O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq yoshlar Blink orqali do‘stlari bilan joylashuvni baham ko‘rmoqda


Do‘stlar bilan qulay va xavfsiz tarzda joylashuvni baham ko‘rish imkonini beruvchi Blink ilovasi O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida katta ommalashdi. Dastlab Rossiyada ishlab chiqilgan ushbu ilovadan hozirda mamlakat bo‘ylab 1 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanmoqda. Blink hozir App Store`da “Ijtimoiy tarmoqlar” toifasida 3-o‘rinni, Google Play`da esa 5-o‘rinni egallab turibdi.
Blink tahlilchilarining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi asosiy auditoriya yoshlar — foydalanuvchilarning 85 foizi 18–34 yosh oralig‘ida. Yil boshidan buyon barcha asosiy ko‘rsatkichlarda keskin o‘sish qayd etildi:
- O‘rnatishlar: +583%
- Faol foydalanuvchilar: +359%
- Jinsiy tarkib: 89% erkak, 11% ayol
- Platformalar: iOS — 42%, Android — 58%
Blink faqat joylashuv almashish bilan cheklanmaydi. Ilovada matnli xabarlar va ovozli stikerlar yuborish, xaritada ma’lum joylarda check-in qilish, do‘stlaringizning harakat tezligi, bosgan qadamlari soni va qurilma batareya darajasini ko‘rish mumkin.Ilovada “Atrofdagi odamlar” funksiyasi mavjud bo‘lib, u 3 km radiusda joylashgan 50 tagacha foydalanuvchini ko‘rsatadi. Shuningdek, do‘stlar bilan yoki yakka holda mini-o‘yinlarni o‘ynash mumkin.

Iyul oyida check-in’lar soni 215% ga, mini-o‘yinlar ishlatilishi esa 199% ga oshdi. “Yaqin atrofdagilar” funksiyasi 63% ga ko‘proq ishlatilgan, qadam hisoblagichdan foydalanish esa 58% ga ko‘paygan.
Blink’ning tez o‘sishi, ayniqsa O‘zbekistondagi yoshlar orasidagi katta qiziqishni tasdiqlaydi. Ilova allaqachon ijtimoiy aloqalar va ko‘ngilochar faoliyat uchun platformaga aylangan. Jamoa mintaqani ustuvor bozor sifatida rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Hozirda ilovaning o‘zbekcha interfeysi joriy etilmoqda, push-xabarnomalar esa allaqachon o‘zbek tilida mavjud.
Blink — foydalanuvchilarga real vaqtda joylashuvni do‘stlari bilan baham ko‘rish, matnli xabarlar va ovozli stikerlar yuborish, do‘stlarning qurilma batareyasi, harakat tezligi va birgalikda yoki yolg‘iz ekanini ko‘rish imkonini beruvchi geososial mobil ilova. Do‘stlar uchrashganda telefonni silkitsa, ular darhol ulanadi.
Blink foydalanuvchilarga Rossiya va xorijda yangi, xavfsiz muloqot tajribasini taqdim etadi. 2023-yil mart oyida ilova App Store’dagi eng mashhur ilovalar qatoriga kirib, VK va Telegram’dan o‘zib ketdi. Bugungi kunda ilova dunyo bo‘ylab oyiga 10 million foydalanuvchini qamrab oladi, ularning 74% 12–24 yosh oralig‘ida.