/
/
12-iyul: bort kuzatuvchilar va fotosuratchilar kuni
11.07.2024

12-iyul: bort kuzatuvchilar va fotosuratchilar kuni

12-iyulda “The Rolling Stones” Londonda ilk konsertini bergan, Neptun sayyorasi kashf etilganidan beri birinchi marta Quyoshni 164,79 yil deganda (Neptunda bir yil shuncha vaqt davom etadi) butunlay aylanib chiqdi, italiyalik rassom Pablo Pikasso rus balerina Olga Xoxlovaga turmushga chiqdi. Bugun – 12-iyulda turli yillarda yana qanday voqealar sodir bo‘lganini bayramlar taqvimidan bilib olamiz. 

12-iyul: bort kuzatuvchilar va fotosuratchilar kuni

12-iyulda nishonlanadigan bayramlar: 

Butunjahon bort kuzatuvchilar kuni 

Ular bizning bortdagi qulayligimiz uchun javobgarlar va xavfsizlik qoidalari haqida hamma narsani bilishadi. Agar siz bugun samolyotda parvoz qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bort kuzatuvchilarini tabriklab qo‘yishni unutmang va parvoz davomida vaqtingizni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan filmlarni tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz. 

Fotosuratchilar kuni 

Bu bugungi kunda kerakli va muhim bo‘lgan yana bir kasb, axir fotograflar – tasviriy san’atning daholari hisoblanadi. 12-iyulda fotograf rolini o‘zingizda sinab ko‘rish uchun yaxshi sabab: kamerani olib, 100 ta selfi qiling. Balki bira to‘la Toshkentda toʻy foto sessiyasini rejalashtirishga nima deysiz? 

Qovurilgan go‘sht kuni 

12-iyul payshanba kuni “yaqinlashayotgan juma” kuniga va go‘sht yeyishni sevuvchilar uchun quvonchli kunga aylanadi. Agar tabiat qo‘ynida shashlik pishirishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda uyda go‘sht pishiring. Oila a’zolaringiz sizdan minnatdor bo‘lishlari aniq. 

Oqim bo‘yicha yurish kuni 

Bayram sharafiga sal sekinlashib, nafasni rostlab, shunchaki hayot oqimi bo‘yicha ketishni taklif qilamiz. Bizni oldinda nimalar kutishini hech kim bilmaydi. Shuning uchun dam olib ishlashingizni tavsiya qilamiz. Agar siz qanday dam olishni bilmasangiz, bizning texnikamiz sizga yordam beradi. 

Kartoshka-fri kuni

Yuqoridagi qovulgan go‘sht bayramiga garnir ham tayyor. Bu bayramni hayotini qovurilgan kartoshkasiz tasavvur qila olmaydigan amerikaliklar ixtiro qilgan. Sizga ham uni berilib yemaslikni tavsiya qilamiz (unda trans yog‘lar ko‘p), lekin meyyorida ozgina yeyish mumkin. 

12-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Pablo Neruda. Adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori, she’rlari sevgi, hayot va hatto umidsizlik mavzulariga oid bo‘lgan Chili shoiri.
  • Abdulla Avloniy. O‘zbek bolalar yozuvchisi, maktab darsliklari yaratuvchisi va dramaturgi.
  • Amadeo Modilyani. O‘limidan so‘nggina boyib ketgan italiyalik rassom. Modilyanining “Moviy pijamadagi bola” surati “Sotheby's” auksionida 11 million dollarga sotildi.
  • Jorj Istmen. Amerikalik biznesmen, millioner va “Kodak” kamerasining yaratuvchisi.
  • Fibi Tonkin. Amerikalik aktrisa va mashhur “H20” va “Vampir kundaliklari” seriallarining yulduzi.