РУ
O’Z
UZS
/
/
Kuzda ko‘rishga arziydigan 11 ta serial va filmlar – lifestyle-bloger Tamilaning tavsiyasi
02.10.2024

Kuzda ko‘rishga arziydigan 11 ta serial va filmlar – lifestyle-bloger Tamilaning tavsiyasi

Kuzda ko‘rishga arziydigan 11 ta serial va filmlar – lifestyle-bloger Tamilaning tavsiyasi

Oila davrasida, yoringiz bilan yoki hatto yolg‘iz tomosha qilish kerak bo‘lgan filmlar. Ular sizni o‘sha qulay va iliq muhitga sho‘ng‘itib, ijodkorlikka ilhomlantiradi va estetik ko‘rish qobiliyatingizga +100 ball qo‘shadi.

Falina Tamila – Toshkentlik mashhur insta-bloger. Yaqinda biz uning Netflix uslubidagi to‘yiga tayyorgarligini kuzatdik, hozir esa u bilan birgalikda tajribali film ishqibozining tavsiyalari asosida eng yaxshi kuzgi filmlari va seriallari ro‘yxatini tuzdik. Bu ro‘yxatda siz-u, bizni yaqinlashib kelayotgan sovuq mavsumda iliqlik bilan ta’minlaydigan faqat eng go‘zal va yoqimli filmlar jamlangan.

Eng yaxshi kuzgi filmlar

Oldindan ogohlantiramiz: ko‘pchilik bu ro‘yxatda yangi va trenddagi filmlarni topmasligi mumkin. Lekin bu filmlar va seriallarning har biri sizni yana qayta tomosha qilishga ilhomlantiradi va sovuq kunlaringizga aynan o‘sha, kuzgi muhitni qo‘shadi.

Kichkina ayollar

Bu barcha fasllar va har qanday kayfiyat uchun universal film deb hisoblayman. Bu filmni ham juda baxtli, ham juda tushkun holda tomosha qilsam – filmdagi ajoyib aktyorlar mahorati va qiziqarli syujet meni har qanday tashvishlardan darhol ozod qiladi. Garchi bu oilaviy tomosha qiladigan film bo‘lsa-da, men uni yolg‘iz tomosha qilishni yaxshi ko‘raman (va barchaga shuni tavsiya qilaman).

Juli va Juliya. Pazandalik kitobi

Ajoyib Meril Strip ishtirokidagi bu film meni birinchi ko‘rishdayoq yoki, aytishadiku, “birinchi qoshiqdanoq” maftun qildi. Bu ikki qahramon haqida hikoya bo‘lib, ularni parallel haqiqatlarda ovqatga bo‘lgan ishtiyoq va sevgi birlashtiradi. Oshpazlik ularning hayotining markaziga aylanadi va muvaffaqiyatning asosiy manbai bo‘lib qoladi.

13 dan 30 ga

O‘smir yoshdagilar uchun oqshomda tomosha qilish tavsiya qilinadigan romantik komediya. U yerda bugungi melodramalarda yetishmaydigan yengillik – o‘sha Disney ohangi bor. Albatta, film orzu, sevgi va qizlar dunyosi haqida. Uni 23 yoshda ham, 30 yoshda ham qayta tomosha qilish ajoyib hisslarni keltiradi.

Bu ahmoqona sevgi

Taqdirning hazillari va ularning o‘zaro bog‘lanishi haqidagi oilaviy komediya. Rayan Gosling, Emma Stoun, Julianna Mur va Stiv Karell kabi ajoyib aktyorlar bu filmga o‘zgacha yengillik va o‘zaro hamjihat rollar ijrosini qo‘shgan. Bu filmni tomosha qilgandan keyin uzluksiz tabassum qilgingiz keladi.

Vanil osmoni

Eng kutilmagan filmlardan biri bo‘lib, qiziqarli va murakkab syujeti, shuningdek, kutilmagan yakuni bilan ajralib turadi. Umuman olganda, go‘zal Penelopa Kruz uchun uni cheksiz tomosha qilish mumkin. Sevishganlarga yoqishi aniq.

Kuzda ko‘rish uchun o‘zimga belgilab qo‘ygan, hali ko‘rmagan filmlar ro‘yxati bilan ham bo‘lishmoqchiman.

Notting Xill

Bu filmni Juliya Roberts tufayli va 90-yillar filmlarini hamda umuman 90-yillar uslubini yaxshi ko‘rganim uchun tomosha qilaman. Shuningdek, Kinopoisk’dagi 7,3 bahosi ham ma’lum darajada bu filmni aniq tomosha qilish kerakligini ishora qiladi.

Amaliy Sehr

Sandra Bullok va Nikol Kidman ishtirok etgan filmlar hech qachon yomon bo‘lmaydi! Filmda esa sehr mavjudligini ham va’da qilishmoqda, demak yanada zo‘r film bo‘ladi.

Mona Lizaning tabassumi

Yana Juliya Roberts va Kinopoisk’dagi 7,7 bahosi uchun tomosha qilmoqchiman. O‘ylaymanki, bu filmni tomosha qilish uchun sabablar yetarlicha.

Eng yaxshi kuzgi seriallar

Bu seriallarning barchasi haqida eshitgansiz yoki biror qismidan parchalarni ko‘rganingizga aminman. Hatto ular “million” fasldan iborat bo‘lsa ham, men ularni chin dildan yaxshi ko‘raman va qayta-qayta tomosha qilaman.

Doʻstlar

2024-yilgacha undan qochganman. Bu eski va men uchun zerikarli film deb o‘ylardim. Mana, 7 fasldan keyin o‘tirib yig‘layapman, chunki sevimli serialim tugadi va men do‘stlarimni yo‘qotdim. Serial haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda ajoyib liboslarga ilhomlanish mumkin, yosh va zamonaviy Jennifer Enistonni tomosha qilish yoqimli. Uning qahramoni Reychel – mening sevimli obrazim.

G‘iybatchi qizlar

Har kuzda qayta ko‘rgim keladigan serial. Chunki ilhom bu serialning har joyida va har bir qismi: bosh qahramonlarning obrazlari, ajoyib saundtrek, telbalarcha sevgi  sahnalarida mavjud va bularning barchasi go‘zal Nyu-York manzarasi fonida sodir bo‘lishi filmga o‘ziga xos muhit yaratadi.

Umidsiz uy bekalari

Tanishing, bu mening detektiv hikoyalar bilan erkaklar va ayollar dunyosi haqida o‘rgatadigan serialimdir. Uning har bir qismi xuddi psixolog podkasti kabi, ustiga ustak vizual jihatdan ham boy serial hisoblanadi. Bundan tashqari, qahramonlarning muammolarini qanday hal qilishlari menga juda yoqadi, shuningdek, syujetning o‘zi ham qiziqarli va hayratlanarli. Uning yana bir o‘ziga xosligi: serialning har bir faslida shov-shuvli bir ish tergov qilinadi.