РУ
O’Z
UZS
/
/
“Met Gala 2024”dan ilhomlangan yozgi trendlar – gullar, qushlar va kelinlar libosi
03.07.2024

“Met Gala 2024”dan ilhomlangan yozgi trendlar – gullar, qushlar va kelinlar libosi

“Met Gala 2024”dan ilhomlangan yozgi trendlar – gullar, qushlar va kelinlar libosi

“Met Gala 2024” may oyida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, undagi obrazlar yoz fasli modasida o‘zini namoyon etmoqda. Bu yilgi tadbirning mavzusi “Vaqt bog‘i” bo‘lib, yulduzlar o‘z muxlislarini afsonaviy malikalar, gullar va hatto kelinlik obrazi bilan xushnud qilgandi. Qisqasi, to‘y, bitiruv kechasi yoki qizlar bazmi uchun ajoyib g‘oyaga aylanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar. 

“Met Gala”dan ilhomlangan 2024-yil yozgi trendlarni detallarigacha ko‘rib chiqamiz.

Gullar bali 

“Met Gala”ning va buning ortidan 2024-yilgi yoz faslining trendi ham gullar bo‘ldi. Gulning har xil turlari va navlari: atirgullar, liana va lola mashhurlar liboslarida ochilib, ularning qomatlariga ko‘rk qo‘shdi. Bundan tashqari yulduzlarning pidjak va “opera” qo‘lqoplarida ham gul detallari aks etdi. Mashhurlardan biri hatto original bodi-art sifatida qo‘llariga guldasta chizib olgandi. 

Anna Vintur

Demi Mur

Rebekka Xoll

Sayroqi qushlar

Agar bog‘da gullar o‘ssa, u yerda qushlar ham sayrashi kerak. Jennifer Lopez, Zendaya va boshqa yulduzlarning stilistlari shunday deb o‘ylagan ko‘rinadi. Qushlar shaklidagi “Tiffany” olmos kuloni, qush uyasi kabi soch turmagi, shuningdek, ko‘ylakka qadalgan qarg‘alar bunga ishora qilmoqda. 

Jennifer Lopez

Zendaya

Dua Lipa

Kelin obrazi

2024-yil yoz fasli trendlaridan asosiysi – nafis va zamonaviy oq rang. Supermodel Linda Evangelista va Doja Ket “Met Gala”da kelinlik libosini kiyishga qaror qildi. Ammo Doja Ket bu obrazda koʻproq Tim Byortonning filmlari qahramoniga yoki Xellouin kostyumlari tanlovi gʻolibiga oʻxshadi. 

Linda Evangelista

Ariana Grande

Doja Ket

Rangi uchgan va teshikli 

“Met Gala”ning qizil gilamdagi rangi uchgan, yirtilgan va yamoqli kiyimlar ham nima uchundir trendga aylandi. Ko‘plab mashhurlar “eskirgan” liboslarda (masalan, Charli XCX) paydo bo‘ldi. Moda kuzatuvchilari bu obrazni befarq qoldirmadi, ular 2024-yil yozning trendi sifatida qo‘llay boshladi. 

Charli XCX

Kayli Minoug

Shohona 

Poldagi barcha changlarni supurib yuradigan ulkan etaklar, Mikelanjelo haykallaridagi g‘ayrioddiy drapirovkalar, shuningdek, “qimmatbaho” ko‘ylaklar. Bu ko‘ylaklarning har biri kelinlik libosi sifatida mukammal koʻrinadi, shuningdek, kamtar qizni ham bitiruv kechasining yulduziga aylantiradi. 

Kayli Jenner

Teylor Rassel

Irina Sheyk