29-noyabr–1-dekabr kunlari hafta oxirlarida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: sovuq boʻladi, qor yogʻadi
“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining oxirlarida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz sovuq boʻlishi va bulutli kunlar koʻpayishi kutilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1-dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 1-dekabrda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: choʻl hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabr-1-dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr–1-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29–30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29–30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.