29-iyul: Lab bo‘yog‘i bayrami va NASA’ning tug‘ilgan kuni
1836-yil 29-iyulda Parijda “Triumf arkasi”ning ochilishi bo‘lib o‘tdi, NBC kanalida “Taronani toping” ko‘rsatuvi boshlandi (bu ko‘rsatuv dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qayta suratga olingan), Britaniyada esa shahzoda Charlz va Diana Spenserning to‘yi bo‘lib o‘tdi. 2015-yil shu kunda Microsoft “Windows 10” ODni taqdim etdi. 2023-yil shu kunda esa dunyo Nigeriya inqirozi haqida bildi. Bugun yana qanday muhim sanalar va bayramlar nishonlanadi? 28-iyul taqvimida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Xalqaro yo‘lbars kuni
2010-yilda “Yo‘lbars sammiti”da tashkil etilgan bu bayram – dunyodagi eng katta mushukka bag‘ishlangan. Maqsad – yo‘lbarslarning yo‘q bo‘lib ketish muammosi va ularni himoya qilishning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishdir. Bu hayvon uzoq vaqtdan beri Qizil kitobga kiritilgani bejizga emas.
Lab bo‘yog‘i kuni
Butun dunyo go‘zallik shinavandalari, blogerlar va shunchaki go‘zal va latofatli qizlarning bayrami. Agar siz anchadan beri yangi kosmetika sotib olishni yoki yoz fasli uchun lab bo‘yog‘ini izlayotgan bo‘lsangiz, unda bugun buni amalga oshiring. “Maybelline” reklamasida aytilganidek – axir siz bunga loyiqsiz.
NASA tug‘ilgan kuni
66 yoshga to‘lgan kosmik agentlikning bayrami! Aynan 29-iyulda AQSh prezidenti Eyzenxauer “Milliy kosmonavtika va koinot” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, ya’ni u dunyoni hayratda qoldiradigan barcha kosmik dasturlar va tadqiqotlar uchun poydevor qo‘ydi.
Lazanya kuni
O‘zini hurmat qiladigan har bir sayyoh yoki shunchaki italiyalik taomlarni yaxshi ko‘radigan har bir kishi an’anaviy italyan taomini tatib ko‘rishi kerak. Toshkentdagi restoranlarning biriga borish yoki italiyalik bosh oshpazning retsepti asosida oila a’zolaringizni uyda tayyorlangan lazanya bilan hayratda qoldirish uchun ajoyib sababdir.
Karnavalli dushanba
Ushbu bayram Saba orolida nishonlansa-da, biz ham ish haftamizni chiroyli va bayramona boshlashni istaymiz. Buning uchun aynan karnaval kostyumini kiyishingiz shart emas – biror bir chiroyli kiyimingizni, yoki masalan, “Met Gala 2024” trendlaridan ilhomlangan uslubli kiyimni kiyishingiz mumkin.