/
/
20-sentabr: tozalik bayrami va guruch tayyorlash kuni
19.09.2024

20-sentabr: tozalik bayrami va guruch tayyorlash kuni

20-sentabrda birinchi Kann kinofestivali bo‘lib o‘tdi, AQSh prezidenti Jon Kennedini o‘ldirishda gumon qilingan Li Xarvi Osvald SSSRga keldi, Ozarbayjon esa MDHga qo‘shilishga qaror qildi. 1997-yil aynan shu kunda qo‘shiqchi Elton Jon “Candle in the Wind” qo‘shig‘i bilan Britaniya hit-paradlarida birinchi o‘rinni egalladi, ushbu qo‘shiq halok bo‘lgan malika Dianaga bag‘ishlangan edi. Bu bugungi sanada sodir bo‘lgan voqealar, 20-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishini esa quyida o‘qing.

20-sentabr: tozalik bayrami va guruch tayyorlash kuni

Kutilmagan choy ichish marosimlari kuni

20-sentabr oqshomini qanday o‘tkazishni bilmayotganlar uchun ajoyib yangilik. Do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling va ularni bir piyola choyga taklif qiling. Yoki qo‘shnilaringizni mazali va uyda pishirilgan pirog bilan yo‘qlang.

Xalqaro guruch kuni

Demak, bugungi kunning garniri (yoki asosiy taomi) nimaligi hal qilindi! Palov tayyorlaymiz, sushi buyurtma qilamiz yoki mazali guruchli boul retseptini izlaymiz.  Guruchli boul sog‘lom ovqatlanish ratsioniga kiradi.

Tozalik kuni

20-sentabrda kvartirada umumiy tozalash ishlari, hovlida tartib o‘rnatish ayni muddao. Jarayonni tezlashtirish uchun esa “Uzum”dan buning uchun kerakli mahsulotlarni ko‘rib chiqing. Ular tozalash ishlarini osonlashtiradi.

Kotiblar kuni

Bugun yana bir kasbning bayrami. Kotib yoki kotiba tanishingiz bo‘lsa yoki o‘zingiz shu kasb egasi bo‘lsangiz tabriklaymiz. Bu kasb zarur kasblardan biri, axir kotib rahbarning o‘ng qo‘li hisoblanadi – u butun hujjatlar va hatto boshliqning tushligini ham boshqaradi.

Novvoyxona kuni

Toshkent (yoki boshqa shahardagi) sevimli novvoyxonangizga kirish va mazali bulochka, non yoki kruassan sotib olish uchun ajoyib sabab. Bu joylarda ko‘pincha mazali nonushta ham taklif etiladi. Bu haqda bizga mashhur bloger Mado aytib berdi.