РУ
O’Z
UZS
/
/
26-sentabr: chet tillar bayrami va eng yaxshi nonushta kuni
25.09.2024

26-sentabr: chet tillar bayrami va eng yaxshi nonushta kuni

26-sentabr: chet tillar bayrami va eng yaxshi nonushta kuni

26-sentabr kuni dunyo grammofon ixtiro qilingani haqida bilib oldi, Fidel Kastro BMT tarixidagi eng uzun nutqni (4 soatdan ko‘proq!) so‘zladi, Vikipediya internet-ensiklopediyasining peshqadami bo‘lgan “Nupedia” faoliyati esa to‘xtatildi. 2021-yilning shu kunida Lyuis Hemilton “Formula-1” Gran-prisini 100 marta yutgan tarixdagi birinchi poygachi bo‘ldi. Bu shu kunda sodir bo‘lgan esda qolarli voqealar edi, 26-sentabrda qaysi bayramlar borligini bilasizmi?

Butunjahon Yevropa tillari kuni

26-sentabrda nishonlanadigan bu bayramning asosiy maqsadi – maktablar, oliy ta’lim muassasalari va ularning tashqarisida chet tillarni o‘rganishni rag‘batlantirish. Agar siz Grin-karta olish, AQShga ko‘chib o‘tish, Yevropada biznes ochish yoki shunchaki til o‘rganishga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, ingliz tilidagi eng mashhur iboralar va boshlanuvchilar uchun 100+ so‘zlarni o‘rganishingiz kerak bo‘ladi.

Eski do‘stlar bilan uchrashish kuni

26-sentabr – bolalikdagi do‘stlar, maktabdoshlar va universitetdagi guruhdoshlar bilan birga branch, tushlik yoki kechki ovqat qilish uchun ajoyib kun. Agar shunday o‘rtoqlaringiz bilan uzoq vaqtdan beri muloqot qilmagan bo‘lsangiz, bugungi bayram buni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat. Eski do‘stlaringiz bilan uchrashganda ularning hayoti qanday kechayotgani haqida va umuman olganda suhbatlashadigan gaplar ko‘p bo‘lishi aniq.

Kontrasepsiya kuni

Eng mas’uliyatli bayramlardan biri. Uning maqsadi – har bir homiladorlik rejalashtirilgan va baxtli bo‘lishini ta’minlash hamda aholi barcha kontrasepsiya turlari haqida bilib, abortlarga olib bormasligiga erishishdir.

Eng yaxshi nonushta kuni

26-sentabrda o‘zingiz uchun eng yaxshi va albatta sevimli nonushta tayyorlab bering. Bu nonushtani mashhur blogerlarga yoqadigan kafe yoki o‘z oshxonangizda tayyorlashingiz mumkin. Aytgancha, bizda mazali nonushta uchun bir nechta g‘oyalar bor: masalan, ona-blogerning pp-reseptlar ro‘yxati.

Amerika pankeyklari kuni

Agar siz dietada bo‘lmasangiz va ovqatlanishdagi cheklovlarning barchasiga qarshi bo‘lsangiz, eng mazali, yumshoq va nozik Amerika pankeyklari retseptini kutib oling. Amerikaliklar ularni nonushtada iste’mol qilishni yaxshi ko‘rishadi, biz ham o‘zimizni ulardan kam deb hisoblamaymiz va bu retseptni siz bilan bo‘lishamiz.

Amerika pankeyklari retsepti (10-12 dona)

Sut – 250 ml.

Un – 180 gr.

Tuxum – 2 dona

Shakar – 3 osh qoshiq

O‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq

Tuz, vanilin – bir chimdim

Tayyorlanishi:

  • Tuxum oqlarini sarig‘idan ajratib, bir chimdim tuz bilan ko‘pirtiramiz.
  • Sarig‘iga shakar qo‘shib, ko‘pirtiramiz. Endi iliq sutni quyamiz, un, yog‘, vanilin qo‘shib, aralashtiramiz.
  • Ko‘pirtirgan tuxum oqlarini aralashmaga qo‘shib, silikon qoshiq bilan sekin aralashtiramiz. Pankeyklarni yog‘siz skovorodkada, o‘rtacha olovda oltin tusgacha qovuramiz. Pankeyklarni smetana, asal, quyultirilgan sut yoki haqiqiy amerikaliklar kabi zarang siropi va shokoladli pasta bilan tortamiz.