РУ
O’Z
UZS
/
/
2024-yilda qanday Iphone tanlash kerak? Turli vazifali va hamyonbop 5 ta model
13.07.2024

2024-yilda qanday Iphone tanlash kerak? Turli vazifali va hamyonbop 5 ta model

2024-yilda qanday Iphone tanlash kerak? Turli vazifali va hamyonbop 5 ta model

Bu savolga eng oddiy javob ‘‘so‘nggi’’, ya’ni iPhone 15 va 15 Pro lineykasidir. Biroq, bunday modellar qimmat turadi va oldingi avlodlardan farqi unchalik katta bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga, 2021-2022-yillardagi smartfonlar ancha arzonroq, Apple esa ular uchun yangilanishlarni yana 3-4 yil chiqarishi mumkin. Turli byudjetga va foydalanish uchun hali ham yaxshi iPhone’lar ro‘yxatini tuzdik.

 

Narxga nisbatan eng katta – iPhone 14 Plus

Chiqarilgan yili: 2022

Ekran: 6,7 dyuym (1284 x 2778 o‘lchamli, zichligi 458 ppi), Super Retina XDR OLED

Chip: 6 yadroli Apple A15 Bionic (2 x 3,23 gers, 4 x 1,82 gers)

Operativ xotira: 6 GB

Ichki xotira: 128, 256, 512 GB

Kameralar: 12 MP (asosiy sensor, f/1.5) + 12 MP (ultrakeng, f/2.4)

2022-yilda Apple birinchi marta smartfonning ‘‘katta’’ versiyasini Pro emas, balki oddiy liniyadan chiqardi. Pro’seriyadagi Max modeli bilan chalkashmaslik uchun qurilma Plus deb nomlangan. Umuman olganda, bu shunchaki 6,7 dyuymli OLED ekraniga ega iPhone 14. Lekin eng muhimi, ekrandan tashqari, 4323 mA/soat sig‘imli batareya tufayli uning ishlash vaqti uzoqroqqa cho’ziladi.

iPhone 14 Plus ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha testlarda 14 Pro Max dan past bo‘lsa-da, farq sezilarli emas, ammo Plus narxi bo‘yicha Pro Max dan sezilarli darajada afzalroqdir.

iPhone 14 Plus oddiy iPhone 14 bilan solishtirganda

Aytgancha, modelda iPhone 13 liniyasi bilan bir xil – A15 Bionic chipi mavjud. Garchi 14-seriya smartfonlari bir yil keyinroq chiqarilgan bo‘lsa ham. Bu esa, Apple juda katta quvvat zaxirasiga ega bo‘lgan qurilmalarni ishlab chiqarishii va ko‘pincha eng yangi modellarni izlashdan ma’no yo‘qligini ko’rsatadi.

Eng arzon – iPhone SE (3-avlod)

Chiqarilgan yili: 2022

Ekran: 4,7 dyuym (750 x 1334 o‘lchamli, zichligi 326 ppi), Retina IPS LCD

Chip: 6 yadroli Apple A15 Bionic (2 x 3,23 gers, 4 x 1,82 gers)

Operativ xotira: 4 GB

Ichki xotira: 64, 128, 256 GB

Kamera: 12 MP (f/1.8)

Bu joriy liniyadagi eng noodatiy smartfon. Apple 2017-yilda chiqarilgan iPhone 8’ning ochiqdan-ochiq eski korpusiga ancha kuchli nachinka (iPhone 13 da debyut qilgan A15 Bionic) joylashtirdi. Hech qanday Face ID, ramkasiz ekran – bularning barchasi 2024-yilda ancha eskirgan variantday ko‘rinadi. Ammo iPhone SE – bu juda ixcham va qulay smartfon.

Ha, 430 dollarlik rasmiy narx absurd tuyuladi. Umuman olganda, bunday byudjet bilan o‘rtacha narx segmentidagi Android smartfonlariga qarash ma’qul. U yerda siz juda qiziqarli va ancha zamonaviy qurilmalarni topasiz, masalan, noodatiy Nothing Phone 2 (a).

Ammo aynan iPhone kerak bo‘lsa, yangi va eng arzon – SE-dan boshqa variantlar yo‘q. 11 va 12’modellar ishlab chiqarishdan olib tashlangan, 4-5-yil oldin ishlatilgan qurilmalarni sotib olish foyda bermaydi.

Eng kichik va qulay – iPhone 13 mini

Chiqarilgan yili: 2021-yil

Ekran: 5,4 dyuym (1080 x 2340 o‘lchami, zichligi 476 ppi), Super Retina XDR OLED

Chip: 6 yadroli Apple A15 Bionic (2 x 3,23 gers, 4 x 1,82 gers)

Operativ xotira: 4 GB

Ichki xotira: 128, 256, 512 GB

Kameralar: 12 MP (asosiy sensor, f/1.6) + 12 MP (f/2.4)

Afsuski, Apple mini pristavkali 5,4 dyuymli iPhone liniyasini ishlab chiqarishni yopdi. Kichik sotuvlar katta smartfonlar davrida bunday modellarga imkon qoldirmagan, ammo siz uchun qulaylik birinchi o‘rinda bo‘lsa – iPhone 13 mini’ga e’tibor bering.

iPhone 13 va iPhone 13 mini 

U butun iPhone 13 liniyasi, shu jumladan Pro bilan bir xil A15 Bionic chipida ishlaydi. Kichik korpusga flagman ‘‘temiri’’ va munosib kameralar joylashgan. Ko‘z yumish kerak bo‘lgan yagona narsa – akkumulyatorning kichik hajmi, lekin smartfonning bir kunlik ishlashi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Yagona kamchilik model allaqachon ishlab chiqarishdan chiqarilgan, shuning uchun uni topish oson bo‘lmasligi mumkin.

Eng yaxshi kamerali – iPhone 15 Pro Max

Chiqarilgan yili: 2023

Ekran: 6,7 dyuym (1290 x 2796 o‘lchami, zichligi 460 ppi), Super Retina XDR OLED

Chip: 6 yadroli A17 Pro (2 x 3,78 gers + 4 x 2,11 gers)

Operativ xotira: 8 GB

Ichki xotira: 256/512 GB, 1 TB

Kameralar: 48 MP (asosiy sensor, f/1.8) + 12 MP (telefoto, f/2.8, 5 karra optik kattalashtirish) + 12 MP (ultra keng sensor, f/2.2) + chuqurlik sensori.

Agar eng yuqori sifatli suratlar olish ustuvor vazifangiz bo‘lsa, tejamkorlikka erishib bo‘lmaydi. Apple kompaniyasi iPhone 11’dan boshlab smartfonlarni oddiy va Pro’larga ajratdi, ularga eng yaxshi kameralar va boshqa maxsus fishkalar beriladi.

Aslida, iPhone 15 Pro va 15 Pro Max o‘rtasidagi kameraning farqi unchalik sezilarli emas, lekin baribir. Max iPhone 15 Pro’dagiga nisbatan 5 barobar optik kattalashtirilgan telefoto-sensoriga ega va raqamli ‘‘zum’’ 6 barobar o‘rniga 10 barobar kattalashtirilgan. Umuman olganda, Pro va Pro Max faqat uzoq masofadan obyektlarni suratga olish uchun zarur bo‘lgan telefoto-sensori bilan ajralib turadi.

Umuman olganda, iPhone 14 Pro / Pro Max aksariyat holatlarda deyarli bir xil tasvirni beradi, shuning uchun oldingi avlod yanada oqilona tanlov bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiy yondashadigan bo‘lsak, 15 Pro Max yanada sifatli tasvirlarni oladi, garchi farq deyarli ko‘rinmasa ham. Ammo Lightning o‘rniga USB-C tufayli RAW fayllarni kompyuterga tezroq nusxalash mumkin va  bu allaqachon yoqimli plyus.

Eng yaxshi o‘rtacha model – iPhone 13

Chiqarilgan yili: 2021-yil

Ekran: 6,1 dyuym (1170 x 2532 o‘lchamli, zichligi 460 ppi), Super Retina XDR OLED

Chip: 6 yadroli A15 Bionic (2 x 3,23 gers, 4 x 1,82 gers)

Operativ xotira: 4 GB

Ichki xotira: 128, 256, 512 GB

Kameralar: 12 MP (asosiy sensor, f/1.6) + 12 MP (f/2.4)

Agar siz iPhone tanloviga ratsional nuqtai nazardan yondashsangiz, ya’ni unumdorlik, bir necha yil oldinga quvvat zaxirasi, narx bo‘yicha iPhone 13 eng yaxshi variant bo‘ladi. Bu avlod umuman eng muvaffaqiyatli avlodlardan biri bo‘lib chiqdi va u hali ham ishlab chiqarilmoqda.

Bir yil keyinroq chiqarilgan iPhone 14 deyarli o‘sha iPhone 13 (korpus, ekran, A15 Bionic chipi) bilan bir xil, faqat kameralar biroz takomillashgan va avtonomiya biroz yaxshilangan.  Ammo 14-model qimmatroq turadi va ortiqcha to‘lashdan ma’no yo‘q. Agar sizga yuqori sifatli kamera kerak bo‘lsa va hamyonbopini qidirayotgan bo‘lsangiz, unda iPhone 13 Pro’ga e’tibor qarating. U hali ham ajoyib kadrlarni suratga oladi.