1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 1–4-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
30.10.2025 (yangilandi 30.10.2025)

O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 1–4-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 1–4-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 1–4-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 va 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 2 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 noyabrda 3-8° iliq, 3-4 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 1-2 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 7-12° iliq gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 4-9° iliq, 4 noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 1 noyabrda 15-20° iliq, 2 noyabrda 17-22° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 10-15° iliqgacha pasayadi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 6-11° iliq, 4 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 1-2 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 10-15° iliqgacha pasayadi.

Samarqand viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 6-11° iliq, 4 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 1-2 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 10-15° iliqgacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 6-11° iliq, 4 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 1-2 noyabrda 19-24° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 15-20°  iliqgacha pasayadi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 6-11° iliq, 4 noyabrda 4-9° iliq, kunduzi 1-2 noyabrda 17-22° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 10-15°  iliqgacha pasayadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-4 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 noyabrda 2-7° iliq, 4 noyabrda 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 1 noyabrda 10-15° iliq, 2 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi, 3-4 noyabrda 0-5° iliqgacha pasayadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.