisi Pol Makkartni ilk bor o‘zining “Yesterday” qo‘shig‘ini kuyladi. Dunyoning ba’zi mamlakatlarida esa 2008-yilning shu kunida odamlar Quyosh tutilishini tomosha qilishdi. 1-avgustda sodir bo‘lgan yana qanday muhim sanalar va bayramlar bo‘lishini birgalikda ko‘rib chiqamiz. 

Masxarabozlar kuni 

Eng kulgili va komik hiyla-nayranglarni amalga oshirib, tomoshabinlarni (ayniqsa kichkintoylarni) quvontiradigan professional qiziq tabiatli kishilar sharafiga “International Clown Week” bilan bayram haftaligini boshlaymiz. 

Konservalash kuni 

Agar siz allaqachon rezavor, meva va sabzavotlarning yozgi hosilini yig‘ib olgan bo‘lsangiz, unda banka yopishni boshlash vaqti keldi. O‘z marinad va tuzlamalaringiz yoki murabbolaringizni to‘g‘ri bankadan qoshiqlab iste’mol qilish qanchalik yoqimli bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ring-a! Ayniqsa, o‘zingiz tayyorlagan murabbolardan krambl tayyorlashga nima deysiz? 

O‘pka saratoniga qarshi kurash kuni 

Ushbu bayram – sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilish qanchalik muhimligini eslatib turuvchi bir saboqdir. Ehtimol, yomon odatdan (chekish) xalos bo‘lish yoki tamakini kuniga kamroq iste’mol qilish, shuningdek, organizmni umumiy tekshiruvni amalga oshirish va flyurografiyadan o‘tish vaqti kelgandir. 

Rejalashtiruvchilar kuni 

Demak, bugun jadvallar va grafiklar tuzamiz va avgustni oldindan rejalashtiramiz: yoz oxirigacha qilmoqchi bo‘lgan barcha ishlaringizni yozib oling, har biriga muddat belgilang yoki shunchaki kelgusi ta’tilingizni rejalashtiring. 

O‘rgimchak-odam kuni 

Bu eng mashhur superqahramon haqida komiks muxlislari tomonidan ixtiro qilingan bayramdir. Bu esa “Marvel” filmlarini tomosha qilish va qaysi ijrochi O‘rgimchak-odam rolini eng yaxshi ijro etgani haqida o‘ylab ko‘rish uchun yaxshi sabab. 

1-avgustda kimlar tug‘ilgan

  • Iv Sen-Loran. Mashhur fransuz dizayneri va “YSL” modalar uyining yaratuvchisi, u bizga “asosiy ko‘ylak – uni kiygan ayoldir” ekanligini o‘rgatgan.
  • Jeyson Momoa. Gollivudning eng sevimli aktyorlaridan biri bo‘lib, “Dyuna”, “Akvamen” filmlarining yulduzi va, albatta, “Taxtlar o‘yini” serialidagi o‘sha Kxal.
  • Domeniko Berardi. Italiyalik futbolchi, Italiya milliy terma jamoasi hujumchisi. 2020 yilda Jahon chempioni.