Marvarid kabi shaffof yuz terisi va 2024-yilning boshqa makiyaj trendlari – hoziroq sinab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz
Makiyajdagi mikro-trendlar ijtimoiy tarmoqlarda deyarli har kuni paydo bo‘lishi, nafaqat bizni, balki tajribali byuti-ustalarni ham chalkashtirmoqda. Bunga ustma-ust vizajistlar ham o‘z tutoriallarini aktrisalar, qo‘shiqchilar va eng mashhur modellarda sinalgan makiyaj g‘oyalari bilan bo‘lishadi. Bunday hollarda xotirjam bo‘lish va chalkashib ketmasdan – 2024-yilda haqiqatdan ham trendli va global makiyaj trendlariga diqqat qaratish kerak.
Marvarid kabi shaffof yuz terisi
Chanel, Victoria Beckham va boshqa brendlarning namoyishlarida modellarda marvarid makiyajini ko‘rish mumkin. #pearlskin heshtegi esa 50 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. “Marvarid teri” o‘zi nima va bu 2024-yilning minimalist makiyajini qanday takrorlash mumkin? Tushunganingizdek, barcha diqqat porlaydigan bazaga qaratilgan. Bu makiyajni piling, sivorotka va namlantiradigan krem bilan yaxshilab tayyorlangan teriga bajarishingiz kerak. Oldin yengil tonalkani, so‘ng quruq haylayterni yonoq, burun, peshona, iyak va qoshlar orasiga surting. Qoshlaringizga shaffof qosh geli, tush suring yuz teringiz marvarid kabi yaltirashi kafolatlanadi.
Alifbo harflari bo‘yicha rumyanani qo‘llash
Ushbu makiyajning asosiy afzalligi shundaki, u deyarli hammaga mos keladi. Chunki unda rumyananing 26 (!) usulda qo‘llash mumkin – xuddi ingliz alifbosidagi harflar soni kabi. Qanday qilib deysizmi? Bu juda oddiy: rumyana bilan yuzingizga har qanday harfni chizing, keyin esa makiyaj cho‘tkasi yoki sponj bilan tarqating. Misol uchun, Heyli Biber kabi: model rumyanani W harfi shaklida qo‘llaydi (ensalardan yonoqlargacha va burunning tepa qismiga) va yengil zagar effekti yoki “quyosh o‘pichi” effektiga ega bo‘ladi. Blogerlar, shuningdek, C va L harflarini sinab ko‘rishni maslahat beradi – yonoqlaringizni qanchalik “bo‘rttirilgan” holga keltirishingizga bog‘liq.
“Yig‘lagan ko‘zlar”
Vizajistlar ko‘p yillar davomida qizil (va hatto pushti) ko‘z tenlari xunuk ko‘rinishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, endi ular kutilmaganda 2024-yilda makiyaj trendiga aylanib, pushti rangga bo‘yalgan ko‘zlar yallig‘langan va yig‘lagan effekt emas, balki juda jozibali ko‘rinishini aytmoqda. Moda haftaligining podiumlarida modellar ko‘zlarida qizil strelkalar paydo bo‘ldi, keyin esa tarmoqda qizil “smoki ays” usuli tarqaldi. Yana bir qiziqarli usulni “Mugler” brendi stilisti ko‘rsatdi - brendning shousi davomida u tenni modellarning ko‘zlari ichki burchaklariga qo‘lladi. Bu makiyajni takrorlash uchun esa sizga qizil qalam, qizil podvodka yoki ten, shuningdek jasorat kerak bo‘ladi.
90-yillardagi ingichka qoshlar
Ushbu qosh makiyaji “ofiskor” yoki ofis sirenasi trendidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Nozik, ingichka terilgan qoshlar ko‘p yillar oldin trendda edi va endi ular qalin va keng qoshlarni o‘rnini egalladi. Bella Hadid kabi nafis qoshli makiyajni takrorlash uchun sizga pinset, qora yoki kulrang qalam va qoshni qotiradigan gel kerak bo‘ladi. Hammasi juda oddiy va faqat bitta sharti – qoshlaringizni qancha nozik qilolsangiz, shuncha yaxshi, ammo oshirib yubormang – hammada yuz tuzilishi har xil bo‘ladi.
“Nyud” lablar
“Bobby Brown” kosmetik brendining bosh vizajisti hammani to‘q rangli lab bo‘yoqlaridan (qizil, sharob rangi va bordo ranglar) voz kechib, ko‘proq tabiiy ranglarga o‘tishga undadi. Masalan, “nyud” rangli lab bo‘yog‘iga. Shu tarzda u yuzni sal qizargan yonoqlar va yorqin ko‘zlar bilan muvozanatlashadi.
“Nyud” labli makiyajga erishish uchun lablaringizning tabiiy rangidan ikki karra to‘roq rangli lab qalami, shuningdek, labingizga qaraganda ikki karra ochroq lab bo‘yog‘ini oling. Stilist ushbu makiyajni lablar markazida ozgina lab “bleski” bilan tugatishni maslahat beradi.
“Shunchaki lablaringizni birlashtirib, ranglarni bir-biriga uyg‘unlashtiring, deb tutorialini yakunladi Sabina Kollier.
“Granj” usulidagi makiyaj
Notekis, yaxshi bo‘yalmagan “smoki ays” – dangasa va o‘zlarini “qo‘li qovushmaydigan” deb hisoblaydiganlar uchun yaratilgan makiyaj turidir. Umuman olganda, bunday makiyajga erishish juda oson. Buning uchun ko‘zlaringizni to‘q rangli ten yoki yog‘li qalam bilan qalin chizib, ularga paxtali yostiqchalar yordamida bo‘yashgan effekt hosil qilamiz. So‘ng ko‘zning ustiga yaltiraydigan ten suramiz, shu bilan birga, kipriklaringizga qalin qilib tush surish va maxsus kiprik qayiradigan moslama bilan yaxshilab qayirishni unutmang. Qarabsizki, “granj” uslubidagi makiyaj tayyor!