Dunyodagi eng qimmat to‘ylar – ularning narxi va ko‘rinishi qanday?
Ushbu 11 ta dabdabali nikoh to‘yi uchun samolyotlar parvoz qilishni to‘xtatgan, saroy va diqqatga sazovor joylar yopilgan, shuningdek, 25 kilogrammlik to‘y liboslari tikilgan. Pul dunyoni boshqaradi, deyishlari bejiz emas.
Dunyodagi eng qimmat to‘ylar, ular haqida hamma gapirgan
Xadija Ushakova va Said Gutseriyev – 1 mlrd
Rossiyalik milliarder, ‘‘Eldorado” va ‘‘M.Video” tarmoqlari asoschisi Gutseriyevning to‘yi jamoatchilik tomonidan uzoq muhokama qilindi. Forbes ro‘yxatidagi biznesmen oddiy talaba qizga uylangani uchun emas, balki to‘yga sarflagan mablag‘lari (uni hatto ‘‘nomussiz hamyonlar paradi’’ deb atashgan) uchun diqqat markazida bo‘ldi. Xo‘sh, Gutseriyev milliard dollarni nimalarga sarfladi?
Birinchidan, to‘y ikki bosqichda – avval Moskvada, keyin Londonda bo‘lib o‘tdi. Buning uchun 600 kishiga mo‘ljallangan dasturxon yozish, barchasini jonli gullar bilan bezatish, Sting, Jennifer Lopes, Enrike Iglesias va boshqa mashhurlardan iborat yulduzlarni ‘‘yollash”, Britaniyadagi eng hashamatli mehmonxonaning ziyofat zalini ijaraga olish, Irlandiyadan raqqosalar bilan birga gruzin ‘‘Suxishvili’’ baletini chaqirish, shuningdek, kelinga 25 kilogrammlik sovg‘a, ya’ni kelin ko‘ylak xarid qilindi.
Vanisha Mittal va Amit Bxatiya – 60 mln
Hindistonlik metallurg-magnatning qizi Mittal va uning jufti – bankir ham pul tejashga qaror qilmadi. Juftlik o‘z to‘yiga taxminan 60 million dollar sarfladi. Tantanalar Parijda bir hafta davom etdi: Chateau Mouton-Rothschild shampanskiysi daryo kabi mo‘l-ko‘l edi, fuagra va kruassanlar nihoyasiga yetmas, salyutlar kishini hayratga solardi, er-xotinning 1000 nafar qarindoshi esa o‘z mehmonxonalarining dabdabali nomerlaridan turib Eyfel minorasining manzarasini tomosha qilishardi.
Hatto to‘yga taklifnomalar ham yuqori darajada edi: ular faqat kumush qutichalarda jo‘natilardi. Juftlik o‘zining birinchi raqsini qo‘shiqchi Kayli Minougning jonli ijrosi ostida ijro etdi.
Megan Markl va shahzoda Garri – 42,8 mln
Britaniya qirollik oilasining bosh isyonchisi, Karl III va malika Diananing ‘‘itoatsiz” o‘g‘li ota-onasini va ularning 48 millionlik to‘yidan o‘zib keta olmadi, lekin baribir o‘zining rafiqasi (sobiq aktrisa) bilan yaxshigina tadbir tashkillashtirdi.
Meganning Givenchy brendidan bitta ko‘ylagi kuyovga 550 ming dollarga tushdi, keyin esa (Daily Mail manbalarining so‘zlariga ko‘ra) ularni dabdabadan to‘xtatib bo‘lmadi: eng qimmat tashkilotchilar, gulchilar, fotograflar va operatorlar (to‘y onlayn translyatsiya qilindi), eng mashhur mehmonlar uchun ziyofatlar va albatta, xavfsizlik xizmati xodimlari. O‘sha paytdayoq Garri bilan Megan dunyo ularga qarshi kayfiyatda ekani va tez orada ‘‘Megzit” (er-xotinning taxtdan voz kechishi) paydo bo‘lishini taxmin qilgandi.
Keyt Middlton va shahzoda Uilyam – 34 mln
Shahzoda Garrining akasi va bo‘lajak Britaniya qiroli o‘rtasidagi nikoh ham esda qolarli bo‘ldi. To‘yga sarflangan mablag‘lar davlat byudjetidan olingani britaniyaliklarga unchalik yoqmadi.
Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning to‘yi sharafiga Vestminster abbatligi yaqinidagi xiyoboni ‘‘gullab-yashnadi”, butun dunyodan mehmonlar (2 ming kishi taklif etilgan) jam bo‘ldi, ularni eng yaxshi oshpazlar mehmon qilishdi va kelinning sevimli brendi Alexander McQueen ajoyib, nafis va juda qimmat libos yaratdi. Keyt Yelizaveta II ning qutichasidagi taqinchoqlarni, shuningdek, Cartier tiarasini taqdi – oddiy qizning oq orzusi rasman amalga oshdi.
Anjela Beybi va Xuan Syaomin – 31 mln
‘‘Xitoylik Kim Kardashyan’’ va mashhur aktyorning to‘yi Shanxayda, sobiq Xitoy-Sovet do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tdi. Stalinning me’morchilik uslubida qurilgan ulkan bino 2 ming mehmon va 200 qo‘riqchiga mo‘ljallangan afsonaviy bog‘ga aylandi. Kelin Dior’ning uch metrli shleyfli to‘y ko‘ylagida yaltirab, eng mashhur xitoy qo‘shiqchilari ijrosida raqsga tushdi.
Beybi va Syaominning to‘yi YouTubeda translyatsiya qilindi va kelinning eskizi bo‘yicha yaratilgan tort gastronomik san’atning haqiqiy asari deb ataldi – 1000 ta iste’molga yaroqli atirgul va 2,5 metrli korjlarga shimdirilgan litr krem.
Andrey Melnichenko va Aleksandra Nikolich – 30 mln
Rossiyalik oligarx va Forbes ro‘yxatidagilardan biri Melnichenkoning to‘yi ham o‘zining ko‘lami bilan hayratda qoldirdi. Tadbirkor nafaqat ‘‘Yugoslaviya go‘zali’’ Aleksandr Nikolichga uylandi, balki u bilan Moskvadan Fransiyaning Moviy sohiliga ko‘chirilgan maxsus butxonada nikoh marosimini ham o‘tkazdi.
Kelin to‘yda o‘zining sevimli xonandalari – Uitni Xyuston va Kristina Agilera (ularning chiqishlarining umumiy qiymati 7 million) ijro etishlarini talab qildi. Tadbir avjida Enrike Iglesias chiqish qildii, to‘y taomnomasiga esa Fransiyaning eng mashhur oshpazi Alen Dyukass mas’ul edi. Afsuski, bayram suratlari tarmoqdan o‘chirildi.
Kim Kardashyan va Kris Xamfris – 10 mln
Garchi Kardashyan va Kanye Uestning ikkinchi to‘yi juda kamtarona (Gollivud o‘lchovlari bo‘yicha) bo‘lib, 3 millionga tushgan bo‘lsa-da, u mashhur basketbolchi ishtirokidagi oxirgi to‘y edi. 10 million dollarlik marosim Kaliforniyada, juftlikning 400 yulduzli mehmonlari va do‘stlari (Avril Lavindan boshlab Peris Xiltongacha) ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Kardashyan Vera Vangning to‘y libosida va 5 million dollarlik taqinchoqlarda ko‘rinish berdi. Afsuski, bu nikoh bor-yo‘g‘i 72 soat davom etdi.
Ammo bu yerda ham Kardashyan o‘zining tadbirkorligini namoyish eta oldi: yulduz muvaffaqiyatsiz to‘ydan 15 million dollar ishlab oldi – tegishli summani E! telekanali TVda birinchi bo‘lib bayramni namoyish etish imkoniyati uchun to‘ladi. Yulduzlar to‘yi fotosuratlarini chop etish huquqi uchun ‘‘People’’ jurnali ham mablag’ ajratdi.
Lolita Osmanova va Gaspar Avdolyan – 10 mln
Rossiyalik biznesmenning qizi va milliarderning o‘g‘li. Avdolyan va Usmonova odatda Oskar o‘tkaziladigan Los-Anjeles markazidagi Dolbi teatrida turmush qurishdi. Tadbir joyi jonli gullar va kompozitsiyalar, shuningdek, zarhal bilan bezatilgan.
Kelin dizayner Zuhayr Murodning libosini kiydi, shuningdek, pionlardan yasalgan diademani taqdi. Ammo to‘yga eng katta xarajat taklif qilingan yulduzlar bo‘ldi: masalan, Lady Gaga. Qo‘shiqchi o‘zining mashhur Poker Face qo‘shig‘ini ijro etarkan, Stas Mixaylov va Nikolay Baskov sahna ortida kuyladi. Teleboshlovchi Andrey Malaxov esa tadbir tashkilotchisi bo‘ldi, unga Kseniya Sobchak hamrohlik qildi.
Jastin Timberleyk va Jessika Bil – 7,8 million
Mashhur amerikalik estrada xonandasi Jastin Timberleyk va teng darajada mashhur aktrisa Jessika Billning to'yi mashhurlarning eng qimmat to'ylari ro'yxatiga kiritildi. Kelin ko‘'ylak uchun 100 ming dollar to‘langan, shuningdek, kelin dugonalarining liboslariga ham pul ajratilgan.
Mehmonlar lobster, marmar mol go‘shtidan tayyorlangan steyk va Italiya qirg‘oqlaridan (muhabbat tantanasi shu yerda o‘tkazildi) tutilgan sibas yeyishdi. Yosh kelin-kuyovlarning o‘zlari to‘y vaqtida tejab-tergab o‘tirmaganliklarini mehmonlarga unutilmas ta’til bermoqchi bo‘lganliklari, ular kundalik zerikarli ishlardan uzoqlashganliklarini xohlashini aytdi.
Chelsi Klinton va Mark Mezviniski – 5 mln
AQSH sobiq prezidentining sevimli qizi Bill Klintonning to‘yi "mutlaqo maxfiy" tarzda o‘tkazildi. Chelsi Nyu-Yorkda bankirga turmushga chiqdi, ammo hech bir paparatssi va ommaviy axborot vositalari vakili tantanaga kira olmadi. Buning sababi shuki, kelinning otasi shtat ustidagi havo hududini yopishni va mehmonlarni faqat noyob raqamli maxsus bilaguzuklar bilan kiritishni buyurgan.
Chelsi barcha amerikalik kelinlarning sevimli dizayneri Vera Vangning ko‘ylagini kiydi, lekin bundan oldin u qattiq parhez tutishga majbur bo‘ldi. Shuning uchun ham qiz eng mashhur keyteringlarning eng yaxshi oshpazlari tayyorlagan to‘y ziyofatlaridan xursand bo‘lar va ularni tantana vaqtida bajonidil iste’mol qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, mehmonlar bir million dollarlik lazzatli taomlarni yegan.
Jorj va Amal Kluni – 4,6 mln
Gollivuddagi eng chiroyli juftliklardan birining to‘yi nafaqat ‘‘abadiy bo‘ydoq” Kluni go‘zal advokat uchun maqomini o‘zgartirishga qaror qilgani, balki to‘y uchun xarajatlar tufayli ham muhokama qilindi. Tegishli summa esa 4 million dollardan ortiq edi! Klunilar Venetsiyada marosimni tashkillashtirishga qaror qildi.
Aktyor mashhur Chepriani mehmonxonasining (95 xona) barcha xonalarini band qildi va do‘stlari, oila a’zolari eng qimmat shampan vinosidan tortib, eng ajoyib taomlargacha o‘zlariga hech narsadan bosh tortmasliklari kerakligini buyurdi.
Kelinning Oskar de la Renta’dan to‘y libosi 400 ming dollarga tushdi, muallifning qo‘lda tikilgan shleyfi va fatasi uchun biroz kamroq so‘rashdi. Jorj va Amaliya 16-asrda qurilgan Kavaliya saroyi dekoratsiyasida qasamyod qildilar.