РУ
O’Z
UZS
/
/
Barcha davrlarning TOP 50 ta video o‘yinlari
23.06.2024

Barcha davrlarning TOP 50 ta video o‘yinlari

Barcha davrlarning TOP 50 ta video o‘yinlari

Har yili 10 mingga yaqin o‘yinlar chiqariladi, ammo ularning hech bo‘lmaganda bir nechtasi chiqarilganidan 3-5 yil o‘tgach xotirada qolsa yaxshi bo‘lardi. Shunga qaramay, o‘yin sanoati mavjud bo‘lgan davrda eng yaxshi o‘yinlarning ulkan bir to‘plamini yaratish uchun yetarli loyihalar mavjud. Albatta, bu TOPni mutlaqo to‘g‘ri va aniq deb atash mumkin emas, axir har bir kishi o‘zining asosiy va sevimli loyihalari ro‘yxatiga ega. Biz turli janrdagi va chiqarilgan yillardagi – ba’zi loyihalar mutlaqo yangi, ba’zilari esa qirq yil oldin paydo bo‘lgan o‘yinlarni to‘plashga harakat qildik.

«Counter-Strike 1.6»

  • Janr: onlayn otishma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox

«Half-Lifeм modifikatsiyasi eng mashhur onlayn otishmalardan biriga aylandi. Kartalarning ajoyib muvozanati, turli xil taktikalar, jamoaviy o‘yin hissi – bularning barchasi «Counter-Strike» ni mubolag‘asiz afsonaviy loyihaga aylantirdi.

«CS 1.6» to‘g‘risini aytganda eskirgan va 2012 yilda chiqarilgan «Counter-Strike: Global Offensive» ham shu yil boshidan beri ishlab chiquvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Buning o‘rniga «Valve» endilikda «Counter-Strike 2» ni zamonaviy grafikalar va boshqa o‘zgarishlar bilan chiqardi.

«Quake» seriyasi

  • Janr: birinchi shaxs tomonidan otishma
  • Platformalar: kompyuter, Playstation, Xbox, Nintendo Switch, Sega Saturn

Ushbu shuter o‘z vaqtida inqilob qildi: u to‘laligicha uch o‘lchovli o‘yin bo‘lib, o‘sha paytda (1996 yil) g‘alati bir narsa edi. «Quake» – juda tez ekshen bo‘lib, uning eng diqqatga sazovor tomoni multipleyerligida edi. Natijada, «Quake» birinchi eSPORTS turlaridan biriga aylandi.

Hozirda bu o‘yinning hammasi bo‘lib to‘rtta qismi mavjud bo‘lib, seriyadagi so‘nggi o‘yin – «Quake Champions» shartli-bepul bo‘lgan shuterdir. «Quake 5» ning yaratilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, ammo hali rasmiy e’lon yo‘q.

«Baldur’s Gate» seriyasi

  • Janr: rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 5, Xbox Series S / X

O'yin RPG janrini yorvorib, boshqa shunga o'xshash loyihalar uchun qo'llanma bo'ldi. «Baldur's Gate» o’yini «Dungeon & Dragons» mexanikasiga asoslangan bo'lib, u o'yinning qorong'u dunyosiga mukammal tarzda qo'shishga muvaffaq bo'ldi.

O'tgan yili uzoq kutilgan «Baldur's Gate III» chiqdi va u darhol bir nechta nufuzli mukofotlarda «Yil o'yini» mukofotiga sazovor bo'ldi. RPG to'liq harakat erkinligi va harakatlaringizning keyingi voqealarga kuchli ta'siri bilan ajralib turadi.

«Super Mario Bros.»

  • Janr: platformer
  • Platformalar: NES

Bu bizning tanlovimizdagi eng qadimgi o‘yinlardan biri – u 1985 yilda chiqarilgan, ya’ni deyarli 40 yoshda! «Super Mario Bros.» nafaqat o‘z davrining, balki umumiy asosiy platformerlardan biriga aylandi.

O‘yin chilangar Mario haqida bo‘lib, u Malikani qutqarish yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirishi kerak. Murakkab bo‘lmagan, ammo o‘ziga jalb qiladigan ushbu o‘yin o‘n millionlab foydalanuvchilarni zabt etib, «Mario» franshizasi juda mashhur va muvaffaqiyatli bo‘ldi.

«Total War» seriyasi

  • Janr: qadamma-qadam strategiya; real vaqtda strategiyasi
  • Platformalar: kompyuter

Asosan jang izlayotganlar uchun strategiya bo‘lib – katta, hatto ulkan, yuzlab jangchilar, texnika, turli xil taktikalar va dushmanning oldindan aytib bo‘lmaydigan xatti-harakatlariga boy o‘yindir. Seriya o‘yinlari turli davrlarga bag‘ishlangan: qadimgi Rim (Rome: Total War), XVI asr Yaponiya (Shogun: Total War), o‘rta asr Yevropa (Medieval: Total War), «Warhammer» olamida ham qismlari mavjud.

Barcha «Total War» o‘yinlari uzoq muddatli rivojlanishni, qo‘shnilar bilan munosabatlarni o‘rnatishni va, albatta, ulkan janglarni o‘z ichiga oladi. «Total War» sizga davr ruhini to‘liq his qilish va buyuk qo‘mondon rolini sinab ko‘rish imkonini beradi.

«Minecraft»

  • Janr: «qum qutisi»
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 3-4, PlayStation Vita, Xbox 360, Xbox One, Nintendo 3DS, Nintendo Switch, Nintendo Wii U, iOS, Android

Oddiy, hatto ibtidoiy ko'rinishdagi ushbu o‘yin ham hayratlanarli darajada mashhur bo‘ldi va muvaffaqiyat to‘lqinida «Microsoft Mojang AB» franchayzing va ishlab chiqish studiyasiga bo‘lgan huquqlarni 2,5 milliard dollarga sotib oldi. «Minecraft» o‘yinchiga to‘liq erkinlik beradi: o‘yindagi krafting tizimi tufayli siz tom ma’noda hamma narsani qurishingiz mumkin – masalan, Titanik, «Taxtlar o‘yini» dan Westeros, «Cyberpunk 2077» dagi Nayt Sity.

«Minecraft» tarixdagi eng mashhur o‘yin bo‘lib, 300 milliondan ortiq nusxaga ega. Taqqoslash uchun, hatto «GTA V» ham 185 million nusxada sotilgan. Endilikda qaysi o‘yin o‘rnatilish bo‘yicha «Minecraft» rekordidan o‘ta olishi mumkinligi hali aniq emas.

«Final Fantasy» seriyasi

  • Janr: rol o‘ynash
  • Platformalar: PlayStation oilasi, Xbox oilasi, Nintendo konsollari, mobil platformalar

Ushbu seriyadagi o‘yinlar bir-biri bilan bog‘liq emas, shuning uchun siz birinchi chiqqan yoki zamonaviy qismlaridan o‘ynashni boshlashingiz mumkin. Masalan, yaqinda «Final Fantasy VII» remeyki chiqdi va reyting bo‘yicha u eng muvaffaqiyatli deb hisoblanadi.

Bir guruh qahramonlar odatda dunyoga tahdid soladigan ba‘zi yovuzlarga qarshi kurashadi. Syujetning murakkab bo‘lmagan voqealar rivoji ko‘plab madaniy asarlar va falsafiy mulohazalari olingan hodisalar bilan boyitilgan. O‘yin jarayoniga ko‘ra, bu – qadamma-qadam janglar ketma-ketligiga asoslangan ekshen elementlari bo‘lgan rolli o‘yindir.

«World of Warcraft»

  • Janr: ko‘p o‘yinchilar bilan o‘ynaladigan rolli o‘yin
  • Platformalar: kompyuter

Yigirma yil oldin «Warcraft» olamidagi ko‘p o‘yinchi RPG o‘n millionlab o‘yinchilar uchun yangilik bo‘ldi. U ko‘plab kvestlar, boy janglar, qiziqarli joylar va shunchaki undagi mavjud dunyosi bilan o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda o‘yinga berilib ba‘zan oylar yoki hatto yillar davomida yo‘qolib qolish mumkin.

Butun vaqt davomida «World of Warcraft» uchun o‘nlab qo‘shimchalar paydo bo‘ldi, ularning har biri o‘yinga yangi narsalarni olib keldi. «WoW» madaniy hodisaga aylanib, tarixdagi eng mashhur «MMO» o‘yinlaridan biriga aylandi.

«Mortal Kombat» seriyasi

  • Janr: jangovar o‘yin
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation oilasi, Xbox oilasi, iOS, Android, Nintendo konsollari

Ushbu jangovar o‘yin nafaqat o‘zining qahramonlarning o‘zaro munosabati va rivojlangan koinoti, balki shafqatsizligi bilan ham ajralib turadi. Ta’rifga ko’ra, janrning o‘zi zo‘ravonlikni o‘z ichiga oladi, ammo «Mortal Kombat» buni mutlaq darajaga ko‘tardi. Dushmanning yakuniy oxiriga yetkazilishi, ya’ni fataliti, seriyaning o‘ziga xos xususiyati bo‘ldi: qotilliklar shunchalik o‘ziga xoski, ishlab chiquvchilarning tasavvuriga qoyil qolmay iloji yo‘q.

Agar syujetning o‘zgarishlariga qiziqmasangiz, unda «Mortal Kombat» do‘stlaringiz bilan uchrashuvlar paytida shunchaki o‘yin-kulgi sifatida ishlatilishi ham mumkin. O‘yin juda moslashuvchan bo‘lib, texnikalar kombinatsiyasini yodlab qolishga xojat yo‘q, hatto tugmachalarni shunchaki ketma-ket bosib ham o‘yinda g‘alaba qozonishingiz mumkin.

«Diablo» seriyasi

  • Janr: ekshen/rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 3-5, Xbox One, Xbox Series S / X, Nintendo Switch

Fantaziyali ekshen/RPG aslida o‘z janrining boshlovchisiga aylandi: keyinchalik shunga o‘xshash ko‘plab o‘yinlar paydo bo‘ldi, ammo ularning hech biri asl nusxadan oshib ketolmagan. O‘yin nihoyatda muvozanatli tuzilgan: sinflar turli xil o‘tish uslublarini o‘z ichiga oladi, shuning uchun «Diablo» ni ko‘p marotaba o‘tish mumkin – va bu sizni hech zeriktirib qo‘ymaydi.

O‘yin izometrik kamera ko‘rinishli ekshen bo‘lib, unda biz joylarni ko‘plab mavjudotlardan tozalab, bosslarni o‘ldiramiz va topshiriqlarni bajaramiz. Xuddi shunday so‘zlar bilan o‘nlab action/RPGlarni tasvirlash mumkin, ishoning – «Diablo» hali hanuz ularning fonida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

«Fallout: New Vegas»

  • Janr: rol o'ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, PlayStation 3

2008 yilda «Fallout» baland ovozda qaytib keldi: uchinchi qism, ma’lum bir shubhalarga qaramay, muxlislar tomonidan ikkinchi o‘yin paydo bo‘lganidan beri o‘n yil davomida orziqib kutilgan «Fallout» edi. Ammo «Fallout 3» ning ijobiy otzivlariga qaramay, muxlislar tomonidan ko‘pincha seriyaning eng yaxshi o‘yini sifatida «New Vegas» deb tan olinadi.

«New Vegas» aslida «Obsidian Entertainment» studiyasi tomonidan «Bethesda» («Fallout 3» nashriyoti va ishlab chiqaruvchisi) «TES V: Skyrim» bilan band bo‘lgan paytda yaratilgan. O‘yin ochiq dunyoni o‘rganish, mini-hikoyali turli xil kvestlardan o‘tish, post-apokalipsis muhiti va kuchli obro‘-e‘tibor ta’siri bilan ajralib turadi – fraksiyalar bilan bo‘lgan munosabatlaringiz o‘tishni osonlashtirishi va qiyinlashtirishi mumkin.

«Limbo»

  • Janr: boshqotirma, platformer
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3, PlayStation Vita, Nintendo Switch, iOS, Android

Mustaqil «Playdead» studiyasining qora va oq jumboqli o‘yini – ijodiy qiyinchiliklarga boy bo‘lgan, javoblar o‘rniga ko‘proq savollar tug‘diradigan syujetli ajoyib hikoyadir. «Limbo» dagi zulmatli stilistika, turli xil jumboqlar va bir o‘ynagandanoq o‘yin dunyosiga sho‘ng‘ishga undaydigan maxsus muhit mavjud. Platformer ko‘plab, shu jumladan vizual ijro uchun mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

«StarCraft 2»

  • Janr: real vaqt strategiyasi
  • Platformalar: kompyuter

Aslida, bu bitta o‘yin emas, balki uchta o‘yin – «Wings of Liberty», «Heart of the Swarm» va «Legacy of the Void». «Blizzard» ishlab chiquvchilari «StarCraft» olamidagi har bir irqga: odamlar, Zerg va Protossga alohida o‘yin bag'ishladilar.

Strategiya dinamik janglar va turli xil vazifalar bilan ajralib turadi: ba’zan mudofaani ushlab turishingiz, ba’zan hujum qilishingiz, gohida esa konvoylarni kuzatib borishingiz kerak – taktika ham turli dushmanlarga qarshi turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, «Blizzard» chiroyli videolar va unutilmas personajlar bilan qiziqarli syujetni yanada boyitdi.

«The Sims» seriyasi

  • Janr: hayot simulyatori
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation oilasi, Xbox oilasi, GameCube, Game Boy Advance, Nintendo DS, mobil platformalar

Kimdir «hayot simulyatori» eng yaxshi o‘yinlar ro‘yxatida? deb yoqtirmay hayron qolishi mumkin. G‘alati bo‘lsa-da, ha. «The Sims» ulkan tirajga ega bo‘ldi (ba’zi ma‘lumotlarga ko‘ra, taxminan 200 million nusxada) va qaysidir ma’noda fenomenga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yindagi qahramonlarga turli xil virtual hayotni tashkil qilish, uy sotib olish, munosabatlar o‘rnatish, martabasini rivojlantirish juda qiziq ekan. Bundan tashqari, bu o‘yin tom ma’noda hamma uchun: u otishmalarning aniqligi, poyga reaktsiyalarining tezligi, strategiyalarning bashoratini talab qilmaydi. Hozirgi vaqtda oxirgi bo‘lgan «The Sims 4» qismi o‘yinning ba’zi jihatlarini yanada yaxshilaydigan ko‘plab qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan.

«Doom» seriyasi

  • Janr: birinchi shaxs tomonidan otishma
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation oilasi, Xbox oilasi, Nintendo Switch, mobil platformalar

1993 yilda «Doom» aslida birinchi shaxs otishmalarining butun janriga o‘ziga xos asoslarni o‘rnatdi. O‘yin bir zumda kultga aylanib, o‘sha davrning ko‘plab ekshenlari «Doom» dan nusxa olar edi. Syujet maksimal darajada sodda: Mars kosmik stansiyasida ilmiy tajriba natijasida boshqa dunyoga Portal ochiladi, u yerdan jinlar va boshqa mavjudotlar to‘dasi kirib keladi. Qahramonning vazifasi tahdidni bartaraf etishdir.

2004 yilda chiqarilgan «Doom 3» dan so‘ng, seriya uzoq vaqt jim bo‘lib qoldi, faqat o‘n ikki yildan keyin qaytib keldi. 2016 yilgi «Doom» modeli – o‘zida «eski maktab» ruhi va zamonaviy geympleyni muvaffaqiyatli birlashtirgan jangovar shuterdir.

«Silent Hill» seriyasi

  • Janr: xorror
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation oilasi, Xbox oilasi, Nintendo Wii, Game Boy Advance

Ushbu franshiza o‘yinlari asosan «xorror» janri uchun standartlarni belgilab berdi. Deyarli barcha qismlar, ko‘pincha dahshatli filmlarda bo‘lgani kabi, doimo har xil qo‘rqinchi hodisalar sodir bo‘ladigan Silent Hill kichik shaharchasida bo‘lib o‘tadi. 

Qahramonlar nafaqat dahshatlar orasida omon qolishlari, balki ko‘pincha o‘z hayotlarini qayta ko‘rib chiqishlari kerak – «Silent Hill» nafaqat o‘yin jihatidan dahshatli epizodlari bilan, balki puxta ishlab chiqilgan ekshenlari bilan ham barchaga mamnun bo‘ladi.

«Fable» seriyasi

  • Janr: ekshen / rol o'ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox oilasi

Ushbu o‘yin boshqa RPGlar – «The Elder Scrolls», «Gothic», «The Witcher» kabilardan juda farq qiladi. Afsonaviy atmosfera, ochiq-oydin yaramas va begunoh qutqaruvchi qahramon bo‘lish imkoniyati, harakatlaringiz qahramonning o‘ziga kuchli ta’siri – bularning barchasi «Fable» ni RPGlarning umumiy fonida o‘ziga xos tarzda ajratib turadi. Masalan, agar qilichni ko‘p ishlatsangiz, unda qahramoningiz sehrgar yoki kamonchi bilan taqqoslaganda tashqi ko‘rinishidan kattaroq va kuchliroq bo‘ladi, agar ovqatga ko‘p tashlanib tursangiz, personajingiz tez ovqatlanish restoranlarining muntazam qatnovchisiga o‘xshab qoladi.

«Star Wars Knights of the Old Republic II: The Sith Lords»

  • Janr: rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox, Nintendo Switch, iOS, Android

Bu ulkan dunyo, qiziqarli qahramonlar, harakat erkinligi va afsonaviy kosmik dostonning atmosferasi bilan «Yulduzli urushlar» olamidagi ulkan RPGdir. «K. O. T. O. R. 2» ga boshida, xatolari uchun tanbeh berishgan bo‘lsa-da, umuman olganda, bu tanqidchilar va foydalanuvchilarning baholariga ta‘sir qilmadi: o‘yin doimiy ravishda eng yaxshi RPGlarning barcha turlariga kirib, o‘zining yoshiga qaramay, o‘yin industriyasida muhim loyiha hisoblanadi.

«Left 4 Dead»

  • Janr: kooperativ shuter
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360

O‘yin qaysidir ma’noda kooperativ zombi otishmalari uchun standartlarni o‘rnatdi va keyinchalik shunga o‘xshash ko‘plab boyeviklar paydo bo‘ldi. O‘yin mavzusi juda oddiy: zombi apokalipsisi sodir bo‘ldi, to‘rtta qahramon jangari joylardan o‘tib, evakuatsiya nuqtasiga yetib borishlari kerak. Muammo shundaki, bu joylarda zombilar shunchalik ko‘pki, ba‘zida ular to‘lqinlar kabi oqib kelganda, qahramonlar mudofaani ushlab turishlari kerak, bundan tashqari, ba’zida noyob xususiyatlarga ega dushmanlar ham paydo bo‘lib turadi. 

«Left 4 Dead» ning yagona minusi – u haqiqatan ham faqat haqiqiy o‘yinchilar bilan (botlarsiz) birgalikda o‘ynaganda asl mazmuni ochiladi va shu o‘rinda birgalikda harakat qilishingiz muhimdir.

«Heroes of Might & Magic III»

  • Janr: qadamma-qadam strategiya
  • Platformalar: kompyuter, iOS, Android

«Qahramonlar» seriyasi umuman olganda juda mashhur bo‘lib, uning har bir qismi o‘ziga xos tarzda yaxshidir. Ammo, ko‘pchilik muxlislar seriyaning «eng-eng» o‘yini haqida so‘rashganda, albatta uchinchisini aytishadi. «Heroes III» 1999 yilda chiqarilgan bo‘lishiga qaramay hali ham mashhurdir. Buning siri nimada? Puxta o‘ylangan muvozanat va rivojlanib borish tizimi, o'yinning qiziqarli dunyosi bilan o‘ziga jalb qiladigan ketma-ketlikka asoslangan janglaridadir.

«Tetris»

  • Janr: boshqotirma
  • Platformalar: istalgan

Sovet dasturchisi Aleksey Pajitnov 1984 yilda mubolag‘asiz dunyoni o‘zgartirgan o‘yinni yaratdi. «Tetris» mashhur nomga aylanib, son-sanoqsiz klonlar va shunga o‘xshash mexanikaga ega boshqa o‘yinlar paydo bo‘ldi. Shubhasiz, bu tarixdagi eng mashhur video o‘yinlardan biridir.

«Civilization» seriyasi

  • Janr: global bosqichma-bosqich strategiya
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation oilasi, Xbox oilasi, Nintendo konsollari, iOS, Android

O‘yin o‘zingiz istagan sivilizatsiyani tanlab, u bilan butun yo‘lni bosib o‘tishga imkon beradi: qadim zamonlardan to hozirgi kungacha va hatto kelajak sivilizatsiyalari. Yo‘lda ko‘p narsalarga duch kelasiz: urushlar, diplomatik muzokaralar, har xil inqirozlar, sayyoradagi quyosh ostidagi joy uchun kurash.

Bu keng qamrovli seriya bo‘lib, ko‘pchilik, hatto ketma-ketlikka asoslangan strategiyalardan uzoqda bo‘lgan o‘yinchilarga ham yoqadi. «Civilization» ning so‘nggi, oltinchi qismi 2016 yilda chiqarilgan.

«Splinter Cell: Chaos Theory»

  • Janr: yashirin ekshen
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 2-3, Xbox, Xbox 360, Xbox One, GameCube, Nintendo Ds / 3DS

Agent Sem Fisher haqidagi ayg‘oqchi maxfiy ekshenlar seriyasi qariyb unutilgan: oxirgi qism (Splinter Cell: Blacklist) 2013 yilda chiqarilgan. U ajoyib boyevik bo‘lsa-da, biz «Chaos Theory» ni 2005 yilda chiqarilgan – seriyadagi uchinchi o‘yinni TOP 50 ta o‘yinlar ro‘yxatiga kiritdik.

«Uddalab bo‘lmas topshiriq» uslubidagi syujet – texnogen tahdidlar, turli darajalar, topshiriqni to‘liq maxfiy bajarish yoki darhol hammani otishlarni o’z ichiga olgan «Splinter Cell: Chaos Theory» boshidan oxirigacha ajoyib o‘yindir.

«FlatOut 2»

  • Janr: avtopoyga
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 2, PlayStation Portable, Xbox

Arkada poygasi shikastlanishlarning jismoniy modeli bilan taassurot qoldiradi: bu yerda mashinalar tom ma’noda ulkan tugunga aylanadi, kuchli zarbalarda esa haydovchi old oynadan uchib ketishi ham mumkin. O‘yinda asosiy poygalardan tashqari, avtoulovlarni amalga oshiradigan boshqa ko‘plab rejimlar ham mavjud. Va, albatta, derbi rejimi: hamma bir-biriga qarshi, g‘olib qolgan barcha mashinalarni yo‘q qilib, o‘zini saqlab qolishi kerak. Hozircha seriyaning so‘nggi qismi «Wreckfest» deb nomlanadi.

«The Elder Scrolls V: Skyrim»

  • Janr: rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 3-5, Xbox 360, Xbox One, Xbox Series S / X, Nintendo Switch

«The Elder Scrolls» – barcha davrlarning eng yaxshi RPG seriyalaridan biridir. Har bir yangi qismning chiqarilishi o‘yin industriyasida muhim voqea bo‘lib, «Skyrim» ham bundan mustasno emas edi. Bu yuzlab soatlik ulkan o‘yin, tasavvur qilib bo‘lmaydigan miqdordagi kvestlar, voqealar rivoji va qiziqarli hikoyalar to‘plamidir. Dastlabki daqiqalardanoq o‘ziga jalb qilib, hech qachon qo‘yib yubormaydigan kam sonli o‘yinlardan biri desak mubolag‘a bo'lmaydi.

Barcha harakatlar Shimoliy mintaqada bo‘lib o‘tadi va «Skyrim» ning o‘ziga xos xususiyati ajdaho bilan jangi bo‘ldi – ular yaxshigina asabga tegishlari mumkin. Agar siz bir necha oy davomida jonga tegmaydigan o‘yinni qidirayotgan bo‘lsangiz, «Skyrim» eng yaxshi tanlovlardan biri bo‘ladi.

«Gothic» seriyasi

  • Janr: rol o'ynash
  • Platformalar: kompyuter, Nintendo Switch, PlayStation 3-4, Xbox 360

O‘zining harakat erkinligi va ochiq dunyosi bilan qamrab oladigan yana bir ulkan RPG seriyasi. Garchi barcha qismlar muvaffaqiyatli bo‘lmasa-da, «Gothic 3» chiqqanida ko‘p «qotgan» bo‘lsa ham, texnik muammolarga qaramay, seriya kult deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda original «Gothic» ning remeyki ishlab chiqilmoqda, uning relizi 2024 yilda chiqishi kutilmoqda.

«The Legend of Zelda» seriyasi

  • Janr: sarguzashtli ekshen
  • Platformalar: Nintendo konsollari

Seriya 1986 yilda, birinchi qismi chiqarilganidan ish boshlagan. O‘shandan beri o‘ttizga yaqin o‘yinlari chiqarildi. Bu rang-barang sarguzashtli ekshen bo‘lib, o‘yinning muhim qismi dunyoni o‘rganish va barcha turdagi muammolarni hal qilishdir. Deyarli barcha qismlar tanqidchilar va foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi. Seriyadagi so‘nggi o‘yin, «The Legend of Zelda: Tears of The Kingdom» ham ko‘plab mukofotlar va sharhlovchilarning zavqini to‘pladi.

«Forza Horizon 5»

  • Janr: avtopoyga
  • Platformalar: kompyuter, Xbox One, Xbox Series S / X

«Forza» franshizasi ikkita seriyaga bo‘lingan: «Forza Motorsport» simulyatori va «Forza Horizon» arkadasi. Ikkinchisi o‘yinchiga nisbatan kamroq talabchan bo‘lib, klassik modellar va zamonaviy sport avtomobillari va krossoverlar kabi turli sinflarning hashamatli avtomobillarida eng chiroyli joylarda sayohat qilish imkoniyatini beradi.

«Forza Horizon 5» Meksikada bo‘lib o‘tadi va ishlab chiquvchilar bu mamlakatni turli joylar: shaharlar, serpantinlar, o‘rmonlar va qorli hududlar mavjudligi uchun tanlaganlar.

«Deus Ex: Human Revolution»

  • Janr: yashirin eshken, rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, PlayStation 3, Nintendo Wii U

O‘yinda texnologiya insonlarga chiplar va ularning qobiliyatlarini yaxshilashga qodir bo‘lgan boshqa gadjetlarni kiritish uchun kelgan yaqin kelajak namoyish etilgan. Nima noto‘g‘ri sodir bo‘lishi mumkin? «Deus Ex. Human Revolution» voqealarida ko‘rsatilganidek, chiqarilish vaqti bo‘yicha uchinchi, ammo koinot xronologiyasi bo‘yicha seriyadagi birinchi o‘yindir. Bosh qahramon inson tanasini yangilash bilan shug‘ullanadigan korporatsiyaning yovuz ishlarini bilib qoladi. Chiroyli reklama ortida, albatta, biz fosh qiladigan ko‘plab qotillik va boshqa jinoyatlar yashiringan.

«Thief» seriyasi

  • Janr: yashirin ekshen
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3-4

Yashirin ekshenlar O‘rta asrlarning qorong‘u muhitida sodir bo‘ladi. Bizning qahramonimiz Garrett o‘g‘ri bo‘lib, u eng qo‘riqlanadigan binoga yashirincha kirib, qo‘riqchining ko‘zi ostidan mijoz uchun juda qimmatli narsani o‘g‘irlashi kerak bo‘ladi.

Vazifani yengillashtirish uchun Garrett o‘qlaridan nafaqat yo‘lda turgan raqiblarni yo‘q qilish, balki ularni chalg‘itish uchun ham foydalanadi. Masalan, suv kapsulali o‘q mash’alarni o‘chirishi, yonib turgan o‘q esa, aksincha, kichik olovni keltirib chiqarishi va soqchilarni chalg‘itishi mumkin. Dastlabki uchta qism hozirda juda eskirgan ko‘rinadi, ammo hozirgi vaqtda so‘nggi bo‘lgan o'yin 2014 yilda chiqarilishiga qaramay hali ham dolzarbdir.

«Half-Life 2»

  • Janr: birinchi shaxs tomonidan otishma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox, Xbox 360, PlayStation 3

«Valve» studiyasi o‘yinlarni kamdan-kam hollarda chiqaradi, ammo to‘g‘ri nishonga tegirib chiqaradi – uning deyarli har bir yangi loyihasi boshqa kompaniyalar uchun yangi marra va orientir nuqtasini belgilaydi. «Half-Life 2» reliz paytida ayniqsa o’zining fizikasi bilan ajralib turardi: o‘yin obyektlari tomoshabinlarga real munosabatda bo‘lishdi, bundan tashqari, ular o‘sha davrdagi ko‘plab otishmalardan farqli o‘laroq, joyga «yopishtirilmagan» edi.

Chiqarilganiga 20 yil o‘tgan bo‘lsa-da ushbu shuter – o‘zining turli xil otishmalar va vazifalari, original syujeti bilan foydalanuvchilarga hanuz qiziqarli. Shuningdek, uning ikkita – «Episode One» va «Episode Two» qo‘shimchasini o‘tkazib yubormang.

«Far Cry 3»

  • Janr: birinchi shaxs tomondan otishma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3-4

Faqat uchinchi qismga kelib, «Far Cry» to‘liq namoyish etildi va bu muvaffaqiyatsiz «Far Cry 2» dan keyin ayniqsa shodiyona voqea bo‘ldi. Trikuel nihoyat kerakli darajada ishladi: endi o‘yinda xarizmatik yovuz odam, katta ochiq dunyo, personajni rivojlantirish uchun obyektlarni yaratishda o‘ylangan tizim, missiyalarning bir xil bo‘lmagan o‘tish usullari mavjud. Agar biron sababga ko‘ra hali bu seriyani o‘ynab ko‘rmagan bo‘lsangiz, darhol «Far Cry 3» dan boshlashingiz mumkin – u o‘z yoshiga qaramay, sizga aniq yoqadi.

«Portal»

  • Janr: boshqotirma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, PlayStation 3, Nintendo Switch, Android (Nvidia Shield)

O‘yin birinchi marta «The Orange Box» to‘plamida chiqarilgan, u yerda «Half-Life 2», unga qo‘shimcha sifatida «Team Fortress 2» tarmoqli shuteri ham kiritilgan. «Portal» – jumboqli oddiy o‘yin bo‘lib, sizni yaxshigina bosh qotirishga majbo‘r qiladi. Qahramonimiz Chellda kirib chiqadigan Portal yaratadigan to‘p bor. Darajalar oddiy ko‘rinadigan mexanikaga asoslangan, ammo «Portal» dastlab ko‘ringani kabi oddiy o‘yin emas. 2011 yilda asl nusxaning muvaffaqiyatini mustahkamlagan holda ikkinchi qismi chiqdi.

«It Takes Two»

  • Janr: platformer
  • Platformalar: kompyuter, Xbox One, Xbox Series S/X, Nintendo Switch

Agar siz va juftingiz ashaddiy geymer bo‘lmasangiz, bu o‘yin juftingiz bilan aloqalaringizni yaxshilab olish, umuman olganda birga vaqtichoqlik qilish uchun mukammal o‘yindir. «It Takes Two» – er-xotin munosabatlaridagi inqiroz haqidagi hikoyadir. Muayyan bir vaziyatga tushib, ular birgalikda harakat qilishga, bir-birlariga yordam berishga majbur bo‘lishadi va shu bilan qahramonlar sherigiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradilar.

O‘yinda juda ko‘p qiyinchiliklar va jumboqlar mavjud, ammo ularning aksariyati osonlikcha hal qilinadi. Bundan tashqari, siz boshqotirmalardan faqat juftlikda o‘tishingiz mumkin – barchaga ma‘lumki, kuch birlikda. «It takes Two» bonuslaridan yana biri uning «The Game Awards» mukofotidagi «2021 Yil o‘yini» sovrinidir.

«Metal Gear Solid» seriyasi

  • Platformalar: PlayStation oilasi, kompyuter va Xbox oilasi (o‘yinning o‘ziga xos qismiga qarab)

Ushbu kult seriya tayyorgarlik ko‘rmagan o‘yinchi uchun qiyin bo‘lib tuyulishi mumkin: o’yin asoschisi Hideo Kodzima murakkab hikoyalar, xarizmatik personajlar, fitnalar va xiyonatlar mavjud bo‘lgan o‘ziga xos koinotni yaratdi. «Metal Gear Solid» – josuslik janridagi maxfiy ekshen bo‘lib, u yerda drama va tarixning kutilmagan burilishlari va ba’zida siz odatdagidek qabul qiladigan mutlaqo tushunarsiz narsalar  ham bor edi (axir bu Kodzimaku).

Bu yil «MGs 3: Snake Eater» remeyki kutilmoqda, u seriyada birinchi bo‘lib turadi va o’yin muxlislari uning chiqishini kutishmoqda. So‘ng asosiy qismlardagi voqealar «MGS V: The Phantom Pain» da sodir bo‘ladi – u sizni o‘zining topshiriqlarni bajarish erkinligi va ochiq dunyoning moslashuvchanligi bilan hayratda qoldirishi aniq.

«Dark Souls» seriyasi

  • Janr: ekshen, rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3-4, Nintendo Switch

Yaponiyaning «From Software» studiyasining o‘yinlari zamonaviy standartlarga zid ravishda amalga oshiriladi: agar boshqa ekshenlar va RPGlar foydalanuvchi uchun ko‘p narsani kechirib, unga har tomonlama yordam bersa, «Dark Souls» esa tom ma’noda sizning raqibingizdir. Haddan tashqari murakkablik sizni qo‘rqitishi mumkin, ammo agar siz ba’zi bosslarning barcha odatlari va zarbalarini puxta o‘rganib chiqib o‘nlab marta yutishga tayyor bo‘lsangiz – «Dark Souls» sizni ancha vaqtga sizni o‘ziga bog‘lab oladi.

Ushbu ekshen/RPG bir zumda kultga aylanib, «From Software» tomoshabinlarining xohish-istaklarini tushunib, yana bir nechta shunga o‘xshash o‘yinlarni chiqardi: «Bloodborne» o‘zining estetikasi bilan ajralib turadi, «Elden Ring» esa «The Game Awards» da «2022 yil o‘yini» ga aylandi.

«BioShock» seriyasi

  • Janr: birinchi shaxs tomonidan otishma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3-4, Nintendo Switch, iOS, Android

O‘yin dizayneri Ken Levin «System Shock» o‘yinlari bilan mashhur bo‘lib, «BioShock» uchun u o‘zining o‘tmishmali hit o‘yinidan ba’zi muhim elementlarni oldi. Bu o‘ziga xos atmosferaga ega bo'lgan juda noodatiy shuterdir. Oltmishinchi yillarda bosh qahramon dunyo elitasi uchun yaratilgan suv osti shahriga tushib qoladi. Bir kuni nimadir sodir bo‘lib, Metropol aholisi aqldan ozadi. Biz shaharning barcha qorong‘u sirlarini o‘rganib olib, qochishga harakat qilishimiz kerak.

«BioShock» ulkan muvaffaqiyatga erishib, uch yildan so‘ng, 2010 yilda uning davomi «Bioshock 2» chiqdi. So‘ng voqealar suv ostid emas, balki bulutlar orasi – havo shahrida sodir bo‘ladigan «BioShock Infinite» paydo bo'ldi. 

«Uncharted» seriyasi

  • Janr: sarguzashtli ekshen

Platformalar: PlayStation 3-5, PlayStation Vita, kompyuter (Uncharted: o‘g‘rilar to‘plamining merosi), Android (Uncharted: Fortune Hunter)

Agar «Indiana Jons» uslubidagi filmlarni yaxshi ko‘rsangiz, «Uncharted» sizga yoqishi aniq. U qadimiy xazinalarni qidirish, o‘tmish sirlarini ochish va har xil muammolarni hal qilishlarga boy boyevikdir. 

Qahramonlarning sarguzashtlarini kuzatib borish qiziqarli, o‘yin jarayoni sizni doimiy ravishda yangi sharoitlarga olib kelib, postanovkadagi ba’zi ekshen epizodlar Gollivud blokbasterlaridan hech qolishmaydi.

«The Last of US» seriyasi

  • Janr: harakat
  • Platformalar: PlayStation 3-5, kompyuter (The Last of US: Part Two)

Ushbu o‘yin «Uncharted» seriyasini ishlab chiqqan «Naughty Dog» studiyasining yana bir yangiligidir. «The Last of US» ning janri butunlay boshqacha. Bu apokalipsis haqidagi dramatik hikoya bo‘lib, unda inson tabiati yuqtirgan odamlarni zombilarga aylantiradigan qo‘ziqorinlarga qaraganda ancha dahshatli ekanligi yoritilgan.

Syujet markazida Elli ismli qiz va o‘rta yoshli erkak Joelning hikoyasi bo‘lib, u o‘smirga ma’lum bir topshiriq uchun hamrohlik qiladi. «The Last of US» – o‘yinlarni ham kino bilan bir qatorda san’at deb hisoblashning asosiy dalillaridan biridir.

«Grand Theft Auto» seriyasi

  • Janr: ekshen
  • Platformalar: kompyuter, Xbox oilasi, PlayStation oilasi, Nintendo konsollari, mobil platformalar

Ushbu o‘yinlarni tanishtirishga hojat yo‘q: hatto o‘yinlardan yiroq inson ham «GTA» haqida eshitmagan bo‘lishi dargumon. Va buning sabablari bor: «Rockstar» studiyasi har safar jonli va ochiq dunyoda jinoyatchilikning yaxlit va hayajonli hikoyasini taqdim etishga qodir.

Ishlab chiquvchilar ko‘pincha ikonik davrlar va filmlarga e’tibor berishadi: «Vice City» da «Scarface» ning ta’siri borligini kuzatish mumkin, «GTA V» da esa qaroqchilar haqidagi jangovar filmlardan olingan sahnalar mavjud – masalan, epizodlardan biri bosh rollarda Al Pacino va Robert De Niro ishtirokidagi «Scrum» filmidagi inkassatorlarga qilingan hujumni deyarli so‘zma-so‘z takrorlaydi. «GTA» ning har bir qismining chiqarilishi mubolag‘asiz o‘yin sanoatidagi yilning voqeasidir. Hozirda «GTA VI» ishlab chiqilmoqda, u 2025 yilda sotuvga chiqariladi.

«Mass Effect» seriyasi

  • Janr: ekshen, rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, PlayStation 3-4, Nintendo Wii U, mobil platformalar

«Bethesda» kosmik dostoni o‘zining ishlash janri bilan hayratda qoldiradi. Har bir personaj o‘z tarixiga ega bo‘lib, ko‘p jihatdan keyingi voqealar – syujet qanday davom etadi, kimdir tirik qoladi yoki o‘ladi (ba‘zan o‘yinchi sababli), barchasi bizning harakatlarimizga bog‘liq.

«Mass Effect» bu bir vaqtning o‘zida syujetga e’tibor qaratib, nima qilayotganimizni unutmaslikka undaydigan ulkan o‘yindir. Ishlab chiquvchilar nafaqat keng qamrovli hikoyani yaratdilar, balki uni ko‘plab qiziqarli voqealar bilan ham to‘ldirdilar. Ba’zida otishmalar monoton bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu umumiy taassurotga yomon ta’sir qilmaydi. Agar siz ushbu seriyani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz – asosiy trilogiyani bir o‘ynab ko‘rishingizga arziydi.

«Witcher 3: Yovvoyi Ov»

  • Janr: rol o‘ynash
  • Platformalar: kompyuter, Xbox 360, Xbox One, Xbox Series S / X, PlayStation 3-5, Nintendo Switch

«Witcher» ning birinchi qismi Polshaning «CD Projekt RED» studiyasi uchun o‘zini sinab ko‘rish edi, ikkinchisi yaxshi bo‘lsa-da, ba’zi joylari bahsli o‘yin edi. Ammo uchinchisi, «Yovvoyi ov» – haqiqiy mualliflik o‘yiniga aylandi. Gigant dunyo, qiziqarli qahramonlarning ko‘pligi, jozibali syujet va, albatta, nihoyatda xarizmatik qahramon – jodugar Geralt, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashda reflekslarini kuchaytirish uchun eliksirlardan foydalanadigan mutant odam, bularning barchasi o‘yinning o‘ziga jalb qiladigan xususiyatlaridir.

«Witcher 3» – yuzlab soatlik sarguzasht bo‘lib, agar siz u yerdagi hamma narsani batafsil o‘rganib, ikkinchi darajali topshiriqlarni bajarsangiz (ularning deyarli har biri sizning tanlovingizga qarab har xil yakunlarga ega bo‘lgan alohida mini-hikoyalar) shunchaki shafqatsiz va jinoyatga boy, ammo o‘ziga tortadigan o‘yin dunyosida yashashingiz mumkin.

«Painkiller»

  • Janr: birinchi shaxs tomonidan otishma
  • Platformalar: kompyuter, Xbox

Ushbu o‘yin unutilgan bo‘lishiga qaramay, o‘z vaqtida kutilmagan darajada ajoyib bo‘lib chiqdi. Syujet murakkab emas: bosh qahramon rafiqasi bilan avtohalokatda vafot etadi. Pokxonada paydo bo‘lganda, bizga shartnoma taklif qilinadi: agar siz bu dunyoning  «bosslar» ini o‘ldirsangiz, qahramon Jannatga kirib, xotini bilan birlashishi mumkin.

«Painkiller» – turli xil qurollar, o‘z davri uchun qiziqarli fizika va o‘ziga xos bosslarga ega bo‘lgan «qonli» otishmadir. O‘yin uncha mashhur bo‘lmadi, ammo tanqidchilar va foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi.

«Max Payne» seriyasi

  • Janr: ekshen
  • Platformalar: kompyuter, Xbox oilasi, PlayStation oilasi, mobil platformalar

Ekshen klassik «Noir» uslubida amalga oshiriladi: o‘yinda deyarli har doim tun va tashqarida yomg‘ir yog‘adi, chiroqlar o‘chirilgan, atrof umidsizlik, qotillik, iflosliklar va jinoyatchilikka to‘la. Detektiv Maks Peyn oilasini yo‘qotadi – jinoyatchilar xotini va bolasini o‘ldirishdi. Qahramon aybdorlarni izlashga kirishib, asta-sekin uyushgan jinoyatchilik va politsiyaning ko‘plab yovuz sirlarini bilib oladi.

«Max Payne» nafaqat o‘zining ajoyib syujeti, balki o‘yin jarayoni bilan ham ajralib turadi: o‘yin o‘q otish paytida vaqtni sekinlashtirish effektini faol ishlatilgan ilk o‘yinlardan biri bo‘ldi. Uning davomi, «Max Payne 2: The Fall of Max Payne», birinchi original o‘yinning muvaffaqiyatini mustahkamladi. Uchinchi qismi esa to‘qqiz yildan keyin paydo bo‘ldi – unda bosh qahramonning tarjimai holi davom ettiriladi.

«Gran Turismo» seriyasi

  • Janr: avto simulyator
  • Platformalar: PlayStation oilasi

Ushbu o‘yin eng mashhur va yirik avtopoyga seriyalaridan biridir. Murakkablikni sozlash tizimi har bir o‘yinchiga o‘yindan maksimal darajada zavq olish imkonini beradi: panjaraga urilib to‘xtashni sevuvchilardan tortib, simulyator muxlislarigacha birdek yoqishi aniq.

Avtomobillarni sinchkovlik bilan o‘rganish, chiroyli yo‘llar, ko‘plab mashinalar sinflari va poyga turlari – o‘yinda deyarli hamma narsa mavjud. Bundan tashqari, eng muhimi, «Gran Turismo» o‘yinchini o‘z-o‘zidan avtomobillar dunyosiga singdiradi: axir unda mashinalarga unchalik qiziqmaydiganlar uchun ham qiziqish uyg‘otadigan batafsil tarixiy ma’lumotlar mavjud.

«God of War» (2018)

  • Janr: ekshen
  • Platformalar: PlayStation 4, kompyuter

«God of War» seriyasi 2005 yilda PlayStation 2 davrida paydo bo‘lgan. Qadimgi Yunon xudolaridan qasos olgan spartalik Kratosning hikoyasi shafqatsiz, rahmsiz, qonli va ekshenlar bilan quvvatlangan bo‘lib chiqdi. Uchta asosiy qism va bir nechta kichik qismlardan so‘ng, «Santa Monica Studio» ishlab chiquvchilari seriyani qayta ko‘rib chiqishga qaror qilishdi. Va 2018 yilda chiqarilgan yangi «God of War» o‘yin Oskari deb hisoblanadigan «The Game Awards» da yil o‘yini bo‘ldi.

«God of War» (2018) o‘zida ko‘plab o‘yin mexanikalarini, ajoyib janglarni, qiziqarli jumboqlarni va sodir bo‘layotgan voqealarning epikligini birlashtiradi. Kratos o‘g‘li Atrey bilan birga aql bovar qilmas joylarga tashrif buyurib, ulkan yirtqich hayvonlar bilan jang qiladi, bir nechta jumboqlarni yechib, o‘tmishining sirlarini ochadi – bu yerda qahramon nafaqat qotil hayvon, balki juda murakkab va qarama-qarshi xususiyatlarga ega insondir (aniqrog‘i, yarim Xudo). 2022 yilda chiqarilgan «God of War: Ragnarok» – to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning davomi bo‘lib, u ham ko‘rib chiqishga arziydigan o‘yindir.

«Red Dead Redemption 2»

  • Janr: ekshen
  • Platformalar: kompyuter, PlayStation 4, Xbox One

Aynan shu o‘yin «The Game Awards» da 2018 yilda «God of War» ga «Yil o‘yini» mukofotini berdi. Garchi bu o‘yinlarning ikkalasi ham so‘zsiz beqiyos bo‘lsa-da, ko‘pchilik uchun eng yaxshi versiya aynan «RDR 2» edi. «Rockstar» studiyasi tomonidan ijro etilgan vestern o‘zining xarizmatik qahramonlari, dramatik syujeti va Yovvoyi G‘arbning go‘zalligi bilan hayratlantiradi.

O‘z yo‘lining to‘g‘riligiga shubha qila boshlagan tajribali qaroqchi Artur Morganning hikoyasi o‘yinchini bir necha bor hayratda qoldirib, hayot haqida o‘ylashga majbur qiladi. «RDR2» 70-80 soat davomida sizni o‘ziga bog‘lab olishi mumkinki, siz hatto o‘yinni shuncha ko‘p vaqt o‘ynaganingizni sezmay ham qolasiz.

«Mafia: The City of the Lost Heaven»

  • Janr: ekshen
  • Platformalar: kompyuter, Xbox, PlayStation 2; remeyk-kompyuter, PlayStation 4, Xbox One

Ushbu ekshen «Cho‘qintirgan ota» va boshqa shunga o‘xshash asarlarni yoddan bilganlarga yoqishi aniqdir. Chexiyalik ishlab chiquvchilar Gangster filmlarining atmosferasini sinchkovlik bilan qayta yaratib, mafiya uchun ishlay boshlagan oddiy taksi haydovchisi Tommi Anjelo haqida ajoyib voqeani aytib berishadi.

O‘yinda talonchilik, shiddatli ta’qiblar, buyurtma qilingan qotilliklar, shuningdek, gangsterlarning o‘z hayoti haqida falsafiy fikrlari ham joy olgan. 2020 yilda «Mafia: Definitive Edition» remeyki chiqdi, unda o‘yin jarayoni zamonaviy ekshenlarga qadar yuksaltirilgan. «Mafia II» (remeyki ham mavjud)ni ham o‘tkazib yubormang, lekin «Mafia III» ni o‘ynashga ehtiyot bo‘ling – kutilganidek bo‘lmasligi mumkin.

«Hitman» seriyasi

  • Janr: yashirin ekshen
  • Platformalar: kompyuter, Xbox oilasi, PlayStation oilasi, Nintendo konsollari, iOS, Android

Ushbu ommabop seriya sizga qotil rolini sinab ko‘rishingizni taklif qiladi. Barcha uni ataganidek Agent 47, shartnomani bajarishda harakatlar va usullarni tanlashda erkindir: u hammadan yashirinishi, shubhali bo‘lmagan kiyimlar kiyishi (ofitsiant, yuk tashuvchi, qo‘riqchi ...), qulay daqiqani kutib, guvohlarsiz nishonga otishi, istasa esa o‘zi haqida baland ovozda e’lon qilib, barchani ketma-ket otib tashlashi mumkin – bunda missiya muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi.

«Hitman» o‘yinchilarni hech narsa bilan cheklamasdan, istagan turda darajalardan o‘tishga imkon beradi. Eng muhimi, barcha seriya bir-biridan yaxsi, yomonining o‘zi yo‘q.

«Resident Evil 4»

  • Janr: ekshen, xorror
  • Platformalar: kompyuter, GameCube, Nintendo Wii, Nintendo Switch, PlayStation 2-4, Xbox 360, Xbox One, iOS, Android

Har bir «Resident Evil» o‘ziga xos tarzda yaxshi, ammo agar birini tanlash kerak bo‘lsa, to‘rtinchisini tavsiya qilamiz. U bemalol va shu bilan birga aqldan ozdiradigan keskin boyevik bo‘lib, unda har bir patron muhim ahamiyatga ega. Bosh qahramon milisiya hodimi Leon Kennedi, AQSh Prezidentining qizini qidirish uchun cho‘lga yo‘l oladi. U yerga yetib kelgandan so‘ng, mahalliy aholi, aytaylik, nosog‘lom ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Ba’zi joylarda o‘yin o‘zining murakkabligi va g‘alati cheklovlari bilan g‘ashingizga tegishi mumkin (masalan, otish paytida yurish mumkin emas), ammo bularning barchasi muvozanat uchun qilingan. 2023 yilda yaxshilangan grafikalar va boshqa o‘zgarishlar bilan asosiy platformalar uchun remeyki chiqgan.