РУ
O’Z
UZS
/
/
21-avgust: shoirlar bayrami va ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni
20.08.2024

21-avgust: shoirlar bayrami va ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni

21-avgust: shoirlar bayrami va ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni

21-avgustda dunyoning eng hashamatli avtomobillaridan biri – “Cadillac” ixtiro qilindi, Luvrda Da Vinchining “Mona Liza” rasmi o‘g‘irlandi (ikki yil o‘tib Italiyada topildi), va Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival yakunlandi. Bugun – 21-avgustda nishonlanadigan bayramlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz:

Shoirlar kuni

Bugun mashhur shoirlar, masalan, Axmatova, Tsvetayeva, Blok yoki Brodskiyning she’rlarini o‘qish va mutolaa qilish uchun ajoyib imkoniyat. Bu eng romantik mavsum – kuz fasliga tayyorgarlik ko‘rishning ajoyib usulidir.

Kosmetika va makiyajsiz kun

Tabiiylik – 2024-yilning trendiga aylandi, 21-avgustda nishonlanadigan bu bayram esa yuzingizdagi go‘zallik – bu sizning ichki dunyoingizning aksi ekanligini yana bir bor eslatishdir. Shuning uchun kosmetika sumkangizni uzoqroq joyga qo‘yib, bugungi kunni tabiiy go‘zallik va “no-makeup” kuni deb e’lon qilamiz. Teringiz sizga rahmat aytadi.

Yovvoyi o‘tlarni yig‘ish kuni

Agar siz o‘tlar aralashmasidan tayyorlanadigan choyni ichishni yoqtirsangiz, 21-avgust bayrami sizga manzur kelishi aniq. Bugun bozorga borib, “tog‘da terilgan o‘tli” choyni sotib olish yoki o‘zingiz uchastkangizda damlama o‘tlarni terishingiz ham mumkin. Yalpiz, moychechak, limono‘t – bularning barchasi sog‘lik uchun foydali hisoblanadigan damlama o‘tlardir.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni

Bu bayram bizni haqiqiy hayotga qaytarish hamda gadjetlarning bolalar va kattalar uchun zarari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning inson ruhiy va emotsional holatiga ulkan ta’siri borligini eslatish uchun yaratilgan.

Shirin choy kuni

Bugun kofedan voz kechib, kun davomida choy ichishni taklif qilamiz. Achchiq, shirin va limon qo‘shilgan – ko‘nglingizga yoqqan choyni ichib maza qiling. Shirin choy zaiflik va bosh aylanganda yordam beradi: u qondagi glyukozani ko‘taradi va past qon bosimida ishlatiladigan vosita sifatida mashhur.

21-avgustda tug‘ilganlar:

  • Serj Tankyan – Livanlik rok-musiqachi va “System of a Down” guruhining yetakchisi va qo‘shiqlar muallifi.
  • Kerri-Enn Moss – “Matritsa” filmida Neoning sevgilisi – Trinity rolini ijro etgan Gollivud aktrisasi.
  • Kim Kettrol – mashhur “Sex and the City” serialining yulduzi, uning Samanta roli ko‘pchilik tomoshabinlar tomonidan juda sevilgan.