РУ
O’Z
UZS
/
/
Fitnesning o‘n yo‘nalishida bepul mashg‘ulotlar taqdim etadigan YouTube kanallar
30.06.2024

Fitnesning o‘n yo‘nalishida bepul mashg‘ulotlar taqdim etadigan YouTube kanallar

Fitnesning o‘n yo‘nalishida bepul mashg‘ulotlar taqdim etadigan YouTube kanallar
Muallif
Leyla Li

Onlayn mashg‘ulotlar Covid-19 pandemiyasi paytida ommalashdi. Ammo hozirda cheklovlar ortda qolgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikning fitnes klublariga tashrif buyurishga vaqti yoki istagi yo‘q. Uning o‘rniga uyda shug‘ullanish afzal ko‘rilmoqda. Biz fitnesning eng mashhur yo‘nalishlarida YouTube videolari tanlovini tuzdik.

Fitnesning asosiy yo‘nalishlari:

  • yoga;

  • kuchli mashg‘ulot;

  • HIIT, ya’ni yuqori intensivlikdagi intervalli mashg‘ulot.

  • step-aerobika;

  • cho‘zilish;

  • pilates;

  • CrossFit;

  • sakrash;

  • tay-bo;

  • kallenetika.

1.    Kuchli mashg‘ulotlar

Bu kanallar mushak massasini oshirishga intiladigan erkaklarga mos keladi. Unda mashg‘ulotlarga qo‘shimcha ravishda, ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi uchun umumiy tavsiyalar mavjud. 

2.  HIIT, yuqori intensivlikdagi intervalli mashg‘ulot

Bunday mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati yuqori va past intensivlikdagi mashqlarni ketma-ket bajarishdir. Ular mustahkam bardoshga ega bo‘lgan erkak va ayollarga mos keladi.

3. Step-aerobika

O‘nlab yillar davomida qizlar orasida mashhur bo‘lgan barchaga tanish yo‘nalish. Ushbu qadam aerobikasining o‘ziga xos jihati maxsus kichik platforma va energetik musiqa bilan shug‘ullanishda.

4.  Stretching

 Asosan mushaklarni cho‘zish va ularning harakatchanligini yaxshilashga qaratiladi. Cho‘zish mashqlari ko‘pincha boshqa yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarining yakuniy qismi bo‘ladi.

5.  Pilates

Fitnesning bu turida mashg‘ulotlar matda bajariladi. Unda harakatlar silliq bajarilishi va chuqur bir xil nafas olish muhim, qo‘shimcha og‘irlik ishlatilmaydi. Shuning uchun, pilates bilan sportdagi tayyorgalik darajasi va yoshidan qat’i nazar, har bir kishi shug‘ullanishi mumkin.

6. Krossfit

Aylanma printsip asosida bajariladigan yuqori intensivlikdagi intervalli trening turi. Mashqlar o‘z vazningiz va qo‘shimcha og‘irlik bilan bajariladi.

7. Sakrash

O‘z nomi bilan bu texnikada sakrab mashg‘ulotlar bajariladi. Mashqlar dinamik musiqa ostida maxsus oyoq kiyim yoki batutlarda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishda ko’proq qizlar shug’ullanadi.

8.  Tay-bo

Jang san’ati elementlari bo‘lgan fitness yo‘nalishi, ammo unda sherik bilan sparringa tushilmaydi. Unda boks, karate, taekvondoning zarbali harakatlari birlashtirilib, aerobikaning ba’zi mashqlari bor. Bu kontaktsiz fitnes turi bo‘lgani uchun, barcha harakatlar jangovar usulda bo‘lmaydi va osilgan sport qoplariga zarba berilmaydi.     

9.  Yoga

Yoganing ko‘plab turlari mavjud: kundalini, hatha, bhakti, raja, jnana va boshqalar. Ko‘pincha, jismoniy mashqlardan tashqari, ruhiy amaliyotlarni ham o‘z ichiga oladi, shuning uchun hammaga to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘yxatda siz ham rus tilida, ham ingliz tilidagi kanallarni topasiz, o‘zingizga kerakli tildagi subtitrlarni yoqishingiz mumkin. 

Bu esa bolalar uchun yoki bolalar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kattalar uchun manba. 

10. Kallenetika

Yoga va cho‘zish komponentlari bilan gimnastika mashqlarini o‘zida birlashtirgan statik fitnessning o‘ziga xos turi. Dastlab, bu yo‘nalish Amerika iste’molchilari uchun moslashtirilgan yoganing bir turi – marketing mahsulot sifatida paydo bo‘lgan edi. Lekin so‘nggi yillarda kallanetikaga fiziologiyaga mos faoliyat deb qarab, qizil mushak tolalari va mushaklarning chuqur qatlamlariga ta’sir qila oladigan fitness yo‘nalishi sifatida shug‘ullaniladi.