2024-yilning eng yaxshi onlayn tarjimonlari: klassikdan neyron tarmoqlargacha
Ishonchimiz komilki, zudlik bilan ish yoki o‘qish uchun matn tarjima qilish, elektron pochtaga javob berish yoki boshqa tilda test yechishingiz kerak bo‘lgan holatga bir necha bor duch kelgansiz. Shahringiz ko‘chalarida adashib qolgan chet ellikni uchratganda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymasligingiz uchun tezda nimanidir tarjima qilishingiz kerak bo‘ladi. 2024-yilning eng yaxshi onlayn tarjimonlari bilan tanishing, shunda hech qanday til to‘sig‘idan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.
2024-yilning eng yaxshi onlayn tarjimonlari:
Yandex Tarjimon
Yaqinda oʻzbek tili qoʻshilgan Yandex kompaniyasidan IT-texnologiyalar olamidagi eng yaxshi tarjimonlardan biri. Uning boshqalardan farqli jihati – u nafaqat bir nechta tarjima variantlarini, balki transkripsiyani ham taklif qiladi. Bundan tashqari, filmlar, seriallar va kitoblarga asoslangan so‘zlar (yoki ifodalar) namunalarini ham taqdim etadi, shuningdek, butun veb-saytlar va dasturlarni tarjima qilishi mumkin (faqat biznes obunada).
IOS/Android
Afzalliklari:
- Tartibga solingan lug‘at (100 dan ortiq tillarda ishlaydi)
- Fotosuratlar, fayllar yoki videolardan matnni tanib olish
- Ovozli kiritish, kadr orti ovozlari matnini kiritish
- Idiomalarni tushunadi, so‘zlarni qo‘llash bo‘yicha namunaga maqolalar mavjud
- Tilni avtomatik aniqlash
- Tarjimalarni “Sevimlilar” papkasida saqlash, tarjimalar tarixidan foydalanish imkoniyati mavjud
- Apple Watch’ni qo‘llab-quvvatlaydi
Salbiy jihatlari:
- Belgilar chegarasi (10000 tagacha)
- Oflayn versiyasi yo‘q
Google Tarjimon
Favquloddagi vaziyatda yordamga shay turadigan Google’dan klassik ilova. Ammo bu tarjimonga doimiy ravishda murojaat qilish yaxshi fikr emas. Sababi, u matnni juda yuzaki tarjima qiladi, ma‘no va kontekstni buzadi va detallarni e’tiborsiz qoldiradi.
Afzalliklari:
- Katta so‘z bazasi (100 dan ortiq tillarda ishlaydi)
- Transkripsiya/transliteratsiya mavjud
- Diktant qilish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (mikrofon yordamida matn kiritadi)
- Tilni avtomatik tarzda aniqlash
- Tarjimalar tarixi shaxsiy akkauntga bog‘langan
- Matn bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi
Salbiy jihatlari:
- Chegaralangan belgilar (500 tagacha)
- Veb-sahifalarni so‘zma-so‘z va ko‘pincha noto‘g‘ri tarjima qiladi
ABBYY Lingvo Live
12 ta til uchun 90 ta lug‘at bazasiga ega bo‘lgan onlayn lug‘at. Alohida jumla va iboralar bilan ishlashga ham juda qulay, lekin katta matnlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Badiiy adabiyotdan misollar keltiradi, transkripsiya va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi.
Afzalliklari:
- Premium akkaunt mavjud (oflayn tarjima qilish imkoniyatini beradigan)
- Tor doiradagi mutaxassislar jamoasi tomonidan tarjimada yordam berish
- Boshqalarning tarjimalarini baholash va izoh qoldira olishi
- Juda tushunarli interfeys
Salbiy jihatlari:
- Katta matnlarni tarjima qila olmaslik
- Beta-rivojlanish bosqichidaligi
Bing Microsoft Tarjimon
Jonli muloqot va kichik suhbat uchun yaratilgan tarjimon: har xil iboralarga qanday javob berish kerakligi haqida boshqa tarjimonlarga qaraganda tezroq va boshqa tilda so‘zlashuvchilar aniq tushunadigan jumlalarni maslahat beradi. Ilova smartfon ekraningizni ikki qismga: biri siz uchun, ikkinchisi esa chet ellik do‘stingiz uchun bo‘lib gaplashish imkonini taklif qiladi.
Afzalliklari:
- Boshqa tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotni osonlashtiradi
- Tarjimonlar jamiyati kundan-kunga ko‘payadi, shuning uchun u tez-tez yangilanib turadi
- 100 xil tilda tarjima qilish imkoniyati
Salbiy jihatlari:
- Tarjima sifati ancha sust, faqat bir biringizni tushunishingizga e’tibor qaratadi
- Katta matnlar yoki hujjatlarni tarjima qilib bo‘lmaydi
- Belgilar chegaralangan (faqat 1000 ta belgi)
DeepL Tarjimon
32 tilda tarjima qiladigan ko‘p funksiyali va universal tarjimon. Sun’iy intellekt asosida ishlaydi va kontekstni yaxshi taniydi. Yozma, diktant qilingan va fayllardan yuklab olingan matnlarni tarjima qila oladi. Lug‘atda muayyan iborani tarjima qilish (va grammatika) qoidalarini sozlash imkonini beruvchi xususiyati mavjud.
Afzalliklari:
- Pullik va bepul versiyalarning mavjudligi
- Sifatli tarjima( pullik akkauntda)
- Katta tekstlar bilan ishlash
Salbiy jihatlari:
- Chegaralangan belgilar (bepul versiyada 1500 ta)
- Oflayn versiyasi yo‘q
Reverso
Onlayn tarjimon va grammatik qo‘llanma bitta ilovada. Kuchli tomoni – kontekst. Jumlalar ichidagi ibora va so‘zlarning ma’nosini muammosiz ko‘rsatadi. Grammatik qoidalarni hisobga olgan holda matnni tekshirishingiz, sinonimni tanlashingiz mumkin. Asosiy e’tibor bazali leksikaga qaratilgan.
Afzalliklari:
- Hatto bepul versiyada ham yaxshi tarjima qiladi
- Avtomatik tarzda tuzatadi
- Ovozli va transliteratsiya mavjud
- Kontekstga asoslangan so‘zlar va iboralarga misollar keltiradi
- Grammatik qo‘llanma
Salbiy jihatlari:
- 2000 tagacha belgi bilan chegaralangan
- Faqatgina 18 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
- Ovozli funksiyasi yo‘q
ChatGPT
Chatgpt – tarjimonlar dunyosidagi eng aqlli va o‘nlab tillarni biladigan ilovadir. Bepul versiyasida nafaqat tarjima qilish, balki matnni hikoya qilib berishini va olingan ma‘lumotlarni tahrirlab qo‘yishini amalga oshirishingiz mumkin. Masalan, matn bo‘yicha savollarga javob berish, uy vazifasiga berilgan mashqlarni bajarish, xatolar ustida ishlashga yordam beradi.
Afzalliklari:
- Kontekstni aniqlaydi
- Foydalanuvchi bilan muloqot qiladi
- Belgilangan parametrlar bo‘yicha iboralarni tuzadi
- Belgilangan uslubda tarjima qiladi
- Hatto katta hajmdagi matnlar bilan ham tez ishlaydi
Salbiy jihatlari:
- Har doim ham madaniy farqlarni hisobga olmaydi
- Hayotda kamdan-kam ishlatiladigan qisqartmalarni ishlatishi mumkin
- 8000-12000 belgigacha chegaralar mavjud