РУ
O’Z
UZS
/
/
Har bir inson o‘qishi kerak bo‘lgan 35 ta badiiy kitoblar. «Gamlet» dan «Garri Potter» gacha
04.11.2024 (yangilandi 05.11.2024)

Har bir inson o‘qishi kerak bo‘lgan 35 ta badiiy kitoblar. «Gamlet» dan «Garri Potter» gacha

Har bir inson o‘qishi kerak bo‘lgan 35 ta badiiy kitoblar. «Gamlet» dan «Garri Potter» gacha

Kitoblarning afzalliklari cheksiz: ular o‘rgatadi, yangi dunyolarni ochadi, ilhomlantiradi, qiyin paytlarda dalda bo‘ladi, muhabbat va mo‘jizalarga ishonishga undaydi. Albatta, ular miyani «oziqlantiradi», aqlni charxlab, so‘z boyligimizni oshiradilar. E’tiboringizga har bir kishi hayotida hech bo‘lmaganda bir marta o‘qishi kerak bo‘lgan haqiqatan ham juda zo‘r 35 ta kitoblar to‘plamini havola etamiz.

Eng yaxshi fantastika kitoblar

Garri Potter va faylasuf toshi – J.K. Rouling

Bu yozuvchi Roulingning Garri Potterning sarguzashtlari haqidagi sehrli serialning birinchi kitobi bo‘ladi. Unda kitobxon ilk bor sehrli dunyo, Hoguarts maktabi hamda do‘stlari Ron va Germiona bilan tanishadi, shuningdek, dushmani Voldemort bilan uchrashadi. Kitob shinavandalari va tanqidchilarning fikriga ko‘ra bu bolalar uchun eng yaxshi kitoblardan biridir.

Uzuklar hukmdori – J. Tolkin

Rouling adabiyotga kelishidan ancha oldin Tolkinni mashhur qilgan yana bir mashhur fantastik kitob. Asarda O‘rta Yer dunyosi, Butun olamga hukmdorlik qilishga imkon beradigan uzuk uchun kurash, elflar, gnomlar va sehrgarlar mavjud bo‘lib, bularning barchasining markazida esa Shir Bilbo Begginslik hobbit turadi. U uzukni yo‘q qilib, hammani yovuzlikdan qutqarishi kerak.

Mazaxchini oldirish – Harper Li

Bu abadiy mavzular –  inson va XX asrning jamoaviy ongi haqidagi badiiy janrning klassikasidir. Bosh qahramonlar ikkiyuzlamachilik, irqiy stereotiplar va nafratga duch kelishadi. Bu yomonliklarni esa faqat adolat tuyg’usi yordami bilan – muhabbat mag‘lub eta oladi.

G‘urur va adovat – Jeyn Ostin

Har bir o‘smir o‘qishi kerak bo‘lgan ingliz badiiy adabiyotining durdona asarlaridan biri. Kitobning syujeti Bennetlar oilasining hayoti, shuningdek, ularning besh qizi atrofida bo‘ladi. Asosiy qahramon – Elizaveta juda aqlli va mag‘rur bo’lib, muhabbatga umuman bo‘y so‘nishni xohlamaydi. Ammo sirli janob Darsini uchratganda hammasi boshqacha tus oladi.

Buyuk Getsbi – F. Skott Fitzjerald

Leonardo DiKaprio ishtirokidagi filmga asoslangan ushbu roman 50-yillarda chop etilgan boʻlsa-da, hali ham yangi avlod qiziqib o‘qiydigan asar hisoblanadi. Hayoti uzluksiz bazmlardan iborat boʻlgan millioner Getsbining hikoyasi ilk daqiqalardanoq o‘ziga rom etadi. Chunki buning ortida sir, og‘riq hamda o‘z maqomi va «Amerikalik orzusi’ni yo‘qotmagan holda birinchi muhabbatining iltifotini qaytarish istagi yashiringan.

1984 – Jorj Oruell 

Oruell o‘z kitobida ko‘rsatgan diktatorlik va g‘amgin dunyo – odamlarning cheksiz qo‘rquvi va ularning hayotini nazorat qilish – sizni birinchi daqiqalardanoq o‘ziga jalb qilib, o‘ylantirib qo‘yadi. Qonunchilik darajasida erkinlik va muhabbat taqiqlanadigan dunyoda qanday yashash mumkin? Har bir inson oʻqishi kerak boʻlgan eng kuchli kitoblardan biri.

Farengeit boyicha 451 gradus – Rey Bredberi 

Bu kitob Oruellning «1984» asari bilan tenglashtirilgani bekorga emas. Barcha yozma nashrlar va kitoblar olov bilan yo‘q qilinadigan G‘arb jamiyatining ommaviy axborot vositalariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi antiutopiya. Aytgancha, 451 daraja – aynan qog‘ozning yonadigan haroratidir.

Jeyn Eyr – Sharlotta Bronte

Roman barcha zamonlarning eng g‘ayrioddiy, ma’naviy va kuchli qahramoni – Jeyn Eyr haqida. Asarda siz kundalik hayotimizda tinimsiz uchraydigan muhabbat, yo‘qotish, xiyonat, tanlovlar haqidagi savollarga javob topasiz.

Javdarzordagi xaloskor – J. Selinjer

Bir nafasda oʻqilib, ammo o‘z mantiqi chuqurligi va ahamiyatini yoʻqotmaydigan yana bir o‘qilishi shart bo‘lgan kitob. Selinjerning eng yaxshi ushbu romani o‘smirlar tilida yozilgan bo’lib, hayotning ma’nosi haqidagi mavzuni ko‘taradi va o‘zlikni anglashga yordam beradi. Kitobni oʻqiyotganda go‘yo uning asosiy qahramoni Holden bilan birgalikda oʻsayotgandek tuyuladi.

G‘azab shingillari – Jon Steynbek 

O‘z «oilaviy makoni’ni tark etib, boshqa yurtda qayta hayot boshlashga majbur bo‘lgan amerikalik oila haqidagi mashhur roman. Va bularning barchasi AQShdagi Buyuk Depressiya manzarasida tasvirlangan. Ishchi sinfining kurashi, boylar va hokimiyatning nohaqligi, shuningdek haqiqiy yolg‘on – qahramonlar qiyinchiliklarni munosib ravishda boshdan kechira olishadimi?

Romeo va Julyetta – Uilyam Shekspir

Eng yaxshi kitoblar tanlovida Shekspirning bir-biriga adovatda bo‘lgan ikki oila – Montekkilar va Kapulettilar farzandlari oʻrtasidagi hech kim tomonidan qo‘llab-quvvatlamaydigan muhabbati haqidagi mashhur fojiasini kiritmaslikning iloji yo‘q. Asarda baxtli yakun bo‘lmasligini bilsak-da, qabrga qadar bo‘lgan muhabbat mavjudligini tushunish uchun ham o'qishga arziydi.

Galaktika uchun otashin korsatma – Duglas Adams

Koinot oson narsa emas, uning ishlari esa dunyoni 360 darajaga o‘zgartirishi mumkin. Bularning barchasi hayotning ma’nosi 42 raqamida bo‘lgani uchun – kam ham ko‘p ham emas.

Alisa mojizalar mamlakatida – Lyuis Kerroll 

Nafaqat har bir bola, balki kattalar tomonidan ham o‘qilishi kerak bo‘lgan kitob. Bu bizning tasavvurimizning qanchalar kuchli ekanligini ko‘rsatib, ijodkorlikni rivojlantiradi va yaxshigina ilhomlantiradi. Shuning uchun asardagi kabi quyon iniga sho‘ng‘ib, Alisaning sarguzashtlari tomon olg‘a!

Balandliklar – Emili Bronte

Brontening gotik badiiy romanini yilning istalgan faslida, ammo ayniqsa kuzda o‘qish juda maroqli. Asarda bosh qahramonlarni hatto bir daqiqaga ham tinch qo‘ymaydigan sirli xonadon, taqiqlangan muhabbat, ilohiy hodisalar va o‘tmishning sirlari bor.

Jinoyat va jazo – Fyodor Dostoevskiy

Ko‘plab tillarga tarjima qilingan rus yozuvchisining kitobi hali ham «must read» bo‘lgan ro‘yxatda qolmoqda. Qahramonning o‘z taqdiriga shubha tug‘diradigan, axloq va vijdonga oid savollar tug‘diradigan jinoyat bilan bog'liq qiziqarli fitna haqidagi asar sizni befarq qoldirmasligi aniq.

Kongil aynish – Jan-Pol Sartr

Hayotning asl maʼnosini anglab, barcha orzu qiladigan ichki erkinlikka kishansiz erishmoqchi boʻlsangiz, bu roman aynan siz uchun. Muallif sahifalardan kitobxonni kuzatayotgandek tuyulib, ayni damda bo‘layotgan voqealarning qanchalik bema’niligini his qilganingizda, o‘zingiz va dunyoni anglay olmay eshitilayotgan bo‘shliqning jarangidan ichki ziddiyatlarni keltirib chiqaradi va «ko‘ngil aynish» alomatlarini paydo qiladi.

5-raqamli qushxona – Kurt Vonnegut 

Ushbu romanda Vonnegut kitobxonni Billy Pilgrim bilan safarga jo‘natib, dahshatli davr – Ikkinchi jahon urushi voqealariga guvoh bo‘lishga yordam beradi. Ammo ogohlantiramiz, bu garchi eng yaxshi kitob bo‘lsa-da, asabi bo‘sh odamlar uchun emas.

Faust – Yoxann Volfgang fon Gyote 

Odam shayton bilan shartnoma tuzsa nima bo‘ladi? Yovuz ruh koʻngli sovugan odamni oʻliklar saltanatiga olib ketish qo‘lidan keladimi yoki insonning qalb chirogʻi yovuzlikdan ustun keladimi? Gyote buni bilib olishni taklif qiladi.

Usta va Margarita – Mixail Bulgakov 

Bulgakovning romani 2024 yilda shu nomli rus filmi premyerasidan soʻng yana trendga aylandi va kitobsevarlarni kitob doʻkoniga borib yana shu kitobni xarid qilishga undadi. Ushbu asar hazilakam, yorqin va falsafiy, shuningdek, syujetdagi turli xil voqeliklar tufayli ko‘p qirralidir. Ularning har biri qatʼiy amal qilguvchi narsa – haqiqatdir.

Gamlet – Uilyam Shekspir

Eng yaxshi kitoblarning deyarli har bir tanlovi aynan shu asar bilan boshlanadi. Shekspirning yana bir muhabbat hikoyalari va oilaviy xiyonat haqidagi asari. Barcha qahramonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ular barcha qing‘ir ishlarda bir-birini ayblab, haqiqiy spekatakl o‘ynashadi. Syujet «Taxtlar oʻyini’ga oʻxshaydi.

Dorian Grey surati – Oskar Uayld

Jahon adabiyotining eng yaxshi kitoblaridan biri bo‘lib, uning chiqarilishi katta shov-shuv bilan boʻlgan. Tanqidchilar bu asarni axloqsiz deb atashganiga qaramay, kitobxonlarga esa juda ma’qul kelgan. Unda hayotning mohiyati, oʻz xatti-harakatlariga masʼul boʻlishning ahamiyati, goʻzallikning buyukligi va gunoh haqida aytib o‘tilgan. Romanning asosiy qahramoni narsisistik shaxsiyati buzilgan odam, o‘sha davrda bunday termin mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, uni shunday ta’riflash mumkin.

Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi – Viktor Hugo

Parij markazidagi yodgorlikni mashhur qilgan eng qiziqarli tarixiy romanlardan biri. Aslida Gyugoning maqsadi ham shu edi, chunki o‘sha paytda Notr Damni buzib tashlamoqchi bo‘lishgandi. Natijada esa biz har bir kishi o‘qishi kerak bo‘lgan ajoyib kitobga ega bo‘ldik. Asarda yorqin personajlar – Esmeralda, Kvazimodo, makkor ruhoniy va, albatta, asosiy qahramon – ibodatxonaning o‘zi haqidagi syujet yoritib berilgan.

Moliyachi – Teodor Drayzer

Drayzerning mashhur trilogiyasining birinchi qismi Londonda, shuningdek, Chikagoda yerosti jamoat transporti tizimini yaratishga katta hissa qo‘shgan amerikalik millionerning hayoti haqida hikoyadan iborat. Asosiy qahramon oddiy oiladan kelib chiqqan, ammo o‘zining mehnati, metin irodasi va qat’iyatligi tufayli katta pul dunyosiga tushib qolgan insondir.

Don Kixot – Migel de Servantes 

Bu shunchaki hamma o‘qishi kerak bo‘lgan kitob emas, balki dunyoning barcha tillariga tarjima qilingan barcha zamonlarning eng buyuk romanidir. Ushbu ritsar, uning sarguzashtlari va jasoratlari haqidagi asar ko‘plab seriallar va filmlar uchun asos bo‘ldi. Uning personajlari Don Kixot, Sancho Pans va boshqalarning ismlari haqiqiy turdosh ismlarga aylanishdi.

Ajib yangi dunyo – Oldos Haksli

Genetik jihatdan bir maqsad – foydalanish uchun ishlab chiqilgan jamiyat haqidagi o‘tkir ma’noli antiutopik asardir. Syujet markazida esa hammasini fosh qilmoqchi boʻlgan Yovvoyi Jon ismli qahramonning fojiali hikoyasi tasvirlangan.

Chivinlar hukmdori – Uilyam Golding

Ushbu kitob taqdir taqazosi bilan odam yashamaydigan orolga tushib qolgan bolalar haqida bo‘lib, o‘ziga tortar va ba’zan dahshatli hikoyalarga boydir. Buning hammasining sababi esa urush oʻyiniga berilib ketib, bu dunyoning barcha shafqatsizliklarini oʻzlashtirgan bolalardir. U hali ham saqlab qolish mumkin bo’lgan inson qalbining ma’nosizligi haqida o'ylashga undaydigan kitob.

Shamollarda qolgan hislarim – Margaret Mitchell

Fuqarolar urushi fonida shaxsning shakllanishi va ulg‘ayishi haqidagi mashhur roman. Hikoyaning markazida erka Skarlet O’Hara turadi. U taqdirning barcha zarbalaridan omon qolishi, o‘zini qayta tarbiyalab, haqiqiy muhabbat nimaligini o‘rganishi kerak bo‘ladi. Aytgancha, ushbu kitob Pulitser mukofoti sovrindori hamdir.

Yuz yillik yolgizlik – Gabriel Garsia Markes

Asar chakalakzorda yo‘qolgan shaharning va sehr bilan shug‘ullanish odatiy hol bo‘lgan Buendiyalar oilasi haqidagi she’riy va ba’zan g‘alati hikoyasidir. Uning syujeti shunchalik ajoyib va o‘ziga tortadigan-ki, sizni qayta-qayta o‘qishga undaydi. Qahramonlari: gunohkorlar, inqilobchilar, xudoni tanimas go‘zal ayollar va boshqalar.

Botazorda kuylovchilar – Kolin Makkalou

Amerika adabiyotining «oltin fondi’ga kiritilgan kitob bo‘lib, soatlab yig‘lab o‘qishingiz (yoki hech bo'lmaganda xo‘rsinib) mumkin bo‘lgan romanlardan biri. Sevgi, samimiyat, quvonch, ehtiros va qalbni ezadigan og‘riq. Haqiqiy romantik qo‘llanma, uni boshqacha ta’riflab bo‘lmaydi.

Garbiy frontda ozgarish yoq – Erih Mariya Remark 

Ushbu kitob bir necha marta Birinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi asar deb nomlangan, axir nemis muallifining falsafasi butunlay o‘zgacha, hatto askarning falsafasi bilan yozilgan edi. Remark ma’lumotlariga ko‘ra, urush nafaqat qahramonlikning timsoli, balki «yo‘qotilgan» avlod fojiasi sifatida qabul qilinadi.

Uch mushketyor – Aleksandr Dyuma

G‘ayratli d’Artanyan va uning sodiq musketyor do‘stlari – Athos, Portos va Aramis haqidagi sarguzashtli ushbu roman sadoqat, jasurlik va, albatta, do‘stlikning haqiqiy ramzidir. Demak, u muhim qadriyatlarni shakllantiradi. «Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun».

Tom Soyerning sarguzashtlari – Mark Tven 

Viloyatlardan kelgan oʻgʻil bolalarning sho‘xliklari kutilmaganda bir necha asrlar davomida qo‘llanma kitobga aylandi. Ehtimol, yozuvchi Tven tilining samimiyligi va xilma-xil hikoyalar tufayli: personajlar sevib qolishadi, sirlarni oshkor qilishadi, uydan qochib, qaroqchi boʻlishni orzu qilishadi. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik bu kitobni turli yoshda qayta o‘qishga tayyor.

Boshsiz chavandoz – Mayn Rid

XIX asr o‘rtalarida sodir etilgan sirli jinoyat haqidagi sarguzashtli roman kitobxonni birinchidan soʻnggi sahifagacha butun diqqat-e’tiborini tortadi. Faqat tunda paydo bo‘ladigan va Texasning barcha aholisini qo'rqitadigan Boshsiz chavandoz arvohlar va iblis haqidagi hikoyalarning haqiqiyligiga ishontiradi. Xo’sh, u aslida kim? Buni oxirida bilib olamiz.

Moby Dik yoki oq kit – German Melvill

Roman markazida baliq ovlash kemasining jasur kapitani bilan dunyoning haqiqiy yovuz jonzoti deb tasvirlanadigan ulkan oq baliq oʻrtasidagi toʻqnashuvdir. Aytgancha, «Pekod» kemasining ekipaji hali ham kitobxonlar tomonidan hayot okeanida aylanib yurib, taqdir va yovuz kuchlarga qarshi turadigan insoniyat ramzi sifatida qabul qilinadi.