14-avgust: kalligraflar (xattot) bayrami va Telegramning tug‘ilgan kuni
14-avgustda mashhur Kyoln jomesining qurilishi yakunlandi, Angliyada birinchi xalqaro go‘zallik musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tdi, Olimpiya o‘yinlarida basketbol namoyish etildi, “Formula 1” musobaqasi esa Sovet televideniesida namoyish etildi. 14-avgust taqvimiga yana qanday qiziqarli sanalar va bayramlar borligini quyidagi maqolada batafsil aytib o‘tamiz.
Kaltakesaklar kuni
Kaltakesaklarning 7310 turi borligini bilarmidingiz? 2022-yilda Sudralib yuruvchilar ma’lumotlar bazasi mutaxassislari shunday deyishdi. Hindistonda topilgan bu tangachali hayvonlarning eng qadimgi “namunasi” bundan 100 million yil muqaddam topilganinichi? Mana endi bilib oldingiz.
Kalligrafiya kuni
Kalligraf (xattot) – chiroyli yozish san’atini biladigan ustalarning bayrami. Uning ijodini tabriknomalar, to‘y taklifnomalari, san’at asarlari, logotiplar va shriftlarda ko‘rish mumkin. Qisqasi, uning barchamizni ko‘zimizni quvontiradigan ishi ko‘p.
“Startap” kuni
Qo‘shma Shtatlarda barcha sohadagi “startaplar” xursand bo‘lish uchun ixtiro qilingan bayram. Agar siz ham o‘z startapingizni o‘ylab qo‘yib, shaxsiy biznes ochishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz (hatto tort pishirish bo‘yicha ham), unda bugungi kun bilan o‘zingizni ham tabriklab qo‘ying.
Telegramning tug‘ilgan kuni
O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer – Telegramning bugun tug‘ilgan kuni. Bu kabi ajoyib va qulay dastur uchun Pavel Durovga minnatdorchilik bildiramiz, so‘ng esa TG kanallari dunyosiga va Toping.uz kanaliga sho‘ng‘iymiz ( u yerda rostdan ham juda qiziqarli ma’lumotlar bor). Desertga esa, o‘zimizga (yoki do‘stimizga) “Telegram Premium”ni sovg‘a qilamiz.
14-avgustda kimlar tug‘ilgan:
- Daniela Stil. AQSh va butun dunyodagi bestseller ro‘yxatlariga kiritilgan ayollar uchun hayajonli romanlari muallifi va yozuvchi.
- Mila Kunis. Gollivud aktrisasi, “Yomon onalar”, “Meni tashlab ketgan josus”, shuningdek, “Qora oqqush” dramasi kabi komediyalarning yulduzi.
- Jorjo Cyellini. Italiyalik futbolchi va 2020-yilgi jahon chempioni. U “Yuventus” va “Los-Anjeles” guruhlarida o‘ynagan.