/
/
13-iyul: boshqotirmalar bayrami va jahon chempionati kuni
12.07.2024

13-iyul: boshqotirmalar bayrami va jahon chempionati kuni

13-iyulda Jeyms Kuk birinchi marta dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi, Frenk Sinatra o‘zining birinchi plastinkasini yozdirdi, AQSh kinoteatrlarida esa Odri Hepbyorn bosh rolda o‘ynagan “Qanday qilib millionni o‘g‘irlash mumkin” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Bugun – 13-iyulda yana qanday voqealar yuz berganini bayramlar taqvimidan bilib olamiz. 

13-iyul: boshqotirmalar bayrami va jahon chempionati kuni

13-iyulda nishonlanadigan bayramlar: 

Futbol bo‘yicha birinchi jahon chempionati kuni 

Xuddi shu kuni Urugvayda FIFA tomonidan tashkil etilgan 1930-yilda birinchi FIFA jahon chempionati boshlandi. Shuning uchun bugun Yevro-2024 jadvalini tekshirish yoki farzandingiz bilan hovlida to‘p tepish uchun sabab bor. Kim biladi, balki  siz bo‘lajak Ronaldu yoki Messini tarbiyalarsiz. 

Xalqaro boshqotirmalar kuni 

Agar boshqotirmalar kabi stol o‘yinlarini uncha yaxshi ko‘rmasangiz, hechqisi yo‘q. Buning o‘rniga tanqidchilarning kutganidan ham ortiq bo‘lgan va “Pixar” tarixidagi eng ko‘p daromadli ijod bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Boshqotirma 2” multfilmini tomosha qilishingiz mumkin. 

Mamnun xodimlar kuni 

Bu bayram baxtimizga ramziy ma’noda 13-iyul, shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Tongni ish haqida o‘ylamaslik bilan boshlang va munosib dam olish kunidan bahramand bo‘ling. Agar bugun siz uchun ish kuni bo‘lsa, bugungi topshiriqlarni zavq va ko‘tarinki ruhda bajarishga harakat qiling. 

Tog‘ toshlari kuni 

Tog‘larga borib, O‘zbekiston tabiatidan bahramand bo‘ling. Buning uchun yaqinlaringiz yoki do‘stlaringiz bilan kichik sayohat tashkil qilishingiz yoki mini-ekskursiyaga borishingiz mumkin. Bularning hech birining iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda telefoningizga tog‘ cho‘qqilari tasvirli suratlarni qo‘ying. 

Sosiska bilan loviya kuni 

Ingliz kafe va restoranlarida nonushtaga taklif qilishni yoqtiradigan taomlardan eng mashhuri. Ertalablari to‘yimli nonushta qilishni xush ko‘rsangiz: yoniga tuxum va bir stakan qahva qo‘shib iste’mol qilishni unutmang. Qarabsizki, g‘irt britancha nonushta tayyor! 

13-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Valentin Pikul. Sovet yozuvchisi, ommabop tarixiy romanlar muallifi.
  • Mixail Pugovkin. Sovet filmlari aktyori va “Ivan Vasilyevich kasbni o‘zgartiradi” filmining yulduzi.
  • Harrison Ford. Gollivud aktyori va bolaligimizdan sevib tomosha qiladigan o‘sha “Indiana Jons” qahramoni.