РУ
O’Z
UZS
/
/
4-oktabr: tabassumlar bayrami va berilmagan savollarga javoblar kuni
03.10.2024

4-oktabr: tabassumlar bayrami va berilmagan savollarga javoblar kuni

4-oktabr: tabassumlar bayrami va berilmagan savollarga javoblar kuni

4-oktabrda Sovet Ittifoqida birinchi sunʼiy Yer yoʻldoshi uchirilgan, Jon Lennonning qotilini muddatidan oldin qamoqdan ozod qilishga rad javobi berilgan, AQShda esa internetdagi jinoyatlar ustidan nazorat va kuzatuv markazi tashkil etilgan. Shuningdek, shu kuni har yili BMT homiyligida Butunjahon kosmik haftaligi boshlanadi. Bu shu bugungi sanada sodir bo‘lgan hodisalar haqida edi. Bugun – 4-oktabr taqvimidan joy olgan qanday bayramlar bizni qiziqtirganini bilasizmi?

Butunjahon tabassum kuni

Ishonchimiz komilki, 4-oktabrni qanday boshlashni va qanday o‘tkazishni bayram nomiga qarab bilasiz. Albatta, yuzingizda tabassum bilan! Faqat samimiy tabassum, yolg‘ondaqa tirjayishlar o‘tmaydi. O‘z kayfiyatimiz faqat o‘zimizga bog‘liqligini unutmang.

Hayvonlarni himoya qilish kuni

Bugun tabassum qilish uchun yana bir sabab – kichik birodarlarimizning sharafiga nishonlanadigan bayramdir. Uy hayvoningiz bilan vaqt o‘tkazing, uni mazali taom bilan erkalang yoki bir savob ish qiling – jonivorlar uyiga yordam bering. Bu kunda ko‘cha itlari va mushuklarini ovqatlantirish ham mumkin!

Pled kuni

“Burrito obrazini” yoqtiradiganlarning barchasiga yoqadigan bayram. “Burrito obrazi” aslida nima ekanligini bilasizmi? Bu boshdan oyoq pledga o‘ralib, divanda – kuzda tomosha qilish kerak bo‘lgan eng yaxshi filmlar va seriallarni tomosha qilish deganidir. Biz esa sizga shunday film va seriallar to‘plamini havola qilamiz.

Dolchinli bulochkalar kuni

Yoki Instagram va TikTok’da yana trendga aylangan sinnabonlar. Ajablanarli emas, chunki dolchinli shirin va xushbo‘y pishiriqlar kuzgi desert uchun ideal variantdir. Bu bayram sharifiga 4-oktabrda tayyorlashingiz kerak bo‘lgan sinnabon retseptini keltiramiz.

Xamiriga:

  • Sut – 250 ml.
  • Tuxum – 2 dona
  • Shakar – 100 gr.
  • Xamirturush – 7 gr.
  • Sariyog‘ – 70 gr.
  • Un – 560 gr.

 Nachinkasiga:

  • Sariyog‘ – 110 gr.
  • Shakar – 160 gr.
  • Dolchin – 2 osh qoshiq

Kremiga:

  • Tvorogli pishloq – 130 gr.
  • Shakar – 50 gr.
  • Sut – 40 ml.

Berilmagan savollarga javoblar kuni

Bugun Toping tahririyati va o‘quvchilarimiz (hozirgi va bo‘lajak) uchun bayram, axir u nashrimizning asl mohiyati – berilgan va berilmagan savollarga javob berish vazifamiz bilan bir xil yangraydi! Bayram munosabati bilan bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘lib, eng qiziqarli matnlarni o‘tkazib yubormasligingizni taklif qilamiz.