Biznesmenlar va trendda bo‘lganlar uchun: Telegram Premium obunasi qanday afzallikka ega?
Taxallusingiz yonidagi eksklyuziv belgi, cheksiz xotira, ovozli xabarlarni shifrlash — bu Telegram Premiumning sanoqli afzalliklari xolos. Premium obunaning yana qanday ustunligi bor, qanday ulanish kerak va bu pulga sarflashga arziydimi? Birgalikda aniqlashtiramiz.
Telegram Premium nima?
Messenjer foydalanuvchilarining imkoniyatlarini kengaytiruvchi va uning bepul versiyasidan farqlanuvchi Telegram’ga pullik obuna. Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘plab biznes ehtiyojlarini, shuningdek, foydalanuvchilarning talablarini qondirib, uni "qulayroq va qiziqarliroq" platformaga aylantiradi.
Telegram Premium nima beradi? Obunaning afzalliklari:
- Storislar: cheksiz nashr, inkognito rejimi, storislardagi ko‘rishlarni saqlash imkoniyati
- Cheksiz xotira: 4 Gb gacha fayllarni yuklash, cheksiz bulutli saqlash.
- Limitlarning ko‘paytirilishi: 1000 tagacha kanal, 30 ta papka, 10 ta mahkamlangan chat, 20 ta umumiy havola, 4 ta akkaunt va boshqalar.
- Telegram biznes uchun: biznes egalari uchun imkoniyatlar – manzil, geolokatsiya, ish vaqti va tezkor javoblar.
- Kirish vaqti: o‘z vaqtingizni yashirgan holda boshqalarning kirish va chiqish, xabarlarni o‘qish vaqtini ko‘rish
- Ovozli xabarlarni tanish: qabul qilinuvchi ovozli xabarlarni tezkor ravishda matnga o‘girish.
- Faylni tezlikda yuklash: fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni cheksiz tezlikda yuklab olish.
- Real vaqt rejimida tarjima: kanallar va chatlarda xorijiy tillardagi xabarlarni tarjima qilish.
- Animatsiyalangan emojilar: Har xil to‘plamlardagi animatsiyalangan smayllarni istalgan chatga yuborish.
- Emoji status: ism yoniga emojilarni o‘rnatish imkoniyati (minglab variantlardan tanlash mumkin).
- Ism va profil rangi: shaxsiy profilingiz va xabarlaringizga javoblar uchun rang hamda “fondagi” emojilarni tanlash.
- O‘zingiz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmi: suhbatda eksklyuziv fon rasmi o'rnating.
- Obuna belgisi: nik yonida noyob Premium obunachi belgisi.
- Xabarlarni cheklash: notanish odamlarning bezovta qilishini xohlamasangiz, ular sizga yozishini cheklashingiz mumkin
- Chatlarni boshqarish: avtoarxivlash, kontakt bo‘lmagan yangi chatlarni yashirish va yana ko‘p narsalar.
- Reklama blokirovkasi: Telegram orqali joylashtirilgan reklamalarning ommaviy kanallarda o‘chirish.
- Telegram ikonkasi: smartfon bosh ekranidagi eksklyuziv TG ikonalar to‘plami.
- Cheksiz reaksiyalar: bir xabarga bir nechta reaksiya bosish imkoniyati, shuningdek, cheksiz miqdordagi emojilar.
- Faol video avatarlar: chatlarda va chatlar ro‘yxatida harakatlanuvchi avatarlar paydo bo‘ladi
- Eksklyuziv stiker to‘plamlari: maxsus animatsiyalangan katta stikerlar. To‘plam har oy avtomatik yangilanadi.
- Teglar bo‘yicha qidirish: yozishmalarni teglar bo‘yicha guruhlash imkoniyati, bu kerakli narsani tez topishga yordam beradi.
Telegram Premium haqiqatdan ham kerakmi yoki bu shunchaki “pont”mi?
Qarorni faqat siz qabul qilasiz. Kimdir cheksiz emojilar, stikerlar va avatarlarsiz ham messenjerdan foydalanishi mumkin va o‘z maqomini ko‘rsatishga ehtiyoji yo‘q, boshqalar esa buning aksini tanlaydi. Hayoti, biznesi va shaxsiy qadr-qimmatini ko‘rsatish uchun undan foydalanadi.
Aniq aytish mumkin: Telegram Premium profilingizni yanada yorqin va boshqalardan ajralib turadigan qiladi, chatlarda tartib paydo bo‘ladi. TG-kanallaringizni bezash ko‘zga quvontiradi va muloqot cheksiz bo‘ladi (hatto chet elliklar bilan).
Biznes uchun: agar bloger bo‘lsangiz, tg kanalini yuritsangiz yoki “uyda do‘kon” ochgan bo‘lsangiz, Telegram Premium hayotingizni osonlashtiradi. Hech bo‘lmasa, siz barcha tafsilotlarni, ish vaqtini ko‘rsatib, shourumingiz joylashuvini belgilashingiz mumkin bo‘lgani tufayli, “qayerdasiz?” yoki “nechigacha ishlaysiz?” kabi cheksiz savollarga javob berishga vaqt sarflamaysiz.
Telegram Premium qancha turadi?
Bugungi kunda obuna narxi quyidagicha:
- Uch oy – 228 ming so‘m,
- Olti oy (30% dan ortiq chegirma) – 290 ming so‘m,
- Bir yil (44% chegirma) – 505 ming so‘m.
Telegram Premium’ni qanday ulash mumkin? Uchta usul:
- Telegram Premium’ni faollashtirish qiyin emas. Buning uchun ishlab chiquvchilar maxsus tekshirilgan botni ishga tushirgan. PremiumBot havolasi orqali botni ishga tushiring. “Boshlash” tugmasini bosing, barcha shartlar bilan tanishing. Rozilikni ifodalaganingizda, “To‘lov qilish”ni tanlang va o‘z bank kartangiz ma’lumotlarini kiriting.
- iPhone’ga ulangan Apple ID’dan foydalanib, pullik obunani faollashtirishingiz va to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun Telegram’ni ochishingiz, punktlar ro‘yxatidan Premium’ni tanlashingiz, obuna shartlarini qayta o‘qib chiqishingiz va to‘lov qilishingiz kerak.
- Kimgadir obuna sovg‘a qilish yoki uni hadya sifatida olish. Bu haqda bu yerda batafsil ma’lumot beramiz
Telegramda pullik obunani qanday o‘chirish mumkin
Buning uchun yana Premium Bot’ga o'ting, chatda stop buyrug‘ini kiriting, shundan so‘ng obuna avtomatik ravishda o‘chiriladi.
Agar Telegram Premiumni “bekor qilsangiz” nima bo‘ladi?
Siz qaytadan bepul Telegram’ning odatiy funksiyasiga ko‘nikishingiz kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha papkalar qoladi, lekin foydalana olmaysiz. Sevimli stikerlar va cheksiz GIFlar yo‘qoladi.