2025-yilda Sharm al-Shayxda dam olish: sayyohlarning fikriga ko‘ra eng yaxshi 5 ta mehmonxona


Mashhur fransuz okeanografi Jak-Iv Kusto Sharm al-Shayxni sayyoradagi suv ostida suzishga eng qulay joylardan biri deb aytgan, Qizil dengizni esa “Tangi tomonidan yaratilgan akvarium” deb atagan edi.
Ammo hordiq uchun qanchalik ajoyib joy tanlanmasin, u noqulay mehmonxona tufayli barbod bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolamiz orqali siz yaxshi mehmonxonani qaysi mezonlarga qarab tanlash kerakligini bilib olasiz, shuningdek Toping.uz va FUN&SUN Travel sayyohlik agentligi versiyasiga ko‘ra eng yaxshi mehmonxonalar ro‘yxati bilan ham tanishishingiz mumkin.
arm al-Shayxdagi 5 ta eng yaxshi mehmonxona
V Hotel Sharm El Sheikh
Pickalbatros Royal Grand Sharm
Pickalbatros Golf Beach Resort
Domina Coral Bay Aquamarine Beach
Amphoras Beach
Sarhisob qilamiz
Sharm al-Shayx mehmonxonalarida sizni qanday hoxush holatlar kutishi mumkin
Tasavvur qiling-a, mehmonxonaga keldingiz va aslida bu joy siz internetda ko‘rgan suratga unchalik ham o‘xshamasligiga guvoh bo‘ldingiz. Jihozlar butdek ko‘rinadi, lekin ancha eskirgan, hojatxonadan yoqimsiz hid keladi va xona burchaklariga ko‘z tashlaganda bu yer uzoq vaqtdan buyon yaxshilab tozalanmaganlini bilib qolasiz. Agar siz bunday vaziyatga tushishni xohlamasangiz, Sharm-al-Shayxga joylashish yerini bron qilishdan oldin uni quyidagi mezonlar bo‘yicha tekshirib ko‘ring:
Sohilga chiqish uchun qulay imkoniyat yo‘q. Sohilga borish juda uzoq, yog‘och karavotlarda begona sochiqlar yotibdi: odam kamday ko‘rinsa-da, baribir qo‘nim topishning iloji yo‘qdek.
Mehmonlarning ko‘pincha restorandagi taom va ichimliklardan zaharlanib qolishi. Atigi bir necha kunga tur sotib olib, ta’tilning yarmini xonada yo‘tgancha o‘tkazish - bu juda ayanchli holat.
Ko‘ngilochar tadbirlarning yetishmasligi. Yaxshilab o‘ylanmagan tadbirlar, bolalar uchun qiziqarli dasturning yo‘qligi - bu animatorlarning sust ishlashidandir.
Shovqin. Shovqinni to‘sishning sustligi sabab qo‘shni xonadagi boshqa sayyohlarning suhbatlari eshitiladi.
Yaxshi wi-fining yo‘qligi. Ba’zi otellardagi xonalarda wi-fi umuman yo‘q – u faqat mehmonxona lobbisidagina mavjud. Bu esa ijtimoiy tarmoq ishqibozlari uchun muammo hisoblanadi.

Sharm al-Shayxdagi eng yaxshi 5 ta mehmonxona
Biz FUN&SUN Travel sayyohlik agentligiga murojaat qildik va Toshkentdan parvoz qilish orqali 2025-yilda dam olish uchun eng yaxshi mehmonxonalar ro‘yxatini tuzishini so‘radik. Maqolani yozish paytida turlar ushbu mehmonxonalarning barchasida turar joyi bilan mavjud.
V Hotel Sharm El Sheikh

Mazkur mehmonxona sayyohlar orasida eng mashhurlaridan biri sanaladi, chunki u aeroportga yaqin, birinchi sohil yo‘nalishida joylashgan. Mehmonxonadan mashhur Naam ko‘rfaziga 20 daqiqada borish mumkin.
Mehmonlar ham ayniqsa, mehmonxonaning joylashuvi, xodimlarning ishi va restoran taomlarining xilma-xilligi haqida yaxshi fikr bildiradilar.
Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma’qul keldi: | Nimalarda savol tug‘ildi: |
✅ Yaqinda ta’mirlangan. ✅ Yaxshi ovqatlanish. ✅ Bir necha tillarda so‘zlashuvchi ziyrak xodimlar. ✅ Sohil yaxshi jihozlangan. ✅ Animatorlar ishining yaxshi tashkillashtirilganligi. ✅ Qirg‘oq bo‘yidagi taassurotga boy riflar. ✅ Yopiq havzalar ham mavjud, bu ayniqsa yilning sovuq mavsumida bolalar bilan dam olishda juda qulay. ✅ Ayniqsa bolalar bilan dam olishga mos keladi. | ❌ Hamma joyi ham ta’mirlanmagan. ❌ Dengizga olib chiquvchi pillapoya barchaga ham yoqavermaydi. ❌Restoranda tushlik vaqtida odam ko‘p bo‘lishi mumkin.
|
Mehmonxona bolalar bilan dam olish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida baholanadi (u bu yerda bolalar bilan hordiq olgan sayyohlardan Booking bo‘yicha 9,0 ball oldi).
Agar siz faqat sohilda dam olish bilan cheklanmaydigan insonlar toifasidan bo‘lsangiz, bu mehmonxona sizga to‘g‘ri keladi. Shahar markazigacha bor-yo‘g‘i 6 kilometr, taksi bilan ham arzon narxda borish mumkin.
Mehmonxona haqida qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida quyidagi bannerni bosing va telefon raqamingizni kiriting - FUN&SUN Travel sayyohlik agenti siz bilan bog‘lanadi.
Qishda V Hotel Sharm El Sheikhda issiq basseyn ishlaydi: u yerda hatto tashqarida salqin bo‘lsa-da, iliq suvda cho‘milishingiz mumkin.
Pickalbatros Royal Grand Sharm

Agar bolalar shovqinidan zerikgan bo‘lsangiz, sizga aynan Adults Friendly 16 Years Plus mehmonxonasi to‘g‘ri keladi - Pickalbatros Royal Grand Sharmga bolalarni joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Mehmonxona Il Mercato va Phantasia Land attraksionlar parkiga 10 daqiqalik yo‘l va Sharm-al-Shayx markazidan 15 daqiqalik masofada joylashgan - bu nafaqat sohil bo‘yida dam olish, balki faollik, shahar bo‘ylab aylanish yoki xarid qilishni xohlovchilar uchun ham mos keladi.
Mehmonlar mehmonxona haqidagi fikr-mulohazalarida ayniqsa menejerning mehmondo‘stligini alohida ta’kidladilar.
Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma’qul keldi: | Nimalarda savol tug‘ildi: |
✅ Kichkina bolalarning yo‘qligi. ✅ Toza ishlov berilgan hudud. ✅ Xushmuomala xodimlar. ✅ Restorandagi turfa xil taomlar. ✅ Mehmonxonadan 15 daqiqalik masofada - do‘konlar, dorixonalar, kafelar mavjud.
| ❌ Dengizda to‘lqinlar paytida ponton bo‘ylab harakatlanish qiyin. ❌Ba’zi mehmonlarning fikriga ko‘ra, diskotekani uzoqroq davom ettirish lozim.
|
Pickalbatros Royal Grand Sharmda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni joylashtirish taqiqlangan.
Agar siz shovqin-surondan charchagan bo‘lsangiz, sizga yosh bolalar bo‘lmagan ushbu mehmonxona ma’qul keladi. Mazkur mehmonxona va Misrdagi boshqa faqat kattalar yashashi mumkin bo‘lgan otellar haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida qo‘ng‘iroq qilish uchun buyurtma bering.
Mehmonxona haqidagi fikr-mulohazalarda mehmonlar ayniqsa menejerning mehmondo‘stligini alohida ta’kidladilar.
Pickalbatros Golf Beach Resort

Xodimlar rus, ingliz, nemis, italyan, arab tillarida so‘zlashadi. Yaxshi nonushtalar - mehmonlar ularni 8,7 ball bilan baholadilar. Oldingi mehmonxonadan farqli ravishda, bu yerga bolalar bilan birga joylashsa bo‘ladi. 0 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha bolalar karavotini bepul o‘rnatish mumkin.
Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma’qul keldi: | Nimalarda savol tug‘ildi: |
✅ Golf maydonchasi mavjud. ✅Basseynda suvli tepaliklar bor. ✅ Xushmuomala xodimlar. ✅ Parvarish berilgan mehmonxona hududi, xonalardagi ozodalik. ✅ Xonalarda shovqindan himoya tizimining mavjudligi. ✅ Turli xil mazali taomlar. ✅ Chiroyli dengizga qaragan manzara. | ❌ Dengiz bo‘yida har doim ham yog‘och karavot topib bo‘lmaydi. ❌ Wi-fi bilan muammolar uchrab turadi.
|
Pickalbatros Golf Beach Resortda mehmonlar uchun shaxsiy 18 ta teshikli golf maydoni mavjud.
Bu yerda shuningdek, to‘rtta tennis korti ham mavjud. Agar hech narsa bilan shug‘ullanmasdan dam olishni xohlasangiz - sohilgacha 200 metrdan kam masofa, hududda xalqaro oshxona taomlariga ega 13 ta restoran sizning xizmatingizda.
Mehmonxona haqida batafsil ma’lumot olish uchun yuqoridagi bannerni bosib, telefon raqamingizni shaklda qoldiring.
Domina Coral Bay Aquamarine Beach

U markazdan atigi to‘rt kilometr uzoqlikda joylashgan, demak, bu ayniqsa ta’tilni faqatgina mehmonxona hududida o‘tkazish bilan cheklanmaydigan odamlarga juda yoqadi.
Booking saytida bu joy haqida fikr-mulohazalar kam, ammo tophotels.ru saytida ular 600 dan ortiq, mehmonlar 5 balli Domina Coral Bay Aquamarine Beachni 4,11 ball bilan baholadilar.
Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma’qul keldi: | Nimalarda savol tug‘ildi: |
✅ Bolalarga ham to‘g‘ri keladigan katta plyaj. ✅ Taassurotga boy marjonli rifi. ✅ Turli xil taomlar. ✅ Qiziqarli shou-dastur. | ❌ Mukammal bo‘lmagan ta’mir. ❌ Wi-fi bilan muammolar uchrab turadi.
|
Mazkur kichik mehmonxona dayving va snorkling uchun mashhur, Tiran oroli manzarasidagi Mars-al-Dehayla shahrida joylashgan.
Odamlar ko‘p bo‘lgan shaharga o‘xshaydigan mehmonxonada yashashni xohlamaydiganlar uchun eng maqbul variant. Domina Coral Bay Aquamarine Beach katta hududga ega shinam joy formatidadir.
Quyidagi bannerni bosib, qo‘ng‘iroqga buyurtma bering.
Mehmonxona yaqinida savdo markazi, 70 dan ortiq do‘konlarga ega bozor, dorixona, supermarket mavjud.
Amphoras sohili

Ikki qavatli korpuslarga ega - osmono‘par binoda yashashingizga to‘g‘ri kelmaydi. Ajralib turadigan foydali xususiyati - qumli sohilning mavjudligidir, odatda bu yosh bolali sayyohlarga juda ma’qul keladi.
Mehmonxona Sharm-al-Shayxning diqqatga sazovor joylari yaqinida joylashgan bo‘lib, u yerda siz sayr qilishingiz ham mumkin.
Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma’qul keldi: | Nimalarda savol tug‘ildi: |
✅ Yangi korpuslar. ✅ Dengiz bo‘yidagi chiroyli manzara. ✅ Suv tepaliklariga ega basseyn mavjud. ✅ Dayving klubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri basseyn hududida joylashgan. | ❌ Lift har doim ham ishlayvermaydi - bolalar aravachasi bilan yurish noqulay. ❌ Taom hammaga ham yoqavermaydi. |
Sohilda qumli zona mavjud va bu bilan Sharm-al-Shayxning har qanday mehmonxonasi ham maqtana olmaydi.
Mehmonxona Kopt cherkovi, Mustafo masjidi yonida joylashgan; ular uch kilometrdan sal narida - u yerga piyoda borish mumkin. Markazda yashashni xohlaysizmi? Sayyohlik agentligidan ushbu mehmonxona haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun pastdagi bannerni bosib, raqamingizni qoldiring.
Amphoras Beachdan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda bir vaqtning o‘zida bir nechta baliq restoranlari mavjud, ular ham sayyohlarga, ham mahalliy aholiga manzur bo‘ladi.
Sarhisob qilamiz
Mehmonxonani uzil-kesil tanlashdan oldin albatta fikrlarni o‘qib chiqing. Ha, birovning fikri eng xolis bo‘lmasligi mumkin, lekin baribir sobiq mehmonlarning xabarlari tufayli sizning oldingizda munosib variant bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.
Mehmonxona | V Hotel Sharm El Sheikh | Pickalbatros Royal Grand Sharm | Pickalbatros Golf Beach Resort | Domina Coral Bay Aquamarine Beach | Amphoras Beach |
Narxi | 720 dollardan boshlab (9 270 000 UZS) | 740 dollardan boshlab (9 530 000 UZS) | 760 dollardan boshlab (9 785 000 UZS) | 830 dollardan boshlab (10 690 000 UZS) | 740 dollardan boshlab (9 530 000 UZS) |
Booking bo‘yicha baholash | 8,7 ball | 9,4 ball | 8,1 ball | 10,0 ball (fikrlar kam) | 8,3 ball |
Sohil | Birinchi liniya | Birinchi liniya | Birinchi liniya | Birinchi liniya | Birinchi liniya |
Oilaviy dam | ✅ | ❌ | ✅ | ✅ | ✅ |
Juftliklar uchun dam | ✅ | ✅ | ✅ | ✅ | ✅ |
Xususiyati | Markazdan joylashuvi ayniqsa qulay (mehmonlar uni 9,0 ball bilan baholadilar)
| 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni joylashtirish taqiqlangan
| Mehmonxona hududida golf maydonining mavjudligi
| Sohilda chiroyli rif (qoya)lar bor
| Sohilda qumli hudud mavjud |
Mos variant topa olmadingizmi? Quyidagi bannerni bosing va telefon raqamingizni kiriting - sizga turagent qo‘ng‘iroq qiladi va Sharm-al-Shayxdagi mehmonxonalarning boshqa variantlarini taklif etadi.