Arzimas, lekin yoqimli: do‘stingizga yoki o‘zingizga Telegram Premiumni qanday sovg‘a qilish mumkin?
Bugungi kunda mashhur bo‘lgan Telegram Premium obunasini sovg‘a qilish yoki o‘zingizga hadya sifatida olish mumkin. Telegram’ga pullik obuna afzalliklari haqida avvalroq yozgan edik, endi esa sizga qanday qilib Telegram Premium sovg‘a qilish, shuningdek, o‘zingiz uchun bepul obuna olish haqida ma’lumot beramiz.
Telegram Premiumni qanday sovg‘a qilish mumkin?
- Hadya qabul qiluvchi bunday obuna faollashtirilmaganiga ishonch hosil qiling.
- Sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan do‘stingiz profiliga kiring.
- Menyuni (uch nuqta), keyin “Premium sovg‘a qilish” tugmasini bosing.
- Kerakli paketni tanlang: uch oy, olti oy, 1 yil.
- Obunani iPhone uchun Apple ID, Android uchun Google Market, Windows va bank kartangiz orqali to‘lash mumkin.
- Shartlar bilan tanishing va to‘lovni tasdiqlang.
Bot yordamida Telegram Premiumni qanday sovg‘a qilish mumkin?
Telegram Premiumni “kassadan uzoqlashmay" sovg‘a qilishning yana bir “ishlaydigan” usuli — Telegram jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus bot yordamida amalga oshirish. Bu verifikatsiyaga ega yordamchi bot. Boshqalaridan foydalanmang — firibgarlarga duch kelishingiz mumkin!
- Botni oching va start buyrug‘ini yuboring
- Navbatdagi buyruq gift
- Bot sizdan Premium hadya qilmoqchi bo‘lgan do‘stingiz profilini so‘raydi, shuning uchun qo‘rqmang. Kontaktlar ro‘yxatidan (yoki qidiruv bo‘limi orqali) hadya oluvchini tanlang.
- Obuna muddatini belgilang va to‘lov shartlarini tasdiqlang.
- Bank kartangiz rekvizitlarini kiriting va to‘lang. Shundan so‘ng, hadya oluvchi sovg‘a haqida xabar oladi.
- Agar do‘stingizga Premiumdan foydalanish yoqsa, u obuna muddati tugagach, uni uzaytirishi mumkin. Ammo buni mustaqil ravishda qiladi.
Telegram Premiumga bepul obuna qanday olinadi? O‘zim uchun juda xohlayman!
- Hadya sifatida buyurtma berish
Telegram Premiumni wishlistingizga kiriting yoki do‘stlar/oila a’zolaringizga keyingi bayram uchun shunday sovg‘a olish istagingizni bildiring.
Agar sizni eshitishsa, bir kun Telegram’da Premium hadya qiluvchidan xabar keladi. U animatsiyali sovg‘a qutisiga o‘xshaydi, uning ustiga foydalanuvchi niki va quyidagi gap yoziladi: sizga N-qiymatdagi “sovg‘a yuborildi” Olish uchun bosing.
- Mustaqil yutish
Ammo buning uchun siz Telegram orqali o‘yinda ishtirok etishingizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun nima qilish kerak?
- Yutuqli o‘yin o‘tkazadigan va mukofot obunasini taqdim etadigan Telegram kanalini toping (buni Telegramdagi aksiyalar haqida xabar beruvchi tematik kanallar orqali amalga oshirish mumkin). Ishtirok etish shartlari bilan tanishing.
- O‘yinda ishtirok etish uchun “parametrlar bo‘yicha” (ba’zida kanallar faqat yangi ishtirokchilarga yoki ma’lum mamlakatlar aholisiga obuna tarqatadi) mos kelishingiz va barcha shartlarni bajarganingizga ishonch hosil qiling.
- O‘yin o‘tkazilishi bilan Priemium uchun obunalar ishtirokchilar orasida tasodifiy taqsimlanadi va siz “baxtlilar” qatoriga kirasiz, Telegram’dan rasmiy tabrik xabari olasiz.
- Telegram Premiumni faollashtirish uchun “Mukofotni olish” tugmasini bosish kerak.