18-avgust: turmush o‘rtoqlar bayrami va O‘zbekiston havo floti kuni
18-avgustda olimlar quyosh spektrida geliyni aniqlagan, Rossiyada “televideniye” tushunchasi joriy qilingan, AQShda esa Nabokovning mashhur “Lolita” kitobi tarjima qilingan. Bugun – 18-avgustda yana qanday muhim voqealar va bayramlar borligini – quyidagi maqoladan o‘qib bilib oling.
O‘zbekiston havo floti kuni
Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadigan bayram. Bu kun osmonni qariyb har kuni ko‘rishga muvaffaq bo‘ladigan va samolyotlarni xavfsiz parvoz qildirish uchun ishlaydigan barcha insonlarni birlashtiradi. Aviatsiya – har bir mamlakatning taraqqiyotini tezlashtiradigan asosiy kuchlardan biri hisoblanishini ham yodda tutish kerak.
Turmush o‘rtoqlar kuni
Sevimli insoningiz bilan yolg‘iz qolib vaqt o‘tkazish uchun ajoyib sababdir. Barcha tashvish va ishlarni chetga surib, bolalarni qarindoshlarga jo‘natib, park, piknik yoki restoranda uchrashuv uyushtiring. Bunday an’analar har qanday munosabatlar uchun foydalidir.
Geograflar kuni
Bugun sevimli geografiya o‘qituvchingizni tabriklab, bolajonlar bilan globusni tomosha qilish yoki sayohatlarni rejalashtirish mumkin. Tabiatga chiqish yoki yaqin shaharlar bo‘ylab safarga borish ham yaxshi fikr. Bu ruhiy va jismoniy tiklanish uchun ajoyib imkoniyat.
Sport kuni
Bu bayram Qozog‘istonda nishonlanadi, lekin bizda ham sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchilar va sportni sevuvchilar borligi uchun keling, biz ham bu kunni nishonlaymiz. Ertalab yugurishga chiqing, yoga va pilates bilan shug‘ullaning (video darslar orqali), basseynlarga suzing yoki fitnes-klubga boring. Bu ham jismoniy, ham ruhiy salomatlikka sog‘lom hissa qo‘shishdir.
Umumiy til topish kuni
Ba’zan topish qiyin va yo‘qotish oson bo‘lgan til. Bayram munosabati bilan butun kun davomida sezgirlik va empatiya ko‘rsatish, yaqinlaringiz va hatto tanish bo‘lmagan insonlarning xohishlarini eshitishga harakat qiling. Ishonch bilan aytamanki, bu sizga va qolaversa qolganlarga ham yoqadi.