РУ
O’Z
UZS
/
/
Samolyotda tomosha qilish mumkin bo‘lgan filmlar va seriallar – ular butun parvozni maroqli qiladi
09.07.2024

Samolyotda tomosha qilish mumkin bo‘lgan filmlar va seriallar – ular butun parvozni maroqli qiladi

Samolyotda tomosha qilish mumkin bo‘lgan filmlar va seriallar – ular butun parvozni maroqli qiladi

Agar sayohatni sog‘inib, ta’tilga chiqishga tayyor bo‘lib, O‘zbekistondan uchadigan parvozlarni kuzatayotgan bo‘lsangiz, unda parvoz paytida tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan filmlar va seriallar tanlovimiz sizga yoqadi. Ularning ba’zilari bir necha soat davom etadi, ba’zilari esa uzoqroq parvozni ham maroqli qiladi. Ushbu filmlar sizni qanday qilib manzilingizga yetib borganingizni bilmay qolishingizga yordam berishiga ishonavering. 

Turkiya 

Agar siz Istanbul shahri bo‘ylab yoki Bodrumda sohil bo‘yida dam olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, unda 5 va 9 soatlik uzoq sayohatga tayyorgarlik ko‘rishni taklif qilamiz. Parvoz paytini maroqli o‘tkazish uchun eng zamonaviy va mashhur turk seriallaridan birini “Eshigimni taqillat” serialini tomosha qilishingiz mumkin. Go‘zal va zamonaviy aktyorlar, sevgi-muhabbat, hazil va ajoyib turk manzaralari. U bilan vaqt tez o‘tib ketadi, siz esa bu serialni yoqtirib qolishingiz va uni to‘liq tomosha qilmaguningizcha o‘zingizni to‘xta olmaysiz. Siz buni bir parvozda tomosha qila olmaysiz, axir u har birida 100 tadan seriya bo‘lgan ikki mavsumdan iborat.

Misr

Ehtimol, siz uzoq vaqtdan beri Misrdagi eng mashhur kurort Sharm el-Sheyxga tashrif buyurishni xohlaysizmi? Shaffof moviy dengiz, “fotoshoplangan” sohillar, ajoyib suv dunyosi, har bir byudjetga mos keladigan mehmonxonalar va taxminan 10 soatlik to‘xtamaydigan parvoz. Bunday parvozda esa bizga filmlar va seriallar ko‘rinishidagi jiddiy artilleriya kerak bo‘ladi. Biz “misrcha” “207-xona” serialini tanlashingizni tavsiya qilamiz – sirli mehmonxona, to‘g‘rirog‘i, “sirli” xona haqidagi yangi mini-serial. Nomi va tavsifidan yoqishni boshladimi? Aytgancha, u har biri 50 daqiqali 10 ta seriyadan iborat.

BAA

Agar Dubayga biletlar o‘zingizni sheyxlar kabi hiz qilishga undaydigan bo‘lsa, “Uzbekistan Airways” orqali Toshkentdan Dubaygacha uch soatli parvozdan iboratligini eslatib o‘tamiz. Juda ko‘p ham emas, kam ham emas, shuning uchun film tomosha qilishni tanlang, yaxshisi ikkita! Masalan, Tom Henks va Emma Uotson bilan kelajak texnologiyalari haqidagi “Sfera” filmi, desertga esa – yosh jangchining sarguzashtlari haqidagi “Bilol” animatsion filmini tanlashingizni tavsiya qilamiz. Aytgancha, bu multfilm juda yaxshi reytingga ega – Kinoqidiruvda 7.2.

Gruziya

Gruziyaning eng yaxshi restoranlariga gastronomik yoʻnalish tuzib qo‘yib, allaqachon xinkali-xachapuri isteʼmol qilayotgan lahzani intizorlik bilan kutyapsizmi? Shoshilmang, oldinda Toshkentdan Gruziyagacha 3 soatlik parvoz va Gruziyaliklar ishlab chiqargan filmlar bor. Gruziyada ishlangan filmlar ro‘yxati bilan tanishib chiqqan holda sizga birdaniga ikkita romantik filmni tavsiya qilamiz: “Osmonga qaraganda nimalarni ko‘ramiz” – futbolchi va aptekachining uchrashuvi haqida (aytgancha, u “Berlinal”da ham ko‘rsatilgan), shuningdek, omadsiz o‘qituvchi va firibgar xonim haqidagi “Ko‘r uchrashuvlar” komediyasi.

Janubiy Koreya

Olti soatlik parvoz va siz Seul – g‘ayrioddiy dizayn va arxitektura, texnologiya va urbanizm, shuningdek, koreys pop musiqasi yuragida bo‘lasiz. Oldindan ilhomlanib, Koreyaning barcha kutilmagan hodisalariga tayyor bo‘lish uchun sizga Janubiy Koreyaning eng mashhur seriallaridan biri, “Netflix”ning hit seriali “Kalmar o‘yini”ni tomosha qilishni taklif qilamiz. Agar undan zeriksangiz, “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Parazitlar” serialini tanlashingiz mumkin.