25-iyul: pazandalar bayrami va Visotskiy xotirasi kuni
Roppa-rosa 210 yil oldin, 25-iyulda amerikalik ixtirochi Jorj Stefenson dunyodagi birinchi parovozni sinovdan o‘tkazdi va 93 yil o‘tgach, rus fizigi Boris Rozing televizorni ixtiro qildi. Musiqa ixlosmandlari va osmonni sevib tomosha qiladiganlarga manzur bo‘ladigan voqealar – 25-iyulda “Metallica” guruhi o‘zining birinchi albomini chiqardi va kosmosga ilk ayol kosmonavt – sovet uchuvchisi Svetlana Savitskaya uchdi. Bugungi taqvimda yana qanday muhim sanalar va bayramlar borligini birma-bir tanishtirib o‘tamiz.
Vladimir Visotskiy xotirasi kuni
Visotskiyning qo‘shiqlari O‘zbekistonning ko‘plab aholisi tomonidan sevib tinglangan va bu muhabbat o‘zaro bo‘lgan. Musiqachi Toshkentda bo‘lish, Samarqand va Buxoro ko‘chalari bo‘ylab yurishni yaxshi ko‘rardi. “Visotskiy. Tirik bo‘lganingiz uchun rahmat” filmining aksariyat epizodlari O‘zbekistonda suratga olingani bekorga emas.
Pazandalar kuni
Bugun biz zerikarli tuxum, bo‘tqa yoki buterbrodlardan voz kechib, gaz plitasi, pech yoki o‘choq oldida ko‘proq vaqtimizni sarflasak-da, mazali taomlar pishiramiz. Agar siz o‘zingizni haqiqiy pazanda deb hisoblasangiz, bugungi kun sharafiga ko‘p mazali taomlar pishiring: palov, pirog, shashlik yoki noodatiy shirinliklar. Qo‘lingiz shirin bo‘lsa, hech xavotir olmang, barchasi yeyiladi.
Karusel kuni
25-iyulda AQShda Karusel kuni nishonlanadi, biz ham ushbu bayramga qo‘shilamiz. Ko‘ngilochar parkka bolalaringiz, jiyanlaringiz yoki mahalla bolalarini olib borib, chin dildan o‘yin-kulgi qilib keling. Bundan nafaqat bolalar, balki o‘zingiz ham mazza qilishingiz aniq.
Stajyorlar kuni
Yaqinda institutni bitirib, martaba yo‘lini bosishga tayyor turgan stajyorlar nishonlaydigan yana bir Amerika bayrami. Agar siz stajyor, sinovdan o‘tayotgan yoki faol ish qidirayotgan bo‘lsangiz (qisqacha qilib aytganda, hech bekorchilik qilmasangiz), bugun o‘zingizni tabriklashingiz mumkin. Dono xalqimiz aytgandek, sabr – sabrning tagi oltin!
Cho‘kishning oldini olish kuni
Ayniqsa yozda suvda xavfsizlik qoidalarini eslash juda muhim, chunki cho‘kib o‘lish statistikasi – uydirma raqamlar emas. Bugun birinchi yordam qoidalarini takrorlaymiz, shuningdek, bolalar uchun ta’lim dasturini o‘tkazishni ham unutmaylik. O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.