/
/
20-avgust: ishyoqmaslik bayrami va virtual dunyolar kuni
19.08.2024

20-avgust: ishyoqmaslik bayrami va virtual dunyolar kuni

20-avgustda rus dengizchi Vitus Bering Alyaskani kashf etdi, “General Motors” kompaniyasi 700 mingta mashinani xavfsizlik yostiqlari muammosi sababli qaytarib oldi, telefonning diskli raqam terish modeli patentlandi, amerikalik xalqaro kosmik stansiyadan esa “Voyager 2” kosmik kemasi quyosh tizimidagi sayyoralarga yuborildi. Bu 20-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar xolos. Bugun dunyo bo‘ylab qanday bayramlar nishonlanishini birgalikda ko‘rib chiqamiz:

20-avgust: ishyoqmaslik bayrami va virtual dunyolar kuni

Butunjahon ishyoqmaslik kuni

Bugun ish kuni bo‘lishiga qaramay, o‘zingizga biroz dam olishingizga izn bering. Sport mashqlarni bekor qiling, juda muhim bo‘lmagan qo‘ng‘iroqlarni keyinga qoldiring va jadvalingizni biroz bo‘lsa ham bo‘shatishga harakat qiling. Kechani “hech narsa qilmaslik” holatida, oilangizga bag‘ishlang.

Cheburashkaning tug‘ilgan kuni

Sovet (va boshqa mamlakatlar) bolalarining sevimli qahramoni. Bayram munosabati bilan bugun Krokodil Genaning qo‘shig‘ini kuylang, Eduard Uspenskiyning kitobini qayta o‘qing yoki 2022-yilda Rossiya va boshqa davlatlarda katta muvaffaqiyatga erishgan oilaviy film – “Cheburashka”ni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

Butunjahon pashshalar kuni

Yo‘q, biz sizga ochiq tabiatda pashshalarga yem bo‘lishni taklif qilmaymiz, ammo bu qiziqarli bayramning sababi haqida tushuntirib o‘tamiz. Bu kuni pashshalar orqali tarqaladigan malyariya kabi kasalliklarni oldini olish zarurligi haqida eslatiladi. Bu haqda “Nobel” mukofoti sovrindori, shifokor Ronald Ross ma’lumot berdi va shu kuni bu muammoga e’tibor qaratish taklifini berdi.

Bukvar’ning tug‘ilgan kuni

Bolalar uchun dastlabki harflar, so‘zlar va hatto gaplarni tanishtiruvchi qo‘llanma kitob. Juda oddiy va juda muhim. Agar siz farzandlari bor baxtli ota-ona bo‘lsangiz, yangi alifbe kitobini sotib olish uchun kitob do‘koniga borish uchun ajoyib sabab.

Virtual dunyolar kuni

Bugun o‘zingizni hech aybdor qilmasdan internet, Instagram lentalarini skrollash va Telegram kanallarini (masalan, Toping) ko‘rishda cheklamang. Desertga esa – kompyuter o‘yinlari yoki onlayn seriallarini maroq bilan tomosha qilishingiz mumkin.

20-avgustda tug‘ilganlar:

  • Emi Adams: Gollivud aktrisasi, “Oltin globus” mukofoti sohibasi va Kristofer Nolaning “Tashrif” filmining yulduzi.
  • Endryu Garfild: Marvel’ning “O‘rgimchak odam”idan biri va “Toni” teatr mukofoti sovrindori.
  • Demi Lovato: Amerikalik pop qo‘shiqchi, Disney yulduzi, “The X-Factor” shousining hakami va aktivist.