/
/
18-sentabr: HR-menejeri bayrami va teng ish haqi kuni
17.09.2024

18-sentabr: HR-menejeri bayrami va teng ish haqi kuni

18-sentabrda birinchi “New York Times” soni chiqqan, Germaniya BMTga qabul qilingan va Yaponiyada hattoki cho‘chqa grippi virusini ham yo‘q qiluvchi antiseptik ixtiro qilingan. Shu kuni xonanda Madonna o‘zining “Music” albomini chiqardi, bu albom “Grammy” mukofotiga sazovor bo‘lib, “The Rolling Stone” nashrining eng buyuk 500 albomi ro‘yxatiga kiritildi. Bu bugungi sanada sodir bo‘lgan tarixiy voqealar, 18-sentabr taqvimida qanday bayramlar borligini bilasizmi?

18-sentabr: HR-menejeri bayrami va teng ish haqi kuni

Suv sifatini monitoring qilish kuni

18-sentabrda ushbu bayramni nishonlash sharafiga biz ichayotgan suvimizga yanada e’tiborloq bo]lamiz – krandan suv ichmaymiz, suv filtrlari yoki do‘kondan shishaga solingan suv sotib olamiz. Sifatli suv sog‘lig‘imiz uchun juda muhim, faqat uni tik turib ichmang.

Elektron kitob kuni

Kitobsevarlar hayotini osonlashtirgan ixtiro: safar yoki ishga ketayotganingizda yoningizga katta kitoblarni olib yurishingiz shart emas, ushbu kichkina, hatto sumkaga ham sig‘adigan moslamani olib, sevimli kitoblaringizni istalgan joyda mutolaa qilishingiz mumkin.

HR-menejer kuni

Kadrlar bo‘limi o‘rniga kelgan va deyarli har bir zamonaviy kompaniyada mavjud bo‘lgan kadrlar bo‘yicha mutaxassis. Bu professionallar ishchilarni yollaydi, suhbatlar o‘tkazadi va xodimlar bilan boshliqlar o‘rtasida sog‘lom kommunikatsiyani o‘rnatadi. Agar siz ulardan biri bo‘lsangiz – tabriklaymiz!

Chizburger kuni

Agar siz fastfudni yoqtirsangiz va nafaqat somsasiz, balki burgerlarsiz ham yashay olmasangiz, unda siz 18-sentabrda nishonlanadigan bu bayramni albatta nishonlaysiz. Tushlik uchun burgerxonada yoki Toshkentdagi “Burger King”da ovqatlanish – bugungi bayram sharafiga ruxsat etiladi! Shuningdek, o‘zingiz uyda chizburger tayyorlashingiz mumkin – tez va deyarli GMO’siz.

Milliy musiqa kuni

Bu bayram Ozarbayjonda nishonlanadi, lekin bizda ham milliy musiqamiz bor, demak biz ham bu bayramni bemalol nishonlasak bo‘ladi. Bugun o‘zbek xonandalari yoki musiqachi qo‘shingizning qo‘shiqlarini tinglab kuningizni o‘tkazishni taklif etamiz. Xonandalar konsertlariga borish ham mumkin, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘ring: masalan, Toshkentda Lolaning konsertiga.

Teng ish haqi kuni

Bugun barcha kasblar zarur va muhim ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz, ish joylarida kamsitish va gender stereotiplari bilan kurashish zamonaviy dunyoda ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. BMT har 18-sentabrda barchaning e’tiborini shunga qaratadi.