8-iyul: Oila kuni va Koinot bilan muloqot qilish kuni
8-iyulda oila, muhabbat va sadoqat kuni, shuningdek, koinot bilan muloqot qilish kuni sifatida nishonlanishini bilarmidingiz? Yoningizda eng yaqin va aziz insonlar borligi uchun minnatdor bo‘lish, yaqinlaringizga mehr ulashish, shuningdek, chindan ham aziz bo‘lgan insoningizga sevgi izhor qilish uchun yaxshi muddao. 8-iyulda yana qanday quvonchli bayramlar borligini bugungi taqvimdan bilib oling.
8-iyulda nishonlanadigan bayramlar:
Topib olingan yig‘ma pullar kuni
Bugun o‘z mablag‘laringizni qayta hisoblab, daromad va xarajatlar daftarini tutishingiz, shuningdek, moliyaviy rejalar tuzishingiz mumkin. Agar birinchi millioningizni ishlab topmoqchi bo‘lsangiz, boylikka erishish bo‘yicha layfhaklarni o‘rganish va pulni oqilona saqlashning vaqti keldi.
Allergiyaga qarshi kurash kuni
Chang, oziq-ovqat, gullar yoki boshqa tarkibiy qismlarga allergiya bo‘lish yoqimsiz holat. Agar u yomon ekologiya, ifloslangan havo va biz ta’sir qila olmaydigan narsalar tufayli bo‘lsa – ikki barobar yoqimsiz. Agar siz ham bu kasallikka duch kelgan bo‘lsangiz, mutaxassis bilan maslahatlashing. Hech bo‘lmaganda 8-iyul bayrami sharafiga uning ko‘rigiga yozdiriling.
Ichki bolakay kuni
Ichki bolajoningizga ko‘ngilxushlik qilish, hayotdan zavq olishiga yo‘l qo‘yasizmi? Ehtimol, keragicha emas. Bugun buni rasmiy va ulkan miqyosda amalga oshirish mumkin. Masalan, bolalik orzuingizni ro‘yobga chiqaring yoki hech bo‘lmaganda akvaparkka borib, suvli gorkalardan mazza qilib uchib keling.
Video o‘yinlar kuni
Bu bayram AQShda nishonlanadi, keling biz ham nishonlaymiz. Chunki bizda mashhur, qiziqarli va albatta o‘ziga jalb qiladigan eng zo‘r video o‘yinlar tanlovi tayyor.
Mevali muzchalar kuni
Yog‘li va yuqori kaloriyali muzqaymoqqa ideal alternativa – mevali muzchalardir. Dietada bo‘lganlar va hatto bolalar uchun ham iste’mol qilish mumkin bo‘lgan shirinlik. Faqat meyyorda, chunki uning tarkibida uglevodlar ham mavjud.
8-iyulda kimlar tug‘ilgan?
- Aktrisa Anjelika Xyuston – “Addamlar oilasi”dagi Uensdeyning ilk onasi rolini o‘ynagan aktrisa. Agar 1991-yilda chiqarilgan ushbu filmni ko‘rmagan bo‘lsangiz, tezda buni tuzating, aktrisa Xyuston ijro etgan Martisha Addams roli juda ajoyibdir.
- Rossiyalik rejissyor Karen Shaxnazarov. Uning asarlari ro‘yxatiga “Kuryer”, “Anna Karenina” va boshqalar kiradi.
- Skay Ferreyra. AQShning eng mashhur qo‘shiqchilaridan biri, ijtimoiy tarmoqlar orqali prodyuserlar tomonidan “kashf etilgan” model va aktrisa.