РУ
O’Z
UZS
/
/
3-sentabr: DNKning noyobligi bayrami va taqvimni o‘zgartirish kuni
02.09.2024

3-sentabr: DNKning noyobligi bayrami va taqvimni o‘zgartirish kuni

3-sentabr: DNKning noyobligi bayrami va taqvimni o‘zgartirish kuni

3-sentabrda Angliyadagi bir zavodda birinchi konserva bankalari ishlab chiqarildi, AQShda ayollarning ichki kiyimi byustgalter ixtiro qilindi (uni Meri Felps Jekobs ixtiro qilgan), Shvetsiya esa avtomagistralda o‘ng yo‘l harakatiga o‘tdi. Xuddi shu kuni 1976-yilda “Viking-2” droni Marsga qo‘ndi, italiyalik poygachi Nino Farina esa birinchi “Formula 1” jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Bular shu kunda sodir bo‘lgan muhim voqealar, 3-sentyabrda qanday bayramlar nishinlanishini esa bugun kun taqvimimizdan bilib oling. 

Shufutinskiy kuni / yoz fasli bilan xayrlashish kuni 

“Men taqvimni aylantiraman va yana 3-sentabr” («Я календарь переверну и снова 3-е сентября»): Mixail Shufutinskiy qo‘shig‘idan olingan satrlar nafaqat kuzni boshlab beradigan memga, balki yoz bilan xayrlashuv madhiga aylanganga o‘xshaydi. Taqvim kunini o’zgartirishni va sentabr oyida ham uyda, ham ishxonada qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirishni unutmang – bu sizga kelayotgan 30 kunningizni ancha osonlashtiradi. 

Yangi eshiklarni ochish kuni 

3-sentabrda nishonlanadigan ushbu bayram O‘zbekistonda yangi o‘quv yilini boshlash uchun tayyorgarlik kuniga o‘xshaydi. Ertaga maktab o‘quvchilari va talabalar parta/stollarda o‘tirib, ilm-fan dengizida suzishni boshlaydi, yangi bilimlarga ega bo‘ladi va o‘z porloq kelajaklariga poydevor yasay boshlaydilar. Biz bolani maktabga qanday tayyorlash kerakligi haqida batafsil biladigan va o‘z maslahatlari bilan bo‘lishadigan bir mutaxassis pediatrni taniymiz va u bilan bo‘lgan intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz. 

DNKning noyobligi kashf qilingan kun 

3-sentabrda butun dunyoda DNKning noyobligi kashf etilgan kun nishonlanadi. Bu bayram esa ilm-fan va butun insoniyat uchun juda muhim kun sanaladi. 1984-yilda britaniyalik olimlar bizning DNKmiz noyob xususiyatlarga ega ekanligini anglab yetdi va uni “genetik barmoq izlari” deb atashdi. 

Boshqacha nigoh bilan qarash kuni 

Bugun biz hamma narsani odatdagi kabi emas, balki boshqa tomondan qarab chiqishni taklif qilamiz. Har qanday muammo, janjal yoki boshqa qaltis vaziyat u qadar dahshatli bo‘lmasligi mumkin, gohida minuslar pluslarga o‘zgaradi va siz yangi hayotiy tajribaga ega bo‘lasiz. 

Pishloqli grenkalar kuni 

E’tiboringizga tez tayyorlanadigan oddiy yengil taom yoki tamaddi retseptini havola qilamiz. Bu tamaddimiz ayniqsa mehmonlar bilan shoshilib qolganingizda yoki bolajonlaringizni asosiy taomgacha xursand qiladigan yengil taom hisoblanadi. 

Pishloqli grenkalar retsepti

  • Baton yoki oq non – 13 bo‘lak
  • Tuxum – 3 dona
  • Qattiq pishloq – 60 g
  • Smetana – 3 osh qoshiq
  • O‘simlik yog‘i (qovurish uchun) 

Tayyorlanishi:

  1. Pishloqni mayda qirg‘ichdan o‘tkazamiz, nonni esa bo‘laklarga kesib olamiz.
  2. Bir idishda tuxum, smetana va pishloqni birlashtirib, hammasini aralashtiramiz.
  3. Nonni aralashmaga botirib, ozroq o‘simlik yog‘i solingan va yaxshi qizdirilgan tovada ikki tomoni qizarguncha qovuramiz. Dasturxonga issiqligicha uzatamiz.