РУ
O’Z
UZS
/
/
23-avgust: Butunjahon tarmoqlar bayrami va arzon aviachiptalar kuni
22.08.2024

23-avgust: Butunjahon tarmoqlar bayrami va arzon aviachiptalar kuni

23-avgust: Butunjahon tarmoqlar bayrami va arzon aviachiptalar kuni

23-avgustda Kopengagenda Andersen bolalar ertaklarining bosh qahramoni bo‘lgan Suv parisi (Rusalka) yodgorligi ochildi. AQSh va Yevropa o‘rtasidagi ilk telekonferentsiya bo‘lib o‘tdi. Armaniston esa mustaqillikka erishib, SSSRdan ajraldi. Bu bugungi kuning asosiy va yodda qolgan voqealaridir. 23­-avgustda bu muhim voqealardan tashqari qanday bayramlar bugungi kun taqvimida borligini quyidagi maqoladan bilib olamiz.

Butunjahon tarmoqlar va internavt kuni

1991-yil 23-avgustda “World Wide Web”ga asos solindi, dunyodagi birinchi veb-serverga kirish imkoniyati ochildi. Shuningdek, bugungi kunda internavt yoki “Internet kosmonavti” kuni ham nishonlanmoqda. Bu shunday odamlarki, ular o‘z hayotini tarmoqsiz tasavvur qila olmaydigan, barcha bo‘sh vaqtlarini veb-saytlar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan odamlardir. Telegram’ning global ishlamay qolishi esa ular uchun Apokalipsisga o‘xshaydi.

Arzon aviachiptalar kuni

23-avgustda bayram sharafiga safaringizni oldindan rejalashtirishni boshlab, arzon reyslarni qidirishingizni maslahat beramiz. Kim biladi, balki bugun aviakompaniyalar chegirmalarni e’lon qilgan va siz eng omadlilar qatorida bo‘lib, ulkan chegirmalar bilan chipta xarid qilib qolishingiz hech gap emas.

Sevilingizni quchoqlash kuni

Bugun sevgan ayollaringiz: onangiz, buvingiz, qallig‘ingiz yoki xotiningizni mehr bilan quchoqlash kuni. Aslida ularni iloji boricha ko‘proq va tez-tez quchoqlab turishni maslahat beramiz. Ilojingiz bo‘lganda ularga sovg‘alar ham berishingiz mumkin, buning uchun biror sabab bo‘lishi shart ham emas. Aytgancha, “Telegram Premium” ham sovg‘a sifatida yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

Sariyog‘li makkajo‘xori kuni

Agar siz garnir uchun odatdagi guruch, grechka va kartoshkali pyuredan charchagan bo‘lsangiz, unda bugungi bayram sharafiga makkajo‘xorini sariyog‘da pishiring. Bu nafaqat garnir uchun, balki yengil kechki ovqat uchun ham ajoyib g‘oyadir. Agar uni qanday pishirishni bilmasangiz, biz sizga aytib beramiz.

Sariyog‘da pishirilgan makkajo‘xori

Kerakli masalliqlar:

Bir juft makkajo‘xori, sariyog‘ (20-25 gr), tuz, dudlangan paprika

Tayyorlanishi:

  • Mikroto‘lqinli pechda sariyog‘ni eritib, paprika va tuz qo‘shamiz.
  • Har bir makkajo‘xorini aralashma bilan yog‘lab chiqib, so‘ng har birini alohida folgaga o‘raymiz va 180 C qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa davomida pishiramiz.