90-yillarga sho‘ng‘ing, mukammal uchrashuvga boring yoki Toshkent markazida bolalik ta’mini eslang: Layfstayl-bloger Madoning sevimli joylari
Mado ishdan va blogdan keyingi bo‘sh vaqtlarini o‘g‘li va do‘stlari bilan o‘tkazadi. Haqiqiy estet sifatida buni chiroyli va qiziqarli amalga oshiradi. Toshkentdagi qaysi lokatsiyalar Instagram yulduzining sevimli joylari va uni ko‘roq qayerda uchratish mumkinligini bilishga qaror qildik.
Qahramon kartasi
Mado - O‘zbekistondagi ilk layfstayl blogerlardan biri, marketolog, sayohatchi va influenser, shuningdek yosh ona hamdir. Qiz o‘z blogini mehr bilan hayotning "vinegredi" deb ataydi: yumorli sketchlar, sifatli reelslar, Instagrambop layfxaklar, reklama kampaniyalari, byuti qo‘llanmalar va ‘‘raspakovka" videolari. Qisqasi, har jihatdan bor, ammo barchasi zamonaviy va yorqin. Xuddi qahramonning o‘zi kabi.
Men bloggingga juda erta, hali 8-sinfdaligimdan kirib kelganman. Bugun 30 yoshdaman. Avvaliga bu faoliyat Mail.ru dan boshlangan, keyin Blogspot kabi turli bloglar paydo bo‘ldi. Buning sababi shuki, men o‘z his-tuyg‘ularimni baham ko‘rishni, hikoyachi bo‘lishni va bu dunyoni qanday ko‘rishimni, uni qanday his etishimni ko‘rsatishni yaxshi ko‘raman.
Men feminizm, oilaviy zo‘ravonlik kabi dolzarb mavzularni ham ko‘tardim va maslahat so‘rab kelgan odamlarga yordam berdim. Bu ko‘p millionli auditoriyani to‘plashga intilganim uchun emas, balki o‘z jamiyatimni shakllantirmoqchi bo‘lganim uchundir.
Buvimnikiday yoki bolalik ta’mi kabi mazali joy
Uyim yonida "Domashka" qahvaxonasi bor. U yerga kirsangiz, 90-yillarga tushib qolasiz. "Maggi" qaynatmasi shaklidagi soat, yog‘och stolchalar, fondagi eski xitlar, peshtaxta ortida esa ko‘k fartyukli xushmuomala qizlar. Taomlari ham juda oddiy, ham mazali va uyda tayyorlangan. Xuddi bog‘cha yoki maktab oshxonasidagi kabi. Qanday pishiriqlar-a! Kamdan-kam xarid qilaman, lekin menga ‘‘muraveynik'' shirinligi, o‘g‘limga esa sirniklar yoqadi.
Manzil:
Uchrashuvga qayerga borish kerak?
Uchrashuvda odamlar va shovqin kamroq bo‘lgan intim muhitda bo‘lishni xohlaysiz. Hozircha havo iliq, ammo "Hilton" mehmonxonasining ayvonida joylashgan "City 21" pan-Osiyo restorani yaxshi variant bo‘la oladi. Menga restorbar 12 ham yoqadi. U yerda muhit ajoyib, odamlar bor. Lekin ish kunlari borgan ma’qul. "Bazilik" varianti ham bor. U ko‘pdan beri ishlaydi va aynan u yerga shoxona ko‘rinishda - ko‘ylakda va poshnalarda borsangiz bo‘ladi.
Manzillar:
City 21 Pan Asian Restaurant & Lounge
Do‘stlar bilan qayerda kechki ovqatlanish mumkin?
Mana, biz dugonalarim bilan "12" restoraniga boramiz, u yerda kechki ovqat yeyish va sevimli dijeylarimizning setlari ostida raqsga tushish mumkin. Bundan tashqari, "Bootlegger" bari ham bor va biz bu ikki joy orasida vaqtimizni o‘tkazamiz.
Manzillar:
Nonushta qiladigan joy
Bu borada men juda sodiqman - fransuz Breadly novvoyxonalari tarmog‘ini juda yaxshi ko‘raman. Ularning Toshkentda 4 ta filiali bor va men ular o‘rtasida qatnayman. Bugun bir joyda, ertaga boshqa joyda ovqatlanaman. Ularda yaxshi nonushtalar, foydali taomlar, mazali pishiriqlar va non bor. Xizmat va konsepsiya ham yuksak darajada.
Manzillar:
Tanho qolish va o‘zingiz bilan birga bo‘lishni istagan joy
Biror narsani o‘ylab topishim kerak bo‘lsa, shaharda tentirab yuraman. Piyoda sayr qilishni yaxshi ko‘raman. Shaharning qaysi qismida bo‘lishidan qat’i nazar, hamma joyda yaxshi. Mening yana bir sirli joyim - Bobur bog‘i, u unchalik mashhur emas, lekin u yerda bo‘lish juda yoqimli. Ayniqsa, ertalablari, atrofda odam kamligida. Toshkent Botanika bog‘i ham "terapevtik" effekt bermoqda.
Manzillar:
Bobur madaniyat va istirohat bog‘i
Dam olish kunlari qayerga borish kerak?
Bu yerda hamma narsa kayfiyatga bog‘liq. Ba’zida o‘g‘lim bilan uyda qolamiz va KFC yoki sushiga buyurtma beramiz, agar faol bo‘lishni xohlasak, Eco Park, kino, Tashkent City Mallga boramiz va shaharning qayeridadir tushlik qilamiz. Masalan, o‘sha bog‘dagi kabobxonada mavjud bo‘lgan milliy oshxona.
Manzil:
Bonus: Mado o‘g‘lining sevimli joyi
Har qanday tushunarsiz vaziyatda u Gravity barga borishni istaydi (kuladi). Bu yopiq joy bo‘lib, u yerga faqat tanish-bilishlar kiritiladi va u yerdagi muhit xuddi mehmondagi ayvonda o‘tirgandek. O‘g‘lim ularning burgerlarini juda yaxshi ko‘radi va u yerga nafaqat men va buvisi bilan, balki dugonalarim bilan ham boradi.
Manzil: