2024-yilda qaysi Xiaomi sotib olish kerak? Turli vazifalarga ega beshta ajoyib model
Xiaomi o‘zining asosiy nomi va sub-brendlari ostida ko‘plab smartfonlarni ishlab chiqaradi. Pro, Ultra va boshqa modellar bilan birga ularni chalkashtirish oson. Biz turli byudjetga mo‘ljallangan beshta Xiaomi smartfonini jamladik - ularning ba’zilari juda universal, boshqalari esa ma’lum maqsadlarga moslashtirilgan. Ammo ushbu qurilmalarning istalgan birini sotib olib, albatta yutqazmaysiz.
Flagman: Xiaomi 14
Ishlab chiqarilgan yili: 2023-yil oktyabr
Ekran: OLED, 6,36 dyuym, aniqlik darajasi 1200 x 2670 (zichligi 460 ppi)
Chip: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3: 1 x 3,3 GHz Cortex-X4, 3 x 3,2 GHz Cortex-A720, 2 x 3.0 GHz Cortex-A720, 2 x 2,3 GHz Cortex-A520
Videochip: Adreno 750
Operativ xotira: 8, 12, 16 GB
Ichki xotira: 256/512 GB, 1 TB
Kamera: 50 MP (f/1.6), 50 MP (f/2.0, telefoto), 50 MP (f/2.2, ultra keng sensor)
Old kamera: 32 MP (f/2.0)
Akkumulyator: 4610 mA/soat
Ehtimol, aynan Xiaomi 14 zamonaviy, kuchli va har qanday vazifaga mos keladigan Xitoy smartfoni kerak bo‘lganda eng mos tanlov deb atash mumkin. Qurilmada 16 Gb gacha operativ xotira, kuchli Snapdragon 8 chipi (3-avlod) va ajoyib OLED displey mavjud. Smartfondan kun davomida faal foydalanish mumkin, zaryadlash esa juda tez sodir bo‘ladi - simsiz rejimda 50 Vt va kabel orqali 90 Vt.
Simli usul yordamida energiyani noldan yuz foizgacha to'ldirish uchun taxminan yarim soat vaqt ketadi.
Boshqa afzalliklarga so'nggi Bluetooth 5.4 va Wi-Fi 7 standartlari kiradi, NFC ham mavjud. Hatto qimmatroq smartfonlarning hammasi ham yettinchi avlod Wi-Fi bilan maqtana olmaydi. Bundan tashqari, eSIM (xalqaro versiyada) mavjud bo'lib, u negadir hali ham nisbatan kam uchraydigan hodisa.
Albatta, kameralar. Har biri 50 megapikselli uchta sensor, shuningdek tasvirlarni yaxshilash uchun sun'iy intellekt imkoniyatlaridan ilg'or foydalanish. Suratlar a'lo darajada va Xiaomi 14 flagmani maqomiga to‘liq mos keladi.
O‘yinbop: Xiaomi Black Shark 5 Pro
Ishlab chiqarilgan yili: 2022-yil mart
Ekran: OLED, 6,67 dyuym, 1080 x 2400 (zichligi 395 ppi)
Chip: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1: 1 x 3.0 GHz Cortex-X2, 3 x 2.5 GHz Cortex-A710, 4 x 1.8 GHz Cortex-A510
Videochip: Adreno 730
Xotira: 8/12/16 GB
Ichki xotira: 128/256/512 GB
Asosiy kamera: 108 MP (f/1.8), 13 MP (f/2.4, ultra keng sensor), 5 MP (f/2.4, telefoto/makro)
Old kamera: 16 MP
Akkumulyator: 4650 mA/soat
Smartfon narxiga nisbatan quvvati bilan ajralib turadi. Qurilma mobil o‘yinlarga mo‘ljallangan, shuning uchun u tegishli funksiyalari bilan samarali ishlaydi, Smartfonning orqa qismi dizayni ham geymingga yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi: RGB yoritgich, futuristik naqsh.
Eng qiziqarli fishka - korpusning o‘ng tomonida harakatlanuvchi triggerlar. Ularning asosiy vazifasi - o‘yinlarda qo‘shimcha klavishlar, ammo Xiaomi ularga boshqa ko‘plab funksiyalarni (kamera, chiroq va boshqalar) ham yuklaydi. Ushbu klavishlarni smartfon cho'ntagingizga halaqit bermasligi uchun korpus ichiga kiritishingiz mumkin. Kerak bo'lganda esa tutqichlarni tortish kifoya.
Yana bir qiziqarli xususiyat zaryadlanishdadir. 4650 mA/soat quvvatga ega batareya ancha chidamli, ammo smartfon o‘yinlarga mo‘ljallangan - ular esa zaryadni juda faol sarflaydi. Buni tushungan holda, Xiaomi, birinchidan, komplektga 120 Vt quvvatni qo‘ydi: agar juda zarur bo‘lsa, batareya atigi 15-20 daqiqada zaryadlanadi. To‘g‘ri, uzoq muddat shunday zaryadlash ortidan batareya bilan nima sodir bo‘lishi ochiqligicha qolmoqda. Ikkinchidan, rozetkaga ulanganda quvvatlashni o‘chirish mumkin - shunda Black Shark 5 Pro to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqdan quvvat oladi va akkumulyator kamroq eskiradi.
Byudjetli: Xiaomi Poco C65
Ishlab chiqarilgan yili: 2023-yil noyabr
Ekran: IPS, 6,74 dyuym, 720 x 1600 (zichlik 260 ppi)
Chip: 8 yadroli MediaTek Helio G85: 2 x 2.0 GHz Cortex-A75, 6 x 1.8 GHz Cortex-A55
Videochip: Mali-G52 MC2
Operativ xotira: 4/6/8 GB
Ichki xotira: 128/256 GB
Asosiy kamera: 50 MP (f/1.8), 2 MP (f/2.4, makro)
Old kamera: 8 MP (f/2.0)
Akkumulyator: 5000 mA/soat
Smartfon taxminan 150 dollar turadi va martini to‘liq oqlaydii. Qurilma chidamli akkumulyator, munosib kamera (o‘z sinfida) va unumdorligi bilan ajralib turadi.
Albatta, kompaniya nimanidir tejashga majbur bo‘ldi. Narx pasayishining qurboni ekran bo‘ldi: diagonali 6,74 dyuym va juda kamtarona (720 x 1600) aniqlikdagi IPS matritsasidan foydalaniladi. Shuningdek, C65 da Helio G85 chipi mavjud bo‘lib, u oddiy kundalik vazifalar uchun yetarli bo‘lsa-da, alohida chidamliligi bilan maqtanishga qodir emas.
5000 mA/soat sig‘imli batareya juda yaxshi avtonomiyani ta’minlaydi - kamida bir kun, hatto bir yarim kun. Boshqa tomondan, zaryadlash tezligi past va simsiz rejim umuman yo‘q. Ammo shuni hisobga olish kerakki, bunday narx segmentidagi smartfon - har doim arzonlashish va murosaga kelishdir. Aftidan, Xiaomi tegishli narxga ko‘z yumilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarga ega muvozanatli qurilmani chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Balansli: Xiaomi 13T Pro
Ishlab chiqarilgan yili: 2023-yil sentyabr
Ekran: AMOLED, 6,67 dyuym, aniqlik darajasi 1220 x 2712 (zichligi 446 ppi)
Chip: 8 yadroli MediaTek Dimensity 9200+: 1 x 3,35 GGts Cortex-X3, 3 x 3,0 GGts Cortex-A715, 4 x 2,0 GGts Cortex-A510
Videochip: Immortalis-G715
Xotira: 12/16 GB
Ichki xotira: 256/512 GB, 1 TB
Asosiy kamera: 50 MP (f/1.9), 50 MP (f/1.9, telefoto), 12 MP (f/2.2, ultra keng sensor)
Old kamera: 20 MP (f/2.2)
Akkumulyator: 5000 mA/soat
Smartfon o‘tgan yilning sentyabr oyida bozorga chiqdi, shuning uchun bu nisbatan yangi model. 13T Pro ajoyib ekran, munosib kamera va tez zaryadlanuvchi 5000 mA/soatli akkumulyatorga ega. Ya’ni taxminan Xiaomi 14 bilan bir xil, faqat 13T Pro arzonroq bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri, bu yerda boshqa chip - MediaTek Dimensity 9200+, u Snapdragon 8 Gen 3 dan biroz pastroq. Ammo amalda farq deyarli sezilmaydi. Kameralarga kelsak, model uchta fotosensorlar bilan jihozlangan: asosiy va telefoto sensorlarda 50 megapiksel, ultra keng burchakli sensorda esa 12 megapiksel mavjud. Kameralar bloki hajmdor ko‘rinishga ega, buni ba’zi foydalanuvchilar kamchilik sifatida baholaydilar.
Boshqa noaniq kamchiliklardan biri - nimagadir modelda simsiz zaryadlash yo‘q. Aksariyat foydalanuvchilar uchun bu juda muhim, deb aytmasak ham, odatiy funksiyaga ega bo‘lmagan juda qimmat smartfon - bu g‘alati.
Optimal ‘‘o‘rtacha”: Xiaomi Redmi Note 13 Pro (5G)
Ishlab chiqarilgan yili: 2023-yil sentyabr
Ekran: AMOLED, 6,67 dyuym, aniqlik darajasi 1220 x 2712 (446 ppi)
Chip: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 7s Gen 2: 4 x 2,4 GHz Cortex-A78, 4 x 1,95 GHz Cortex-A55
Videochip: Adreno 710
Operativ xotira: 8/12
Ichki xotira: 128/256/512 GB
Asosiy kamera: 200 MP (f/1.7), 8 MP (f/2.2, ultra keng sensor), 2 MP (f/2.4, makro)
Old kamera: 16 MP (f/2.4)
Akkumulyator: 5100 mA/soat
Model o‘rta segmentga tegishli. Note 13 Pro 7-seriya Snapdragon (Gen 2) chipi bilan ishlaydi, operativ xotira 16 GB gacha bo‘lishi mumkin. Hatto asosiy fotosensor ham 200 Mp. Unga 8 Mp li ‘‘ultrakenglik” va 2 Mp li makrosensor hamrohlik qiladi.
Diagonali 6,67 dyuymli displey AMOLED texnologiyasi tufayli yorqin va kontrastli. Bundan tashqari, unda Redmi subbrendida qo‘llanilgan birinchi texnologiya - ekran ostidagi barmoq izlari skaneri mavjud.
Agar siz Note 13 Pro qurilmasini xarid qilishga qaror qilsangiz, to‘xtatsangiz, nima sotib olayotganingizni diqqat bilan kuzating. Note 13 Pro‘dan tashqari, mantiqiy va oddiy Note 13 ham bor, ammo har bir qurilmada yana ikkita model mavjud - faqat 4G va 5G qo‘llab-quvvatlov bilan. Umuman olganda, Xiaomi, odatdagidek, juda ko'p sonli smartfonlarni ishlab chiqaradi va ba'zilari bir-biridan deyarli farq qilmaydi.