7-sentabr: toza havo va “Google” xotira kuni
7-sentabrda chinor bargi Kanadaning rasmiy ramziga aylandi, Moskvada (shaharning 800 yilligi sharafiga) 8 ta “Stalin osmono‘par binolari” poydevori qo‘yildi, “Led Zeppelin” guruhi sahnada ilk bor konsert berdi. Aynan shu kunda Las-Vegasda repchi Tupak Shakurga suiqasd amalga oshirildi. Seulda Janubiy va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol matchi durang bilan yakunlandi. Bu turli yillar bugungi sanasida sodir bo‘lgan muhim voqealar, 7-sentabrda qanday bayramlar bugun taqvimda o‘z aksini topganini quyidagi maqoladan bilib oling.
Toza havo kuni
Toshkentdagi havoning sifati yaxshilanmayapti, ammo biz umidimizni yo‘qotmaymiz. Kuzgi salqinlik kelishi bilan ifloslanish darajasi biroz pasaydi, agar bu ham siz uchun yetarlicha bo‘lmasa, havo tozalagich sotib olishni o‘ylab ko‘rishingiz mumkin. Havo tozalagichlarni qanday tanlash haqida bu yerda yozilgan.
Baliqchilik mutaxassisi kuni
Baliqni ko‘paytirish va saqlash bilan shug‘ullanadigan mutaxassis bayrami. Baliqshunoslarning biz bilan shunday turli vazifalari bor-ki, ular baliqni shunchaki yetishtirishmaydi, balki suv sifatini baholash kabi vazifalari ham bor.
“Google” xotira kuni
Tinchlaning, bu bayramning hech qanday fojiali joyi yo‘q, shunchaki taniqli korporatsiyaning original g‘oyalaridan biri xolos. Ushbu bayramda, 7-sentabrda “Google” maxsus “Doodle” loyihasini chiqaradi va unda mashhur shaxslar hamda eng muhim tarixiy voqealar eslanadi.
Xurmoli keks kuni
Tushuntirishga vaqt yo‘q, keling, kuzning eng esda qolarli taomi bo‘ladigan bu oddiy shirinlikni tezda tayyorlaymiz. Shirinlikning ifori va ta’mi – hammasi bayramni nishonlash uchun shaydir!
Xurmo va yong‘oqli keks retsepti
- Xurmo – 170 g
- Issiq sut – 150 ml
- Sariyog‘ – 100 g
- Shakar – 50 g
- Un – 225 g
- Qabartma – 1 choy qoshiq
- Tuz - bir chimdim
- Yong‘oq – 100 g
Tayyorlanishi:
- Xurmo bo‘laklarini kesib, ustiga issiq sut quyamiz va bir soatga qoldiramiz.
- Alohida idishda shakar, yumshatilgan sariyog‘ va tuxumni aralashtiramiz. Keyin unga sut bilan yumshatilgan xurmolarni qo‘shamiz va aralashtiramiz.
- So‘ngra unga un, qabartma, tuz qo‘shamiz va aralashtiramiz. Oxirida qovurilgan yunon yong‘oqlarni qo‘shamiz.
- Pergament qog‘oz to‘shalgan qolipga solib, pechda 35 daqiqa (180 daraja) pishiramiz. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga asal quyishingiz mumkin.