РУ
O’Z
UZS
/
/
24-avgust: uchar yulduzlar bayrami va chipsining tug‘ilgan kuni
23.08.2024

24-avgust: uchar yulduzlar bayrami va chipsining tug‘ilgan kuni

24-avgust: uchar yulduzlar bayrami va chipsining tug‘ilgan kuni

24-avgustda Vezuvi vulqonining otilishi Pompey shahrini vayron qildi, Pluton Quyosh tizimi sayyoralaridan “siqib chiqarildi” va mitti sayyora deb nomlandi, “Windows 95” taqdim etildi, Pekinda esa 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Bugungi kunda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar shulardan iborat. Endi esa 24-avgustda nishonlanadigan bayramlar bilan tanishib chiqamiz. 

Chipsining tug‘ilgan kuni 

Dunyodagi eng mashhur tamaddi 1853-yil 24-avgustda AQShda “dunyoga kelgan”. Uni “Moon’s Lake Lodge” mehmonxonasi qoshidagi restoranning bosh oshpazi Jorj Kram tayyorlagan. Bu chipsilar restoranning o‘ziga xos yengil tamaddi taomi, so‘ngra esa 50-yillarda Amerika TVda eng ko‘p reklama qilingan mahsulotga aylandi. 

Uchar yulduz kuni 

Avgust – nafaqat to‘ylar, balki ochiq havoda romantik uchrashuvlarning ham mavsumidir. 24-avgust bayram sharafiga shahar tashqarisiga chiqing va yulduzli osmonni yaqin insoningiz bilan tomosha qiling. Yulduz uchganda, tilak tilashga ulgurib qolish kerakligini unutmang. 

G‘aroyib musiqa kuni 

Agar siz har doim pop musiqani tinglab yurib, bugun negadir fank, rep yoki disko musiqani tinglagingiz kelib qolsa, hayron bo‘lishga shoshilmang. Chunki bugun shunchaki g‘alati (siz uchun) musiqa kuni. Qisqasi, 24-avgustda odatiy pleylistdan juda farqlanadigan musiqani tinglaymiz. 

Ob-havodan shikoyatlanish kuni 

Bugun ob-havo prognozini o‘qib, sentyabrda O‘zbekistondagi ob-havoni bashorat qilishga harakat qilamiz va hamkasblar/do‘stlar va qarindoshlar bilan muhokama qilamiz. Juda issiq, nam va shamolli? Muhim emas, bayram sharafiga har qanday ob-havo sharoitlaridan shikoyat qilamiz. 

Vafli kuni 

Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun uni mazali vaflilar bilan boshlashni taklif qilamiz. So‘nggi yillarda ushbu shirinlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘pchilikni vafli tayyorlaydigan qoliplarni xarid qilishga undadi. E’tiboringizga nonushta uchun shirin vaflilar retseptini havola qilamiz. 

Vafli qoliplarida tayyorlanadigan vafli retsepti

  • Kefir – 300 ml
  • Tuxum – 2 dona
  • Shakar – 1 osh qoshiq (+ chimdim tuz)
  • Soda – 1 choy qoshiq
  • O'simlik yog'i – 1 osh qoshiq
  •  Un – 200 g.

1.  Barcha ingredientlarni quyuq smetana kabi bo‘lguncha aralashtiramiz.

2.  Vafli qolipni o‘simlik (yoki sariyog‘) yog‘i bilan yog‘laymiz va tayyor massani bir osh qoshiqdan solib pishirib olamiz.

3. Tayyor vaflilarni sevimli mevalaringiz, yong‘oq va asal bilan bezatib dasturxonga tortamiz. Bundan tashqari, vaflilarni yer yong‘oqli/shokoladli pasta, murabbo, yogurt bilan ham iste’mol qilsangiz bo‘ladi.