РУ
O’Z
UZS
/
/
30-avgust: marshmellou bayrami va dushmanlarni kechirish kuni
29.08.2024

30-avgust: marshmellou bayrami va dushmanlarni kechirish kuni

30-avgust: marshmellou bayrami va dushmanlarni kechirish kuni

30-avgustda Rossiya va Shvetsiya o‘rtasida Shimoliy urush boshlandi, Keniyada fil ovlash taqiqlandi, Parijdagi “Eyfel” minorasiga 150 millioninchi mehmon chiqdi. Xuddi shu kuni birinchi ixcham kasseta va birinchi elektr changyutgich paydo bo‘ldi. Bu shu kunda sodir bo‘lgan esda qolarli voqealar, 30-avgust taqvimida qanday bayramlar nishonlanishini esa maqolamiz davomida bilib oling.

Kit akulasi kuni

Jahon okeanining iliq suvlarida yashaydigan akula. Bu juda noyob tur bo‘lib, ularning soni hech qachon ko‘p bo‘lmagan va so‘nggi yillarda minimal darajaga kamaydi. Hammasi osiyolik baliqchilar va akula go‘shtini iste’mol qilish madaniyati tufayli.

Posilka yetkazib berish kuni

30-avgustda “Wildberries”, “Uzum”, “Ozon” qabul qilish punktiga yoki hatto pochta bo‘limiga borib, uzoq kutilgan posilkalarni olib ketamiz. Bugungi bayram sharafiga barcha muammoli, kelishi qiyin bo‘lgan posilkalar ham shu bugun yetib kelishi aniq.

“Dushmaningizni kechirish” kuni

Bizga donolik va dushmanlarimizni kechirishni o‘rgatadigan olijanob bayram. Ammo birinchi navbatda, o‘z ichki tug‘yonlaringiz bilan kelishib, barcha alam va xafagarchiliklarni unuting – aks holda bu hisob emas. Hamma narsa (qariyb) har doim bumerang kabi qaytib kelishini unutmang.

Marshmellou kuni

Qovurilgan zerfir – barbekyu qilganda albatta tanovul qilinadigan amerikaliklarning sevimli shirinligi. Bu shirinlikni O‘zbekistondagi istalgan supermarketda topish mumkin. 30-avgust bayram sharafiga zefirni olovda yoki hech bo‘lmaganda mikroto‘lqinli pechda qovurib ko‘ring. Bu juda mazali!

Sohillar kuni

Yozgi mavsumni to‘g‘ri yakunlashni tavsiya qilamiz – sohil bo‘yi, akvaparkga boring yoki basseyn bo‘yida dam oling. Axir, ob-havo prognozi hali ham issiq haroratni va’da qilmoqda, siz esa (ehtimol) to‘liq mazza qilib dam olishga ulgurmagandirsiz.

30-avgustda tug‘ilganlar:

  • Kemeron Dias – Gollivud aktrisasi va AQShda yaratilgan eng yaxshi komediyalarning yulduzi. Diasning tabassumi – million dollarlik tabassum ekanligi esingizdadir.
  • Bibi Reksa – amerikalik estrada qo‘shiqchisi va AQShning eng mashhur qo‘shiqchilar: Riannadan Jastin Bibergacha qo‘shiqlari muallifi.
  • Robert Perish – uzoq yillik faoliyati (21 mavsum) tufayli liga tarixiga kirgan NBA basketbolchisi. Basketbol “Shon-sharaf zali” a’zosi.