$200 gacha bo‘lgan qaysi smartfonni xarid qilish kerak? E’tiboringizga 5 ta munosib variantni taklif etamiz
Yirik brendlarning flagman smartfonlari uzoq vaqtdan beri ishonch bilan, ko‘pchilik qimmat deb o‘ylaydigan 1000 dollardan ham oshib ketgan. Ammo, yaxshilab o‘ylab ko‘rsa, ularning haddan tashqari kuchliligi va hashamatli kameralari kundalik foydalanishda unchalik zarur emas, albatta, agar siz bunday telefon bilan (masalan, blogger sifatida) pul ishlab topmasangiz. Messenjerlarda muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar va boshqa kundalik vazifalarni bajarish uchun ancha hamyonbop smartfon ham bu ishlarni uddalaydi. Bundan tashqari, hozirgi ko‘pgina telefonlar ham yetarlicha tez ishlab, umuman arzonligi bilinmaydi. Hozirda dolzarb kurs bo‘yicha narxi 200 dollargacha boʻlgan yuqori sifatli smartfonlar tanlovini taqdim etamiz.
Samsung Galaxy A15 5G
- Chiqqan yili: 2023 yil oxirida
- Displey: 6,5 dyuym (1080x2340), Super AMOLED, 90 Hz gacha yangilash tezligi, yorqinligi 800 nits
- Chip: MediaTek Helio G99
- Operativ xotirasi: 4/6/8 GB
- Ichki xotira: 128/256 GB
- Asosiy kamera: 50 Mp (f/1.8), 5 Mp (f/2.2, ultrakeng), 2 Mp (f/2.4, makro)
- Old kamera: 13 Mp (f/2,0)
- Akkumulyator: 5000 mA
- NFC: Bor
Nimasi bilan yaxshi. Samsung – sanoat giganti bo‘lib, hatto kompaniyaning hamyonbop yechimi ham brendning barcha sifat standartlariga javob berishi kerak. Qurilma o‘z narxi uchun juda yaxshi: 6.5 dyuymli yorqin AMOLED 90 Hz yangilanish tezligi bilan ekranga ega. Bundan tashqari, uning yana bir afzalligi yon tugmachaga o‘rnatilgan barmoq izlari skanerining mavjudligi: bu segmentda ushbu yechim ekran ostidagi skaner yoki old kamera orqali blokdan ochishdan ko'ra ishonchliroq ko‘rinadi.
Qurilmaning interfeysi ham yaxshigina: nihoyat deyarli hamma qurilmalarni quvvatlashi mumkin bo‘lgan yagona formatga aylangan USB-C va 3,5 mm li quloqchinlar uchun ulanish joyi mavjud.
Kamchiliklari. Boshlang‘ich versiyadagi 4 GB bo‘lgan operativ xotirasi yetarli emas, lekin Galaxy A15'ni unga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalar bilan yuklamasangiz (masalan, qiyin 3D o‘yinlar), u holda shu xotira ham yetarli bo‘ladi. Rasmiy ravishda namlik va changdan himoya ko‘rsatilmagan, shuning uchun unda bunday xususiyatlar yo‘q deb hisoblaymiz.
Honor X7b
- Chiqqan yili: 2023 yil oxirida
- Displey: 6.8 dyuym (1080x2412), IPS, 90 Hz gacha yangilash tezligi, yorqinligi 850 nits
- Chip: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 680
- Operativ xotirasi: 6/8/12 GB
- Ichki xotira: 128/256 GB
- Asosiy kamera: 108 Mp (f/1.8), 5 Mp (f/2.2, ultra keng), 2 Mp (f/2.4, chuqurlik sensori)
- Old kamera: 8 Mp (f/2.0)
- Batareya: 6000 mA
- NFC: Bor
Nimasi bilan yaxshi. Model o‘zining maxsus gradient yechimli dizayni bilan, shuningdek, ikkita «tanga» simon kamera bloklari bilan jalb qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, X7b komplektida hozirda kamdan-kam uchraydigan 35 W li quvvatlovchi moslamasi ham mavjud. Old kamera ekranning yuqori qismida alohida nuqta sifatida joylashgan – bunday yechim «chyolka» yoki «tomchi» ga nisbatan zamonaviyroq ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Operativ xotirasi – 8 GB ekanligi ko‘pchilikni quvontiradi. Ushbu narx segmentida bu juda baland ko‘rsatgich. Bundan tashqari, uning yana bir afzalligi tinmay foydalanganda bir yarim (yoki undan ham ko‘p)ga yetadigan 6000 mAh batareyasidir.
Kamchiliklari. Namlik va changdan himoyasi yo‘q. Ushbu segmentda quvvati ko‘proq bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, ammo qurilma kundalik vazifalarini hech qanday muammolarsiz bajaradi. Sharhlovchilar tungi fotosuratlarning past sifatini qayd etishadi, ammo qiyin sharoitlarda rasmga olish uchun besh baravar yuqori narxdagi qurilmalarga murojaat qilish kerakligini unutmang.
Xiaomi Redmi Note 13 5G
- Chiqqan yili: 2024 yil boshida
- Displey: 6.67 dyuym (1080x2400), AMOLED, 120Hz gacha yangilanish tezligi, yorqinligi 1000 nits
- Ship: 8 yadroli MediaTek Dimensity 6080
- Operativ xotirasi: 6/8/12 GB
- Ichki xotira: 128/256 GB
- Asosiy kamera: 108 Mp (f/1.7), 8 Mp (f/2.2, ultra keng), 2 Mp (f/2.4, chuqurlik sensori)
- Old kamera: 16 Mp (f/2.4)
- Akkumulyator: 5000 mA
- NFC: Bor
Nimasi bilan yaxshi. Xiaomi o‘zini nisbatan kam pul evaziga «zo‘r» mahsulot oladigan brend sifatida tanitdi. Bu esa Xiaomi hamyonbop segmentda ayniqsa yaxshi bo‘lishi kerakligini anglatadi. Va ko‘p jihatdan shunday: smartfon yangilangan dizaynga, olinadigan AMOLED ekranga (1080x2400) va hatto biroz zaif, ammo yo‘qdan ko‘ra bor, IP54 standartiga muvofiq chang va suv uchishlaridan himoyaga ega.
Kamchiliklari. Videoga olishda optik muvozanatning yo‘qligi – afsuski, bu hamyonbop yechim sabablidir. Ammo agar ozgina pul qo‘shib Redmi Note 13 Pro olsangiz, unda bunday muvozanat aniq paydo bo‘ladi. Lekin umuman olganda Note 13 5G o‘zining narx segmentidagi eng yaxshi smartfonlardan biri deb hisoblash mumkin.
Realme C67 (4G)
- Chiqqab yili: 2023 yil oxirida
- Displey: 6.72 dyuym (1080x2400), IPS, 90Hz gacha yangilanish tezligi, yorqinlig 950 nits
- Cep: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 685
- Operativ xotira: 6/8 GB
- Ichki xotira: 128/256 GB
- Asosiy kamera: 108 Mp (f/1.8), 2 Mp (f/2.4, chuqurlik sensori)
- Old kamera: 8 Mp (f/2.1)
- Akkumulyator: 5000 mA
- NFC: Bor
Nimasi bilan yaxshi. Smartfon ikkita SIM-kartalar va alohida microSD karta slotiga ega. Bu juda kam uchraydi – odatda microSD va ikkinchi SIM o‘rtasida tanlov qilib, ikkalasiga bitta slot beriladi. Qutisida quvvatlovchi moslamasi va hatto g‘ilof (chexol) ham bor – o‘z smartfonlarini ming dollar yoki undan ko‘proqqa sotadigan ba’zi brendlar o‘z xaridorlarini zo‘r komplektatsiyasi bilan xursand qiladigan Realme va Xiaomi’dan o‘rganishlari kerak. Va albatta, 108 megapiksellik asosiy kamera – to‘g‘ri hozirda megapiksellar marketing vositasiga aylangan bo‘lsa-da, sharhlarga ko‘ra, rasmlar ushbu segmentdagi qurilma uchun juda yaxshi sifatga ega.
Kamchiliklari. Buni sezilarli kamchilik deb atash qiyin, ammo baribir: Realme C67 modeli 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Aniqrog‘i, uning versiyalaridan biri 5G ni qo‘llab-quvvatlanmaydi – lekin ushbu tanlovimizda ko‘rib chiqilgan Realme C67 4G va Realme C67 5G da mavjud. Realme C67 5G deyarli umuman boshqalariga o‘xshamaydi, uning asosi ham dizayni ham boshqacha qilib yaratilgan. Ammo rasmiy ravishda, u barcha mamlakatlarda sotilmaydi. C67 4G ning jiddiy muammosi esa tizimning o‘zida reklamaning mavjudligi. Uni o‘chirib qo‘yish usullari mavjud, ammo smartfon menyusida reklamalarning borligi kompaniya tomonidan juda bahsli qaror deb hisoblaymiz.
Oppo A38
- Chiqqan yili: 2023 yil kuzi
- Displey: 6.56 dyuym (720x1612), IPS, 90 Hz gacha yangilash tezligi, yorqinligi 720 nits
- Shchip: 8 yadroli MediaTek MT6769 Helio G85
- Operativ xotirasi: 4/6 GB
- Ichki xotira: 128 GB
- Asosiy kamera: 50 Mp (f/1.8), 2 Mp (f/2.4, chuqurlik sensori)
- Old kamera: 5 Mp (f/2.2)
- Akkumulyator: 5000 mA
- NFC: Bor (mintaqa bo'yicha farq qiladi)
Nimasi bilan yaxshi. Ushbu smartfon, realme C67 kabi, ikkita SIM-kartalar va alohida microSD slotiga ega. A38 o‘z segmenti uchun yaxshi bo‘lgan chip bilan jihozlangan bo‘lib, bu hatto «Call of Duty: Mobile» kabi «og‘ir» loyihalarni o‘ynash imkonini beradi – maksimal grafik sozlamalarda emas, albatta, ammo o‘ynab bo‘ladi. Bundan tashqari, sharhlovchilar yaxshi avtonomiya va kamera sifatini alohida maqtashadi.
Kamchiliklari. Uning «iyak» simon va tomshi shaklidagi kamerasi bo‘lgan ekrani juda eskirgan model hisoblanadi. Displey o‘lchami esa atigi 1612x720 piksel – ba‘zi raqobatchilar ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Boshqa tomondan, 90Hz yangilanish darajasi uning pozitsiyasini biroz bo‘lsa-da ko'taradi. Agar kuchsizroq bo‘lgan ekrani sizni qaytarmasa, Oppo A38 juda yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.